T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi


jadval.  Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarining



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

2.1. jadval.  Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarining 
asosiy yondashuvlari
XX  asr  boshlaridan  fuqarolik  jamiyati  sohasida  amalga  oshirilgan 
tadqiqotlar  “fuqarolik  jamiyati”  kategoriyasining  funksional  tavsiflarini 
tushunish 
murakkablashdi. 
Buning 
sababi 
fuqarolik 
jamiyati 
tushunchasini  tadqiq  etishda  fuqarolaming  ijtimoiy  hayotida  dolzarb 
talablarini  aks  ettiruvchi  yangi  mezonlaming  kiritilganligida  bo'ldi.  Shu 
tariqa  fuqarolik  jamiyati  haqidagi  tasaw urlar  rivojini  tizimlashtirish 
quyidagi  shakllarda  yuz  berdi:  birinchidan,  ulaming  ijtimoiy-falsafiy 
asoslari 
tasniflari 
bilan, 
ikkinchidan, 
mafkuraviy 
asoslaming 
xususiyatlariga  ko'ra,  uchinchidan,  fuqarolik  jamiyatining  sof  ilmiy 
konsepsiyalarini aniqlash bilan belgilandi.
46


Biroq  fuqarolik jamiyati  modeli  dastlabki  tayanch  ijtimoiy-falsafiy 
nazariyalar va konsepsiyalarini ikki guruhga bo'lish rusumga kirdi:
- formatsion va sivilizatsion yondashuvlar;
- modemizatsiya va postmodemizm konsepsiyasi.
Yuqoridagilami hisobga olgan holda fuqarolik jamiyatining quyidagi
g'oyaviy-falsafiy doktrinalari ishlab chiqildi:
- “byurokratik davlat sotsializmi  doktrinasi”;
- “avtoritar davlat kapitalizmi  doktrinasi”;
- “demokratik sotsializm doktrinasi”;
- liberal-demokratik (“bozor demokratiyasi”).
Byurokratik davlat sotsializmi  uchun  fuqarolik jamiyati -  bu buijua, 
kapitalistik jamiyat,  u  xususiy mulkka va yollanma mehnatga asoslanadi. 
Byurokratik-davlat  sotsializmi  tarafdorlari  fuqarolik  jamiyatini  ijtimoiy 
notenglik va jamiyatda kuchayib borayotgan keskinlik sababi, deb biladi.
Avtoritar-davlat  kapitalizmi  fuqarolik  jamiyatini  xususiy  biznes, 
oilaviy-qarindoshlik  va  boshqa  nodavlat  munosabatlar  sohasi  bo'lib,  u 
o'zida kapitalistik davlatning ijtimoiy-iqtisodiy bazasini mujassam qiladi, 
deb hisoblaydi.
Demokratik  sotsializm  konsepsiyasi  tarafdorlariga  ko'ra,  fuqarolik 
jamiyati  -   bu  ijtimoiy-siyosiy  tashkilotlar  va  institutlar  majmuyi,  u 
demokratik  davlat  bilan  birga  ijtimoiy  (iqtisodiy,  siyosiy  va  hokazo) 
demokratiya asosini tashkil qiladi.
“Bozor  demokratiyasi”  nazariyotchilari  fuqarolik  jamiyatini  bozor 
demokratiyasi  jamiyatiga  o'xshash  insoniy  birlik  deb  biladi.  Ular 
fikricha,  fuqarolik  jamiyati  iqtisodiy  jamiyat  bo'lib,  iqtisodiy  hayotni 
boshqarish  imkoniyatlarida  cheklangan  va  ular  ijtimoiy  birlashmalar  va 
harakatlar tomonidan nazorat qilinadi.
Shunday  qilib,  fuqarolik  jamiyati  g'oyasining  qayta  jonlanishida 
jamiyatni  davlatlashtirishga,  jamiyat  hayotida  davlat  roli  va  ta’sirining 
favqulodda  o'sishiga  qarshi  qarashlar  ham 
shakllandi.  Ch.Teylor, 
E.Arato,  R.Dvorkin  va  boshqa  tadqiqotchilardan  iborat  bo'lgan  o'ziga 
xos  normativ  diskurs  ham  shakllandi.  Shuningdek, jamiyatning nodavlat 
sohasining  ijtimoiy-siyosiy  faolligi  va  o'z-o'zini  tashkillashtirishning 
ahamiyati 
bog'liq  bo'lgan  muhim  quyidagi  konsepsiyalar  ham 
shakllandi:
- liberal an’ana konsepsiyasi;
- amerikacha kommunitarizm konsepsiyasi;
- yevropacha neokonservatizm konsepsiyasi;
- post-markscha konsepsiya.


Fuqarolik  jamiyatining  liberal  an’ana  g‘oyasi,  umuman  olganda, 
yangilik emas.  Fuqarolik jamiyati haqidagi  dastlabki tasaw urlar mumtoz 
ingliz liberalizmi davridayoq ishlab chiqilgan edi.
Fuqarolik jamiyati  konsepsiyasining  amerikacha madaniy  va tarixiy 
o'zagida  “respublikachilik”  g‘oyasi  yotadi.  U  XX  asrdagi  o‘zini  o‘zi 
boshqarish  va  o‘zini  o‘zi  ijtimoiy  uyushtirishga asoslangan  teng huquqli 
fuqarolar  tomonidan  tashkil  etilgan  amerika  kommunalari,  ya’ni  lokal 
birlashmalarining  uyg‘un  va  faollikdagi  ijtimoiy-siyosiy  hayoti  haqidagi 
tasavvurlarga asoslandi.
Avtoritar-burjua doktrinasi (“davlat kapitalizmi” doktrinasi)
Liberal-demokratik doktrina (“bozor demokratiyasi” doktrinasi)

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish