Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

ISHLAGAN – TISHLAYDI
Do‘stim Ahmad!
Menga hamisha shunaqa uzundan­uzoq xat­
lar yozaver. Xo‘pmi? Uzundan­uzoq deganimni 
ko‘nglingga olma, aslida uni bir zumdayoq o‘qib 
chiqdim. Sinfda bir­ikki bolaga ham o‘qib bergan 
edim, toza miriqib kulishdi.
Bu  tomonlarda  salqin  tushib  qoldi.  Endi  ol-
dimizdagi maydonda o‘ynamay qo‘ydik. Maktabdan 


30
Aziz Nesin
kelib, darslarimni tayyorlayman, oyimga qarashib 
yuboraman. Opamning bunaqa ishlarga hushi 
yo‘q. Supurgini ko‘rsa o‘takasi yoriladi. Uning eng 
yaxshi ko‘rg‘an ishi – oshxonaga kirib olib, pirojniy 
yoki keks pishirish. Ammo opam oshxonaga kir­
sa, oyim yurak o‘ynog‘ida yuradi. Nega deganda, 
opam bir kun oshxonaga kirgudek bo‘lsa, oyim bir 
haftagacha qiynaladi – hamma narsa ostin­ustun 
bo‘lib ketgani uchun qo‘ygan buyumini joyidan to­
polmaydi.
Shu opamni uzatmoqchi bo‘lib yurishuvdi, foti­
hasi buzildi. Keyingi paytlarda uyimizda hamma­
ning og‘zida shu to‘y masalasi edi. Ukam Metinning 
bir og‘iz so‘zi opamning fotihasini buzdi­qo‘ydi...
Ba’zan kechqurunlari dadamning o‘rtoqlari biz­
nikiga to‘planishadi yoki biz ularnikiga chiqamiz. 
Xullas, haftada kamida ikki kun mehmondorchilik 
bo‘ladi. To‘rt og‘ayni bir joyga yig‘ildi deguncha, dar­
rov Zaynalbeydan gap ochiladi. Zaynalbey degan­
lari – bu dadamlar ishlaydigan idoraning xo‘jayini.
– Jonimga tegdi shu gap. Nuqul Zaynalbey, Zay­
nalbey deysizlar. Boshqa gap qurib qolganmi axir, 
– deydi oyim norozi bo‘lib.
Shundan keyin gap boshqa mavzuga ko‘chadi. 
Lekin oradan sal o‘tmay yana Zaynalbey tilga 
tushib qoladi. Hammalari uni yomonlab ketishadi.
Zaynalbeyning yana ikki­uch joyda idorasi bor 
ekan. O‘zi juda badavlat emish. Buning ustiga 
mol­dunyosi kun sayin ortib borayotganmish. Zay­
nalbey aslida ishlamaydigan, qovoqbosh bir odam 
ekan. Boshlang‘ich maktabni zo‘rg‘a amal­taqal 
qilib bitirgan ekan.
Dadamning oshnalaridan biri Zaynalbeyga elat 
bo‘larkan. O‘sha bir voqeani gapirib berdi.


31
«Ona tarbiyasi»
– Zaynalbey aslida bizdan o‘n yosh katta, – dedi 
u. – U uchinchi sinfda o‘qib yurganida, men en­
digina maktabga qatnay boshlagan edim. Demak, 
bir sinfda necha yildan o‘tirib chiqqanini xomcho‘t 
qilib chiqish mumkin. Men boshlang‘ich maktab­
ni bitirganimda u hamon to‘rtinchi sinfda o‘qirdi. 
«O‘g‘ling shu yerning o‘zidan domla­imom bo‘lib 
chiqadi», deb odamlar uning otasini kalaka qili­
shardi. O‘sha kezlari Zaynalning soqol­mo‘ylovi 
sabza urib, yigitcha bo‘lib qolgan edi. Bir kuni 
deng, maktabga inspektor kelib qoldi. To‘g‘ri 
Zaynal o‘qiydigan sinfga kiribdi. O‘qituvchisi 
yoshgina yigit ekan. Inspektor bundoq qarasa, 
mo‘ylovli Zaynal o‘tiribdi­yu, yoshgina yigit tik 
turibdi. «Nega o‘rningdan turding, o‘g‘lim, o‘qituv­
ching hech nima demadi­ku», – debdi inspektor 
o‘qituvchi yigitga. U o‘sal bo‘lib, qip­qizarib ketib­
di. Zaynalday befarosat, qovoqbosh bolani ko‘r­ 
maganman.
– Nima, hozir o‘zgarib qolganmi? Ilgarigidan 
beshbattar miyasi suyulib ketgan­ku, – deydi da­
dam.
«Kunduzi chiroq yoqib topib bo‘lmaydigan ovsar», 
«Tentaklar ichida dunyo chempioni...» Va hokazo, 
va hokazo.
– Sendan o‘qib odam chiqmaydiganga o‘xshaydi, 
yaxshisi, ko‘zim tirikligida yonimda yur, savdo­ so­
tiqni o‘rgan, – deb otasi uni maktabdan qaytarib 
olibdi. Shu­shu Zaynal savdo ishlariga sho‘ng‘ib 
ketibdi. Tez fursatda katta boylik orttiribdi.
Ularning gapiga qaraganda, Zaynalbey o‘taket­
gan dangasa, alifni kaltak deyolmaydigan qovoqbosh 
odam bo‘lsayam, uning zo‘r bir qobiliyati bor ekan 
– u odam ishlatishni qiyvorarkan. Zaynalbeyning 


32

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish