T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi


  Fuqaroviy faollik va  uning fuqarolik jam iyatidagi o ‘rni



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

3.  Fuqaroviy faollik va  uning fuqarolik jam iyatidagi o ‘rni
Fuqaroviylik va fuqaroviy ong  fuqaroviy faollikda muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.  Shuning  uchun  ham  shaxsning  bu  sifatlari  fuqarolik 
jam iyatini  barpo  etishda  m uhim   rol  o'ynaydi.  Zero,  fuqarolik jam iyati 
nafaqat fuqaroviylik xususiyatlariga ega ongli  fuqarolar vositasida,  balki 
faol  fuqarolar  faoliyati  natijasi  o 'laro q   shakllanadi.  Ana  shu  faollikni 
keltirib  chiqaruvchi 
omillami 
o'rganish  -   fuqarolik  jam iyatini 
shakllantirishning  nazariy  jihati  sifatida  muhim  ahamiyatga  egadir. 
Zero,  bu  tushunchalar  fuqarolik jam iyatini  barpo  etishning  um um iy  va 
xususiy qonuniyatlarini anglashga imkon beradi.
Fuqaroviy  faollikni  ijtimoiy-siyosiy  va  m ehnat  faoliyatiga  ijodiy 
yondashuv  sifatida  ham  baholash  mumkin.  Aynan  insonning  fuqaroviy
92


faolligi  shaxsning  toMaqonli  rivojlanishiga,  undagi  imkoniyatlaming 
toMiq  namoyon  boMishiga  xizmat  qiladi.  Fuqarolik  pozitsiyasi  hamda 
fuqaroviy faollikka ega boMish jam iyatda ro ‘y berayotgan barcha voqea- 
hodisalami,  ulam ing  oqibadarini  bilishga  imkon  yaratadi,  bu jarayonda 
paydo boMadigan m uamm olam ing yechimini topishga yordamlashadi.
Ijtimoiy  faollik  tushunchasi  fuqarolik  jam iyati  tushunchasi  bilan 
chambarchas  bogMiqdir.  Bunda  jam iyatning  davlat  faoliyatidan  xoli 
holda jam oaviy  tashabbuslar  bilan  rivojlanishi  nazarda  tutilmoqda.  Bu 
siyosiy  partiyalarga  a ’zolikni  nazarda  tutuvchi  siyosiy  faollik,  nodavlat 
notijorat tashkilotlar faoliyatida  ishtirok etish, turli  ijtimoiy tashabbuslar 
va  ijtimoiy  harakatlarga  intilishlami  anglatadi.  Shu  m a’noda,  jamiyat 
uchun 
foydali 
boMgan 
turli 
dasturlar, 
loyihalar 
va 
jam oat 
birlashmalarida ishtirok etish ham fuqaroviy faollik sirasiga kiradi.
Aslini  olganda,  jam iyat  a ’zolarining  asosiy  ko‘pchiligi  jam iyatda 
mavjud  qoidalar  asosida  faoliyat  yuritgan  holda  doimo  ham  ijtimoiy 
faollik  ko‘rsatavermaydi.  Bu  kabi  loqaydlik  jam oat  tartibini  saqlash 
nuqtayi  nazaridan  qandaydir  darajada  maqbul  bo‘lsa-da,  fuqarolik 
jamiyatini  qurishga  salbiy ta’sir ko‘rsatadi,  vaholanki,  fuqarolar  faolligi 
bu  kabi  jam iyat  qurishning  asosiy  shartlaridan  biridir.  Zero,  loqayd 
fuqarolar  hech  qachon  o ‘z  huquqlari  uchun  kurashmaydi.  Fuqaroviy 
faollik  -   bu  o ‘z  kuchiga  ishonish,  mavjud  vaziyatni  o'zgartirishga 
qodirlik  hissining  yaqqol  namoyon  boMishi  bilan  vujudga  keladigan 
omildir.  K o‘pchilik  hollarda  fuqaroviy  faollikning  boshlangMch  nuqtasi 
ko'proq  sotsiologlami  qiziqtirgan  m asala  hisoblanadi.  Zero,  aksariyat 
jam iyatlardagi  ijtimoiy  o ‘zgarishlar  davlat  yetakchiligida  amalga 
oshiriladi  va  jam iyat  a ’zolari  keyinchalik  bu  o'zgarishlarga  moslashib 
boradi.
K o‘pincha,  fuqaroviy  faollik sifatlari  yoshlarda kuzatiladi.  Albatta, 
fuqaroviy  faollikka  ta’sir  ko‘rsatuvchi  omillar  faqat  yosh  bilan 
chegaralanmaydi. 
Unga  shaxsning  bilim  darajasi,  dunyoqarashi, 
tarbiyasi  va  hatto  yashash  manzili  ham 
ta ’sir  ko‘rsatishi  mumkin. 
Aksariyat  hollarda  yoshlar  fuqaroviy  faollik  ko‘rsatishni  istashsa-da, 
siyosiy  sohada  bunday  faoliyat  ko'rsatishga  unchalik  qiziqmaydi. 
Boshqacha aytganda, yoshlar davlat siyosati o ‘ta murakkab hodisalardan 
iborat boMganligi  uchun ham o ‘z mafaatlari va istaklarini  siyosatchilarga 
singdirishga  qodir  boMmaydi.  Boshqa  tarafdan  yondashilganda,  siyosiy 
soha yoshlardan ancha uzoq boMganligi  tufayli  yoshlar o ‘z manfaatlarini 
davlat  siyosati  bilan  muvofiqlashtirishda  turli  murakkabliklarga  duch 
keladi.  Shu  tufayli  faqat  ulaming  ozchilik  qismi  siyosiy  partiyalarga


a ’zo bo'lishadi, aksariyat qismi  esa umuman siyosatga qiziqmaydi.
Jam iyatning  biror-bir  sohasidagi  muammolami  bartaraf  etish 
imkoniyati  ko'proq  nodavlat notijorat tashkilotlarida mavjud boMganligi 
tufayli  ko‘pchilik  yoshlar  shu  kabi  tashkilotlarga  a ’zo  b o 'lib   kirishadi. 
Davlatning  boshqaruv  tuzilmalarida  professional  faoliyatga  kirish 
yoshlardan  m a’lum  bir  vaqt  ichidagi  shakllanadigan  tajriba,  bilim  va 
ko‘nikm alam i  talab  qilsa,  jam oat  birlashmalariga  a’zo  b o'lib   kirish 
uchun  bu  kabi  tajriba  talab  etilmaydi,  balki  ularga  a’zo  b o iis h   uchun 
faqat qiziqishning o ‘zi yetarlidir.
0 ‘tish  davrini  o 'z   boshidan  kechirayotgan  mamlakatlarda  fuqarolar 
ijtimoiy jarayonlam i  boshqarish,  mavjud  vaziyatni  o'zgartirish,  ijtimoiy 
muam m olam i  b artaraf etish  bo'yicha  o 'z   tashabbuslarini  ilgari  surish 
zarurligini  anglab  yetishga  intiladi.  Bu  holat  esa  turli  ko'ngillilar 
uyushm alarining  tuzilishiga  sabab  boMadi.  Insonlarda  boshqalarga 
yordam 
berish, 
ayniqsa, 
muammoli 
vaziyatga 
tushib 
qolgan 
vatandoshlariga,  qo'shnilariga  ko'm aklashish  hissi  mavjud  bo'ladi. 
Aynan  boshqalarga  yordam  qo'lini  cho'zgan  kishi  nafaqat  muammoni 
bartaraf etishga  hissa  qo'shadi,  balki  u  o'zligini  ham  yanada  chuqurroq 
anglay boradi.  Shuning uchun b o 'lsa kerak,  ko'ngillilik yoki  ixtiyoriylik 
butun  dunyoda  keng  tarqalgan  hodisalardan  biriga  aylandi.  Bu  hodisa 
ijtimoiy  aham iyatga  ega  m uam m olam i  hal  etishga  o 'z   hissasini 
qo'shishga 
bel 
bog'lagan 
kishilami 
um um bashariy 
miqyosda 
birlashtiradigan 
jarayonga 
aylandi. 
K o'ngilli 
uyushm alar 
o 'z  
faoliyatlarini 
turli 
shakllarda 
am alga 
oshiradi. 
Masalan, 
turli 
kasalliklarga  qarshi  kurashish  uchun  xayriya  faoliyatidan  boshlab 
qashshoqlik  yoki  tabiiy  ofatlarga  qarshi  kurashish  shaklida  faoliyat 
yuritadigan  m inglab  nodavlat  tashkilotlam ing  mavjudigi  fikrimiz 
dalilidir.
Insonni  ixtiyoriy  faoliyat,  ya’ni  ko'ngilli  yoki  ixtiyoriy  faoliyatga 
chorlovchi  istak  negizida  har  bir  kishida  o 'z ig a  xos  bo'lgan  shaxsiy  va 
ijtimoiy  ehtiyojlar  paydo  bo'lishi  mum kin.  Jumladan,  boshqalarga  n af 
keltirish,  o'zini  namoyon  qilish  va  o 'zaro  muloqot  istagi  kishini 
faollikka  yetaklaydi.  Kishida  ijtimoiy  jihatdan  o'zini  e ’tirot  etishga 
bo'lgan  ehtiyojlar  ham   mavjuddir.  Professional  va  hayotiy  tajribani 
qo'llash  istagi  ham   kishini  shunday  faoliyatga  chorlashi  mumkin.  O 'z 
imkoniyatlarini  ishga  solish,  o 'z   g'oyalarini  tatbiq  etish  istagi  ham 
kishini  harakatlantiruvchi  kuch  sifatida  namoyon  bo'ladi.  Ijtimoiy 
jarayonlarga  ta ’sir  ko'rsatish  va  ishtirok  etish  ehtiyoji  ham  kishini 
faolliksari  undaydi.


K o'ngilli  yoki  ixtiyoriy faoliyat  inson  uchun  o ‘z shaxsiy  ehtiyojlari 
bilan  jam iyat  ehtiyojlarini  uyg‘unlashgan  holda  hayotga  tatbiq  etish 
uchun  o‘ziga  xos  imkoniyatdir.  Bu  ehtiyoj  kishilaming  o‘z  huquq  va 
burchlarini  anglashi  ham da  insonning  barkamolligidan  dalolat  beradi. 
Inson  ko‘ngilli  faoliyat  yuritar  ekan,  u  axloqiy  jihatdan  takomillashib 
boradi,  o‘z  muloqot  madaniyatini  rivojlantiradi,  o ‘zaro  hamkorlik  va 
birodarlik  hissi,  insonparvarlik  tuyg‘ularini  oshirib  boradi.  Shaxsning 
ko‘ngilli  faoliyati  faol  va  ijodiy  xarakterga  ega  bo‘lib,  uning  vositasida 
inson  o ‘z  salohiyatini  namoyon  etish  imkoniyatiga  ega  boMadi.  Bu 
faoliyat tevarak-atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan  faol 
munosabatning  shakllanishiga,  siyosiy  voqelikka  ziyraklik  bilan 
munosabatda boMishiga yordam beradi.
Aynan  fuqaroviy  faollik  o ‘zining  bir  necha  jihatlari  bilan  ajralib 
turadi:
-faol  fuqaro  guruhiga  m ansub  kishilar  asosan  siyosiy  va  iqtisodiy 
tizim to‘g‘risida bilim olishga tayyor boMgan kishilardan  iboratdir;
-faol  fuqarolarda  o ‘z  haq-huquqlarini  faol  amalga  oshirish  uchun 
bilim vaqobiliyat mavjud boMadi;
-faol  fuqarolarda  ana  shu  bilim lam i  joriy  qilish  uchun  ko‘nikmalar 
shakllangan boM adi.
Fuqarolik faolligi hozirgi  davrda davlat va jam iyat boshqaruvi uchun 
misli  ko'rilm agan  katta kuch  sifatida namoyon boMmoqda.  Turli  ijtimoiy 
loyihalarga  birlashgan  fuqarolar  o ‘z  atrofida  ro‘y  berayotgan,  paydo 
boMayotgan  va  mavjud  m uamm olarni  o ‘rganish,  ulam ing  yechimlarini 
topish,  ulam i  hukum atga  taqdim   yoki  taklif  etish  kabi  ko'plab 
imkoniyatlarga  egadir.  Turli-tuman  nodavlat  tuzilmalaridagi  yetuk 
mutaxassislar  bozor  munosabatlari 
sharoitida  kutilmaganda  ro‘y 
beradigan 
muammolar, 
bozom ing 
betartib  jarayonlarida  yuzaga 
keladigan  muamm olarni bartaraf etishda hukumatga ko‘maklashmoqda.
MaMumki,  bozor  munosabatlari  sharoitida  rang-barang  ijtimoiy 
muammolar  yuzaga  kelishi  avj  oladi,  lekin  hukumat  ulaming  yechimini 
topishda  shoshib  qoladi,  ular  yechimini  doimo  ham  o ‘z  vaqtida  hal 
etishga  ulgurm ay  qoladi.  Boshqacha  aytganda,  hozirgi  murakkab 
zamonada  bu  kabi  muammolarni  hukum at  har  doim  ham  o ‘z  vaqtida 
payqash  resurslariga  ega  emas.  Hayotda  shunday  muammolar  mavjudki, 
ulam ing  oqibati  jam iyat  uchun  qanchalik  mudhish  boMmasin,  ulaming 
mavjudligini  tan  olish  yoki  ulami  bartaraf etish  uchun  aniq  belgilangan 
institutlar  topilm ay  qoladi.  Agar  hukumat  fuqaroviy  faollikning  yuzaga 
chiqishiga  imkoniyat  yaratm as  ekan  yoki  turli  nodavlat  va  jam oat


birlashmalariga  ana  shunday  m uam m olam i  aniqlash  va  bartaraf etishiga 
yetarlicha shart-sharoitlar yaratmas  ekan,  fuqarolik jam iyatini  barpo etish 
muammolari  yechimini topib boMmaydi.
Fuqarolik  jam iyati  rivojlangan  mamlakatlarda  ijtimoiy  hayotning 
barcha  sohalarida  faoliyat  yurituvchi  nodavlat  va  jam oat  birlashmalari 
mavjud  bo ‘lib,  ular  ju d a  ham  serqirra  faoliyat  yuritadi.  Masalan,  ular 
ko'pincha  jam iyatdagi  aholining  m a’lumotlilik  darajasini  oshirish  yoki 
zamonaviy  ta ’lim  texnologiyalarini  joriy  etish  bo‘yicha  m a’lum 
tadqiqotlar  olib  borishadi,  uning  natijalarini  qonunlarga  o ‘zgartishlar 
kiritish  uchun parlamentga taqdim   etishadi.  Tabiatni  asrash yoki  ekologik 
muam m olami  bartaraf  etish  b o ‘yicha  yoki  yuqumli  kasalliklami  oldini 
olish,  shahar  havosining  ifloslanishiga  chek  qo'yish,  chiqindilardan 
tozalash  b o ‘yicha  nodavlat  tashkilotlar  hukumatga  qator  amaliy 
loyihalami tak lif etishi odatga aylandi.
Xulosa  qilib  aytganda,  fuqarolik  jam iyati  uchun  fuqaroviylik, 
fuqaroviy  ong  va  fuqaroviy  faollik  o ‘ta  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
Taraqqiyot  sari  intilgan  har  qanday  jam iyat  uchun  inson  salohiyatidan 
samarali  foydalanish,  insonning  o ‘zligida,  uning  qalbida  tabiiy  ravishda 
mavjud  bo‘ladigan  o ‘zaro  birdamlik,  sahiylik,  bag‘rikenglik  kabi 
qadriyatlarga  doimo  zarurat  sezadi  va  ulam ing  namoyon  boMishi 
tadoriklarini  ko‘rib boradi.

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish