Abu Ali ibn Sino (980-1037-yy.) fikricha, ijtimoiy munosabatlar
odamlar o ‘rtasidagi tafovut va tengliksizlik natijasidir. Xususan, Ibn Sino
“iqtisodiy va ijtimoiy hamda shaxsiy xususiyatlarga ko‘ra tengsizlik
inson ijtimoiy faolligi sababi hisoblanadi”, deb ta’kidlaydi. Ideal davlat
qurish esa jamiyat a’zolarining ma’naviy-axloqiy ravnaqi bilan
bogMiqdir. Uning fikricha, ma’naviy, axloqiy qadriyatlaming yuksak
qadrlanishi nafaqat har tomonlama farovonlikni, balki jamiyatda adolat
va barqarorlikni ham ta’minlaydi.
Bu davrda Sharqda ijtimoiy adolat, ma’rifat va tenglik nafaqat
nazariy me’yor, balki amaliy hayot m e’yori, ijtimoiy-siyosiy muammolar
yechimini topish va jamoa bo‘lib yashashning asosi sifatida tushunildi,
fozil jamiyatni (fuqarolik jamiyatining ilk loyihasini) shakllantirishning
ma’rifatli yo‘li tanlangan bo Isa, Yevropa ijtimoiy-siyosiy tafakkurida
esa xristianlik dogmatikasi hukmronlik qilib, jamiyatni diniy va
dunyoviy manfaatlar o'rtasida kurashlar tufayli “diniy” ta’limot asosida
namoyon bo‘ldi.
Mutafakkir Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” dostonida
davlami boshqarish amallari, qoidalari va siyosiy-axloqiy munosabatlami
jamiyatda qaror toptirishga e’tibor qaratdi. U davlat boshqaruvi va
xizmatini tashkil etish turlarini hamda uning turli darajalarga muvofiq
sifatlarini tasniflaydi. Jumladan, “Shohlikka da’vogarlar onadan ajib bir
iste’dod bilan tug'iladilar va ular darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga
ega bo'ladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat va yumshoq bir ko‘ngil
ato etadi, qolaversa, yaxshi ish yuritish uquvi bilan ham siylaydi”, deb
ta’kidlaydi.
Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini
yaratish borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan o‘rta asrlar mutafakkiri,
davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari muhim manba
hisoblanadi. U mansabdorlami axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat
va
insofni
oyoqosti
qiladigan
kishilami
davlat
ishlariga
aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishni kengash bilan olib borish,
boshqaruv faoliyatlarini muntazam nazorat qilish, itoat, ijro va uning
sifati to‘g‘risidagi qarashlari hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotgani yo‘q. Ayniqsa, Nizomulmulkning “ko‘pchilik bo'lib qabul
qilingan tadbir eng savobli bo‘ladi va shunday yo‘l tutish kerak” degan
fikri ajdodlarimizning davlat qurilishining adolatli tartibotlariga katta
e ’tibor berganligidan dalolatdir.
Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning m a’naviy asoslarini o'rganishda
0 ‘rta Osiyoda vujudga kelgan ta sa w u f ta’limotining ahamiyati ham
alohida muhim o ‘rin tutadi. T asaw u f garchi islom bag‘rida ildiz otib,
Qur’on va hadislar hikmatidan oziqlangan, ko‘p hollarda, shariat
ahkomiga suyangan bo‘lsa-da, u rasmiy diniy aqidaparastlik va
mutaassiblikka hamda hokim tabaqalarning aysh-u ishratlarga g‘arq
bo‘lgan turmush tarzi, talonchilik va manfaatparastlikka zid oMaroq,
mehnatkash xalq noroziligini ifodaladi. T asaw uf ta’Iimoti asosida adolat,
haqiqat,
to‘g‘rilik,
mehr-shafqat,
insof,
iymon,
e’tiqod,
ilm,
mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi umuminsoniy qadriyatlami targ‘ib
qiluvchi futuw atga asoslangan bir qancha diniy, siyosiy oqimlar paydo
bo'ldi. Ular jamiyatning axloqsiz unsurlariga g'oyaviy kuch sifatida
qarshi qo‘yildi.
Ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivoji va huquqiy davlat va adolatli
jamiyatining asosiy sharti - qonun ustuvorligi tamoyilini amaliyotda
qo'llash tajribasini Sharqning buyuk davlat arbobi va sarkardasi Amir
Tem um ing (1336-1405-yy.) boy ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy merosi
misolida ko‘rish mumkin. Uning tuzuklarida davlat tizimi, uni idora
qilish uslublari va vositalari, undagi turli lavozim-vazifalar darajasi,
tabaqalarning toifalanishi, harbiy qo‘shinlaming tashkil etilishi, jang olib
borish mahoratlari, davlat xizmatchilari rag'batini tashkil etish omillari,
adolatli soliq turlarining joriy etilishi, mamlakatni obodonlashtirish
tadbirlari milliy davlatchilikning yuksak madaniy va huquqiy darajada
shakllantirishga erishganligidan dalolat beradi. “Har mamlakaming
yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar
va axloqsiz odamlami mamlakatimdan quvib chiqardim. Pastkash va
razil odamlarga o‘zlariga loyiq ishlar topshirdim hamda hadlaridan
oshishlariga yo‘l qo'ymadim. UlugMami va sharaf-e’tiborli kishilami
hurmatlab, martabalarini oshirdim. Har mamlakatda adolat eshigini
ochdim, zulm-u sitam yo‘lini to‘sdim”.
Ma’lumki, fuqarolik jamiyatining unsurlaridan biri bu jamiyat
hayotiyligini
va
samaradorligini
ta’minlovchi
kuch
-
qonun
ustuvorligidir. Shu jihatdan, Sohibqiron Amir Temuming quyidagi
so'zlari hozirgi zamon bilan hamnafasdir: “Tajriba, - deb yozadi u, -
menga shuni ko‘rsatdiki, din va qonunga tayanmagan hukumat, o'zining
buyuk qudratini uzoq vaqt saqlab tura olmaydi. Uni har qanday yovuz
kishi kirishi mumkin bo‘lgan na tomi, na eshigi, na derazalari bor uyga
o ‘xshatish mumkin. Shuning uchun men o‘z saltanatimni islom arkonlari
va boshqaruvda o‘zim qat’iy amal qiluvchi qonunlar asosiga qurdim”.
Shu nuqtayi nazardan, muvaffaqiyatli boshqaruv qonuniyatiga ko‘ra,
Amir Temur rahbaming adolatga tayanib ish ko'rishini talab etgan.
Uning fikricha, “Rahbar uchun barcha ishlarda adolatga amal qilishi
kerak: u sotilmaydigan va fazilat egasi bo‘lgan odamni vazirlikka
tayinlashi lozim, chunki adolatli vaziming o ‘zi mahdud-rahbar qilgan
adolatsizliklami to‘g‘rilashi mumkin, ammo vaziming o‘zi shunday
bo'lsa, halokat yaqindir”. Sohibqiron fikricha, davlat boshqaruvida yana
bir muhim qonuniyat - qonun ustuvorligidir: “Qat’iy tartib va qonunlarga
amal qilishim baxt-saodatim kaliti bo‘ldi”. U asosiy qonunlar sifatida
diniy ahkomlami va ular asosida yozilgan fikrlami bildi. Ko'rinib
turibdiki, Amir Temur adolatli va fozil boshqaruvga asoslangan jamiyat
qurishga muhim e’tibor bergan.
Komil insonlar yashaydigan jamiyat haqidagi g‘oyalar Alisher
Navoiyning (1441-1501-yy.) siyosiy va adabiy faoliyati asosi bo‘ldi.
Navoiy ideal ijtimoiy-iqtisodiy tuzum haqidagi qarashlarini o'zining
“Saddi Iskandariy”, “Mahbub ul-qulub”, “Tarixi anbiyo va hukamo”
(“Payg‘ambarlar va dononishmandlar tarixi” va boshqa asarlarida talqin
etdi. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzum muammolari faqat adolatli hukmdor
boshqarayotgan va qonun ustuvor bo‘Igan mamlakatda o ‘z yechimini
topishi mumkin. Shunday qilib, Navoiy fikricha, adolat va qonun ijtimoiy
taraqqiyotning asosi hisoblanadi. Uning konsepsiyasida hukmdor shaxsi
alohida ahamiyat kasb etadi. Fazilatli va ideal shaxs haqida mulohaza
yuritar ekan, Navoiy o‘ziga xos insonparvarlik nazariyasini yaratdi. Bu
nazariyada mutafakkir, bir tomondan, hukmdor va bog'bonni, boshqa
tomondan, davlat va bog'ni bir-biriga solishtiradi. Unga ko‘ra, agar
bog1 bon aqlli va mehnatsevar boMsa, uning bog‘i gullab-yashnaydi.
Xuddi shu tariqa agar mamlakatning aqlli, dono, adolatli, xalqi uchun
qayg‘uradigan va uni sevadigan hukmdori boMsa, u rivojlanadi va
farovonlashadi.
Navoiy nazariyotchi va amaliyotchi sifatida davlat siyosatining
adolatli asoslari va uning ma’naviy mezonlarini rivojlantirishga katta
hissa qo'shdi. Ayniqsa, uning adolatsizlik va zulm davlatni tanazzulga,
jamiyatni jaholatga olib kelishi to‘g‘risidagi qarashlari g'oyatda
ahamiyatlidir: “...davlat ishi bilan mashg'ul bo'lgan mansabdorlik
chogMarimda ko‘ngil mulkini turli odamlaming hujumi bulg‘aladi. Goh
amirlik o‘mida o'tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arz-dodini
so'rdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar
bilan qarab turgan elga m uruw at ko‘rsatdim”, deb yozadi. Adolatli
jamiyat shakllanishining asosiy omili sifatida Navoiy insoniy fazilatlar -
adolatlilik, rahmdillik, mehnatsevarlik, rostgo'ylik, vatanparvarlik,
vijdonlilik, insonparvarlik va jasorat kabilami namuna sifatida keltiradi.
Antik davr va o'rta asr Sharq allomalarining fuqarolik jamiyatiga oid
konseptual-nazariy merosi va nazariy ishlanmalari hozirgi davrga qadar
o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ular qoldirgan ilmiy meros fuqarolik
jamiyati tamoyillarining rivojlanishi, insoniy birlik sifatida jamiyat
tarixiy taraqqiyotining muhim omillari sifatida hozirg fuqarolik jamiyati
qurish g‘oyalarini to‘ldirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |