1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyekti
0 ‘zbekistonda
fuqarolik
jamiyatini
rivojlantirish
islohotlari
jarayonida jahondagi turli mamlakatlarda shu kabi jamiyat asoslarining
yaratilish tajribasini, ushbu sohadagi islohotlaming iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy va huquqiy asoslarining shakllantirilish, ularga doir nazariy
ishlanmalami o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki fuqarolik
jamiyatining insoniyat uchun muhim boMgan bu ijobiy jihatlari
(tamoyillari va yashash muhiti) o‘tish davrini boshidan kechirayotgan
mamlakatlarda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va huquqiy
davlat sari rivojlanish sari intilishiga doir islohotlarida muhim tajriba
sifatida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, fuqarolik
jamiyatiga doir fanni oliy ta’lim tizimida o'qitish muhim dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham Fuqarolik jamiyati fani
jahonda bir necha minglab yillar davomida yig'ilgan umuminsoniy
qadriyatlami hozirgi umuminsoniy va demokratik qadriyatlar bilan
uyg'un holda o'rganishi va ulardan xulosalar chiqarishi tufayli yosh
avlodni shakllantirishda muhim rol o ‘ynaydi. Bu fan insoniyatning eng
so'nggi taraqqiyot bosqichi va birligi to‘g‘risidagi ta’limotlami hozirgi
davr bilan mustahkam bogMiqlik holida o'rganadi, insonni jamiyat
qonuniyatlari va qadriyatlari asosida yashashga undaydi, bu yoMdan
inson manfaatdorligini asoslaydi. Bu jarayonda “Fuqarolik jamiyati” fani
boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan hamkorlik qiladi. Umuman
olganda, ushbu fan insonni hozirgi davming so'nggi sivilizatsiyasi -
fuqarolik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillari va uning
shaxsni kamolga yetkazishdagi roliga doir bilimlar bilan qurollantiradi.
Hozirgi davrga kelib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda
fuqarolik jamiyatining qurilganligi, mazkur jamiyat siyosiy instituti
sifatida huquqiy davlat bunyod etilganligi, bu kabi jamiyat va davlatlar
muhitida inson va uning faoliyati uchun erkinlik yaratilishi, inson
huquqlarini himoyalashning miqyosi nihoyatda keng ekanligi kabi
omillar demokratiya qurish yoMidan ketayotgan davlatlarni qiziqtimoqda.
Shuning uchun ham o‘tish davrida yashayotgan mamlakatlar siyosiy
elitasi fuqarolik jamiyatini nafaqat ijtimoiy model sifatida, balki uni
ta’lim tizimiga joriy etish asnosida yosh avlodni shakllantirish omili
sifatida ham e’tirof etmoqda.
0 ‘zbekiston davlati mustaqillikka erishganidan keyin bozor
iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan mustaqil fuqarolik jamiyati va
huquqiy davlat barpo etish, inson manfaatlarini qondirish, ular huquq va
erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish asnosida
barcha fuqarolaming qonun oldida tengligiga va adolat prinsiplarini amal
qilishiga erishish kabi ezgu ishlarga asoslanadigan muhitni yaratish
uchun fuqarolik jamiyati qurishni asosiy strategik maqsad sifatida e’lon
qildi.
Shuning uchun ham birinchi Prezident I.A.Karimov mustaqillikning
ilk davridayoq “bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o'zgarmas
bo'lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo
etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan
iborat” degan g‘oyani ilgari surgan edi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev
istiqlol yillarida erishilgan yutuqlarga baho berib, “...biz muhtaram
birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov boshlab bergan
keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo‘lini
og‘ishmasdan, qat’iy va izchil davom ettiramiz. Bu yo‘l - erkin,
demokratik,
insonparvar
davlat
qurish,
fuqarolik
jamiyatini
shakllantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va yanada
ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir”, - deb ta’kidlagan edi.
2016-yilning so'nggi choragidan boshlab davlat rahbari sifatida o‘z
faoliyatini boshlagan Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatda fuqarolik
jamiyati rivojlanishi uchun muhim kuch-qudrat manbayi - “Xalq davlat
idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan
g'oyani ilgari surishi, unga monand bo'lgan huquqiy asoslar va jiddiy
o‘zgarishlami amalga oshirishi natijasida 0 ‘zbekistonda fuqarolik
jamiyati qurish islohotlari avj oldi, unga nisbatan xalqimizning ishonchi
yuksala boshladi. Prezident Sh.M.Mirziyoyev Prezidentlikni bajarish
7
uchun kirishgan dastlabki kundanoq quyidagi konseptual g'oyani ilgari
surdi: “Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda
huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor
munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni
qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish,
O ‘zbekistonning
xalqaro
maydonda
munosib
o‘rin
egallashida
mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda”.
“Fuqarolik jamiyati” tushunchasi - insoniyatning bir necha asrlar
mobaynida shaldlangan tafakkurlash mahsuli bo'lib, u inson huquqlari va
erkinliklari ta’min darajasining naqadar yuksalganligi darajasi mezoni
sifatida namoyon bo‘ldi. Fuqarolik jamiyatining poydevori va asoslarini
yaratish uchun, avvalo, u to‘g‘risidagi g‘oyalaming genezisini va
rivojlanishini
bilishga
zarurat
tug'iladi.
Fuqarolik jamiyatining
shakllanishi uchun uning asoslari (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy,
m a’naviy)
yaratilishi
lozim.
Fuqarolik jamiyatining
asoslari
quyidagilardan iborat:
- iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga
asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p
ukladlilik, erkin bozor munosabatlari; jamiyatning har bir a’zosini o ‘z
mulkiga ega, u bu mulkni o ‘z xohishi bilan tasarruf eta olish
erkinligining mavjudligi, bu mulkdan foydalanish va uni sarflash
huquqiga ega bo‘lishi, xususiy mulk daxlsizligi, har bir shaxsning davlat
tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mehnat va iste’mol faoliyati
erkinligi bilan ta’minlanganligi;
- ijtimoiy-siyosiy asos - fuqarolik jamiyati qurilayotgan davlatning
mustaqil va suveren ekanligi, iqtisodiy va siyosiy hokimiyatlaming bir-
biridan ajratilganligi; fuqarolaming o‘z maqsadlarini himoya qilish uchun
m a’lum nodavlat tashkilotlarga birlashgan bo'lishi, hokimiyatning uchga
bo‘linish prinsipi amalda o‘z aksini topganligi, hokimiyatlaming turli
markazlar, guruhlar yoki shaxslar qo'lida to'planib qolmasligi; siyosiy
plyuralizmning mavjudligi; davlat hokimiyati vakolati funksiyalarining
asta-sekinlik bilan quyi vakillik organlari va o ‘zini o ‘zi boshqarish
organlariga berib borilishi;
- huquqiy asos - jamiyatda insonning yashashi va rivojlanishi uchun
muhim zarurat bo'lgan erkinlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror
topganligi,
shaxslar
va
fuqarolar
o‘rtasida
o'zaro
tenglikning
ta’minlanganligi, ulaming huquq va erkinliklarining davlat tomonidan
to‘liq ravishda e’tirof etilishi; adolat prinsiplariga amal qilinishi; bir
shaxsning erkinligi ikkinchi shaxsning erkinligiga daxl etsa, uning
8
erkinligi shu yerda to‘xtatilishi, davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari
o‘zaro mushtarakligining shakllanishi;
-
ma’naviy asos - insonlar o‘z qadr-qimmatini har qanday
tajovuzlardan himoya qila olish qobiliyatining shakllanganligi, xalqning
jamiyat qadriyatlarini himoya qila olish salohiyatining mavjudligi, vijdon
erkinligining amal qilishi, jamiyatda axloqiy me’yorlarga amal qilish urf-
odatlarining shakllanganligi, biron-bir mafkuraning yakka hokimlik
qilishga urinishlarining cheklab qo‘yilganligi, fuqarolaming ma’naviy va
ijtimoiy jarayonlarda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari uchun barcha
shart-sharoitlaming mavjudligi, har bir fuqaroning o‘z mustaqil fikrlashi
va qarashiga ega ekanligini namoyon qilish uchun barcha sharoitlaming
mavjud ekanligi, ma’naviy jarayonlami faqat jamiyat va fuqarolar
tomonidan amalga oshirilishi, har bir fuqaroning qanday dunyoqarash
yoki dinga kirishi uning o ‘zi tomonidan hal etilishi, diniy erkinlik, barcha
dinlar va mafkuralaming o‘zaro hamkorlikda yashashlari uchun zarur
bo‘lgan shart-sharoitlaming yaratilganligi.
Umuman olganda, “ftiqarolik jamiyati” atamasi turli xorijiy
adabiyotlarda umumiy mohiyatga ega, shu bilan birga, har bir
mamlakatning milliy an’anlarini ham uyg‘unlashtiradigan tushuncha
bo‘lib, u hozirgi davrdagi talqinlarda jamiyatning muayyan shakli (holati
va xususiyati)ni, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tabiatini,
rivojlanish darajasini ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish
masalalari doimo davlatni takomillashtirish, huquq va qonunning rolini
yuksaltirish muammolarini hal etish bilan chambarchas tarzda o‘zaro
bog‘liqdir.
Ba’zi olimlarning fikricha, demokratik jamiyat - bu “eng awalo,
fuqarolik jamiyatidir. Chinakam demokratiyaning oliy mazmuni -
shaxslararo, millatlararo, davlat va ijtimoiy-siyosiy munosabatlami
uyg'unlantirishdan iborat. Bunda inson va jamiyat, jamiyat va davlat
hokimiyati tinch-totuv yashaydi”. Fuqarolaming davlat hayotida ishtirok
etish jarayoni ancha kuchayib bormoqda va siyosiy partiyalar,
nohukumat tashkilotlar faoliyatida, hayotning barcha jabhalari, shu
jumladan, inson huquqlari sohasida ham organlar va mansabdor shaxslar
faoliyatining ijtimoiy nazoratini
hamkorlikda amalga oshirishga
qaratilgan ommaviy axborot vositalarining faollashuvida o ‘z aksini
topmoqda.
Fuqarolik jamiyati - bu ijtimoiy-siyosiy masalalami hal etishda faol
qatnashadigan, davlatning bedodligi va aralashuviga yo‘l qo'ymaydigan
huquq hukmron bo‘lgan, fuqarolar va davlat hamkorlik asosida
9
ishlaydigan ongli individlar jamiyatidir. 0 ‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatiga ta’rif berilmagan bo‘lsa-da, unda
fuqarolik institutlarini tashkil etish va ular faoliyatining huquqiy asoslari
e ’tirof etilgan, ulaming davlat bilan o‘zaro hamkorligi prinsiplari
belgilangan.
Fuqarolik jamiyati fanining predmeti sifatida fuqarolik jamiyatining
shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror
topishining umumiy, o‘ziga xos qonuniyatlari va tamoyillari o ‘rganiladi.
Fuqarolik jamiyati fanining predmeti - kishilik tarixida insonlaming
o ‘zaro munosabatlari natijasida yuksak jamiyatga doir qadriyatlar va
tuzilmaviy unsurlarning shakllanishi,
ulaming rivojlanib borishi
natijasida ideal jamiyatda insonlar o‘zaro aloqalarin qonuniyatlarining
shakllanishi, rivojlangan mamlakatlarda uzoq tarixiy rivojlanish natijasi
oMaroq
shakllangan yuksak insoniy birlik - fuqarolik jamiyatining
institutlari hisoblanadi.
Fuqarolik jamiyati fanining obyekti — bu insoniy jamiyatning
oddiydan murakkabga, o‘zini o‘zi takroran yaratib turadigan insoniy
birlikka o ‘sib o‘tishi va nihoyat rivojlangan mamlakatlarda shakllangan
fuqarolik jamiyati va uning institutlari hisoblanadi. Xususan, mazkur
Fuqarolik jamiyati o‘quv qo‘llanmasining obyekti - ana shu tarixiy
voqeliklarga uyg‘un tarzda 0 ‘zbekistonda fuqarolik jamiyati unsurlariga
doir g‘oyalaming rivojlanishi, mustaqillik davriga kelib fuqarolik
jamiyati institutlarining rivojlanishi, undagi tamoyillaming rivojlangan
davlatlar bilan qiyosiy tahlillari hisoblanadi.
Fanni o'qitishdan maqsad - talaba-yoshlar ongida fuqarolik
jamiyatiga doir tasawurlam i singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga
doir mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat his-
tuyg‘ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |