T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi


Fuqaroviylik,  bir  tarafdan,  jamiyatda  shaxsning  oliy  darajada



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

Fuqaroviylik,  bir  tarafdan,  jamiyatda  shaxsning  oliy  darajada 
mustaqilligini 
anglatsa, 
ikkinchi 
tarafdan, 
kishilaming  jamiyat 
hayotidagi  ishtirokida  namoyon  bo'ladigan  yuqori  darajadagi  o'zaro 
birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuyini ifoda etadi
 ”. 
Quyidagilar fuqaroviylikni  ifoda etuvchi  muhim jihatlardir: 
-fuqaroning  o ‘z  haq-huquqlarini  anglab  yetishi  va  uni  amaliyotda 
qo'llay olish ko‘nikmasi;
-boshqa  fuqarolam ing  haq-huquqlarini  e ’tiro f  etishi  va  hurmat 
qilishi;
-fuqaroning o 'z  xatti-harakati  uchun shaxsiy m as’ul  ekanligi; 
-shaxsning  davlat  va  jam iyat  oldida  o  zining  huquqiy  va  axloqiy 
jihatlardan m as’ulligini  anglash;
-fuqarolam ing bir-birlari  bilan o 'zaro  tengligi;
-yuksak  m a’naviy-axloqiy  mezonlarga  asoslangan  holda  ijtimoiy 
voqeliklarga nisbatan  obyektiv va tanqidiy yondashuvlarga ega ekanligi;
-hokim iyat organlari,  boshqa fuqarolar va jam oat birlashmalari  bilan 
ijobiy muloqot yuritish va ham korlik qobiliyati;
-b ir  mamlakat,  jam iyat  va  davlatga,  shuningdek,  unga  tegishli 
boMgan  huquqiy,  madaniy  va  tilni  o 'z id a   nam oyon  qilgan,  o ‘zini  o ‘zi 
anglab qobiliyatini  egallagan  shaxs.
Fuqaroviylikni  shaxsning  faolligi  darajasi  nuqtayi  nazaridan  shartli 
ravishda quyidagi  darajalarga ham ajratib ko‘rsatish mumkin:
-fuqaro  m as’uliyatli,  ongli  va  vijdonli  bo'lsa,  uni  dastlabki 
pog'onada,  ya’ni  fuqaroviy  xususiyatlarga  ega  bo'lgan  shaxslar  qatorida 
baholash  mumkin;
-agar  fuqaroda  atrofda  bo'layotgan  voqea-hodisalarga  nisbatan 
m a’lum bir munosabat bildira olish qobiliyati  shakllangan  bo'lsa,  uni o 'z  
fuqaroviy  nuqtayi  nazariga  ega  bo'lgan   shaxs  sifatida  e’tirof  etish 
mumkin;
-agar  fuqaro  o 'z   haq-huquqlari  va  burchi,  ulardan  amalda 
foydalanish yoki bajarish ko'nikm alarini  egallagan  bo'lsa, uni  faol  fuqaro 
sirasiga qo'shish mumkin.
Fuqaroviylikning  tugal  yoki  to 'k is  ekanligini  quyidagi  mezonlar 
vositasida talqin qilish mumkin:
1. 
Agar  fuqaroviy  pozitsiya  hali  shakllanmagan,  fuqaroviy 
xususiyatlar,  o 'z   haq-huquqlari  uchun  kurashish  istagi  to 'liq   namoyon 
bo'lm asa,  u  fuqaroviylikning eng quyi  darajasida turgan bo'ladi.
2.  Fuqaro  o 'z   haq-huquqlari  uchun  kurashishga  moyil  bo'lsa,  u 
haqda  o 'z  bilim  va  qobiliyatini  namoyon  qilishga tayyor bo'lsa,  bunda  u
88


fuqaroviylikning o ‘rta darajasini egallagan bo‘ladi.
3. 
Agar  shaxsda  fuqaroviy  xususiyatlar  ham da  faol  fuqarolik 
pozitsiyasi  to ‘Iiq  shakllangan,  o 'z   haq-huquqlari  uchun  amaliy  harakatga 
kirish  ishtiyoqi  yaqqol  namoyon  bo'layotgan  bo'lsa,  u  holda  uni  yuqori 
darajada  fuqaroviylik  nam oyon  qilayotgan  shaxs  sifatida  talqin  etish 
mumkin.
Shaxslaming  fuqaroviylik  sifatlari  jam iyat  a ’zolarini  safarbar  etish 
va yo'naltirishda muhim  ahamiyat kasb etadi.  Fuqaroviylik shaxsning o 'z  
tevarak 
atrofida 
bo'layotgan 
voqea-hodisalarga 
nisbatan 
faol 
munosabatini,  fuqarolik  jam iyatini  shakllantirish  va  rivojlantirishdagi 
ishtirokini anglatadi.  Shuningdek,  fuqaroviylik jam iyat oldida m a’lum bir 
maqsadning  shakllanishi  uchun  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
Albatta, jam iyatda  fuqaroviylikning rivojlanishi  uchun tegishli  ma’naviy, 
ijtimoiy  va  tarbiyaviy  chora-tadbirlar  ko'rish,  uning  rivojlanishi  uchun 
qulay ijtimoiy muhit yaratish ham m uhim  ahamiyatga egadir.
Fuqaroviylik  shaxsning  siyosiy  jihatdan  komillikka  erishishi  bilan 
uzviy  ravishda  bog'liq  bo'lib,  komillik  darajasiga  yetgan  shaxs  siyosiy 
jarayonlar  va  hodisalarga  qiziqish  bilan  qaraydi,  ro'y  berayotgan 
voqelikni  mustaqil  ravishda  tahlil  qilish  qobiliyatiga ega  bo'ladi.  Aynan 
ana  shunday  qobiliyatga  ega  bo'lgan  fuqaro  kezi  kelganda  o 'z   vatani 
taqdiri  uchun  befarq  bo'lm aydi,  vatan  uchun  o'zining  fidoyiligini 
namoyon 
qiladi. 
Vatanparvarlik 
ruhiyatini 
o 'z id a  o'zlashtirgan, 
m as’uliyat  hissiga  ega  bo'lgan,  siyosiy  madaniyati  yuksak  va  o'zining 
siyosiy ongini  boyitib  boradigan jam iyat  a ’zosini  haqiqiy  fuqaroviylikka 
ega bo'lgan shaxs  sifatida baholash  mumkin.

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish