Fanning asosiy tushunchalari: fuqaro, fuqarolik jamiyati, davlat,
huquqiy davlat, siyosiy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari,
fuqarolaming huquq va erkinligi, inson huquqlari, jamiyatning ijtimoiy
tuzilmasi, jamiyatning iqtisodiy asoslari, demokratik institutlar, qonun
ustuvorligi, saylov, saylov huquqi, fuqaroviylik, fuqaroviy faollik, yurt
tinchligi, vatan ravnaqi, daxldorlik hissi, ommaviy axborot vositalarini
erkinlashtirish, o'zini o‘zi boshqarish, millatlar va konfessiyalararo
totuvlik,
bag'rikenglik jamoatchilik
nazorati,
davlat
organlari
faoliyatining ochiqligi, ijtimoiy sheriklik kabilardir.
Fuqarolik jamiyati fanini o‘qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik,
mantiqiylik, tizimlilik, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalaniladi.
Ilmiylik - fuqarolik jamiyati to ‘g ‘risidagi g'oyalar, nazariyalar,
zamonaviy konsepsiyalami tahlil qilish asosida uning metodologik
nazariy asoslarini ko'rsatish.
Tarixiylik - fuqarolik jamiyati shakllanishining tarixiy bosqichlari,
ulaming o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilgan holda jahon tajribasida
erishilgan yutuqlardan foydalanish asosida tahlil etish.
Mantiqiylik - fuqarolik jamiyati shakllanishining genezisidan to
bugungi holatigacha bo‘lgan jihatlarini (asosiy belgilari, omillari,
tamoyillari, funksiyalari) uzviylik asosida tahlil qilish.
Tizimlilik - fuqarolik jamiyatini bir butun tizim sifatida va har bir
belgilaming paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tizimdagi o ‘mi va rolini
aniqlash.
Qiyosiy tahlil - fuqarolik jamiyati shakllanish va rivojlanish
tajribalarini solishtirish, har bir davlatdagi o‘ziga xos jihatlarini
ko‘rsatish.
Fuqarolik jamiyati fani bakalavriat bosqichi o‘quv rejasidagi
“0 ‘zbekiston
tarixi”,
“Falsafa”,
“Milliy
g‘oya”,
“Iqtisodiyot
14
nazariyasi”, “Dinshunoslik” kabi fanlar bilan o‘zaro bog'liqdir. Ushbu
fanlarda fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining turli
yo‘nalishlaridagi
holati,
qonuniyatlari,
tamoyillari
o‘rganiladi.
“Fuqarolik jamiyati” fanining o‘ziga xosligi shundan iboratki, u
jamiyatni rivojlanib boruvchini bir butun yaxlit tizim va tizimning
tarkibiy qismlari sifatida o'rganadi. Ijtimoiy fanlarning xulosalari
asosida fuqarolik jamiyati fani jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini
umumlashtiruvchi funksiyani bajaradi.
Fuqarolik jamiyati fanining metodologik funksiyasi ijtimoiy
fanlarning rivojlanishi ijtimoiy jarayonlami o‘rganishning umumiy
yo‘nalishlarini
belgilashdan,
ishlab
chiqilgan
me’yorlaming
foydalanilishidan iborat
Fuqarolik jamiyati fanining prognostik (bashorat qilish) funksiyasi
jamiyatning rivojlanish istiqbollarini oldindan ko‘rishga inson huquqlari
va erkinliklarining namoyon boMishida ko'rinadi. Jamiyatning har bir
fuqarosi o ‘z kasb-kori va ixtisosligidan qat’i nazar jamiyat rivojlanishi
to ‘g‘risidagi bilimlami chuqur egallashi orqaligina yon atrofida ro‘y
berayotgan voqea hodisalaming kelib chiqish sabablari va oqibatlarini
bilishi, ulami boshqarishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish,
bunyodkor kuchga aylanishi mumkin.
Ijtimoiy-siyosiy
fanlarda
“fuqarolik jamiyati”
va
“davlat”
tushunchalari uzoq davrlar bir-biridan unchalik farqlanmay keldi, ular
aynan bir mazmundagi tushunchalar sifatida ishlatildi. Biroq XVII asr
o'rtalaridan
boshlab, jamiyat turli jabhalarining tabaqalashishi,
nodavlat, o‘zini o‘zi boshqarish unsurlarining shakllanishi, ba’zi
fuqarolaming o ‘z huquq va erkinliklarini qo‘lga kiritishi, erkin
fikrlaydigan va mustaqil individning shakllanishi jarayoni ijtimoiy
taraqqiyotning ikki tamoyilini yuzaga keltirdi. Ular endi fan obyekti
sifatida o ‘rganila boshlandi.
Davlatda hokimiyatning uchga bo'linish prinsipining asoslanishi,
siyosiy partiyalar, manfaatlar guruhlarining (kasaba uyushmalari,
ommaviy axborot vositalari va h.k.) paydo bo'lishi bilan jamiyat hayoti
mazmuni endi faqat davlat hokimiyati bilan cheklanib qolmaslikni
taqozo etdi. Jamiyat boshqaruvi dunyosiga yangi ishtirokchi institutlar
kirib kela boshladi, ular siyosiy qarorlar qabul qilish, fuqarolik jamiyati
strategiyasini ishlab chiqish, shaxs faoliyatining umumiy maqsad va
mazmunini shakllantirish jarayoniga sezilarli darajada ta’sir ko'rsata
boshladi.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi absolution rejimi ag'darilganidan
so‘ng shakllangan yangi hayotni, ya’ni fuqarolaming shaxsiy hayotini
davlat tazyiqidan xalos etishni aks ettira boshladi. Fuqarolik jamiyati
unsurlari davlatning jamiyatdagi nodavlat ijtimoiy tuzilmalaridan
ajralishi, nodavlat ijtimoiy munosabatlaming nisbatan mustaqillikka
erishishi natijasi o'laroq paydo bo‘ldi. Fuqarolik jamiyati shakllanishi
va rivojlanishi jarayoniga monand ravishda huquqiy davlat shakllana
boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |