Sabinyan huquq maktabining o'qituvchisi mashhur Gay Institusiyasining
muallifi Gay, II-III asr yuristlari Emiliy Papinian, Pavel va Ulpianlar huquq
ijodkorlari bo'lib yetishib chiqqanlar.
Huquq maktablarining o'qituvchilari Sabin, Yulian, Prokul va Selsalar
mashhur, yuridik fanlarni rivojlantiruvchi, aholini huquqiy madaniyat bilan
tanishtiruvchi
olimlardan,
ziyolilardan
hisoblanilgan.Ayniqsa,
Labeon
respublikachilar tarafdori bo'lib, u o'z maktabiga hamda huquq sohasiga ko'p
yangiliklarni kiritdi, u o'zining so'nmas iqtidoriga va fanlarga, ilmga bo'lgan
ishonchi bilan Kapitondan ajralib turadi.
Sivil huquqlarining yuqori darajada rivojlanishi imperator Avgust davri
bilan chambarchas bog'liqdir. Imperator Avgust tomonidan kiritilgan ko'p
o'zgartirishlar qonun tusiga ega bo'la boshlab, ayniqsa shaxslar
huquqlariga, oila va
meros huquqiga va shartnomalar javobgarligi bo'yicha qat'iy bo'lgan normalarni
kiritib, bu huquqni milliy huquq darajasiga ko'targan. Shu davrda ayniqsa,
fuqarolik huquqiga beqiyos bo'lgan o'zgartirishlar, to'ldirishlar kiritilgan.
Imperator Avgust yuristlar bilan munosabatlarini yaxshilab, ularni davlat
ishlariga, pretoriyalar prefektlariga ko'proq jalb qilgan va ba'zi yuristlarni shahar
boshlig'i mansablariga o'tkazgan.
Mashhur yuristlardan biri Sabin didaktik asar - "Ius civili" (fuqarolik
huquqi) nomli 3 kitobdan iborat bo'lgan asarni yaratdi. Bu asar quyidagi
qismlardan iborat bo'lgan:
1.
Meros huquqi haqida;
2.
Shaxslar huquqi:
3. Majburiyat huquqi va ashyoviy huquqlar to'g'risida.
Har biri, mavzusiga taalluqli bo'lgan ko'pgina savollar va javoblar bilan
to'ldirilgan.
II asrning mashhur yuristlaridan biri Florentin yaratgan institusiya 12 ta
kitobdan iborat edi.
Ayniqsa, diqqatga sazovor bo'lgan yuristlardan Selsaning Digestlari va
ularning sharhlari 39 ta kitobdan iborat bo'lgan, shuningdek, eng kuchli va
mashhur yuristlardan yana biri Yulianning Digestlari esa 90 ta kitobdan iborat
bo'lgan.
Bu asarlardan, Rim sinfiy davrining mashhur yuristlari Gay, Pavel, Ulpian,
Papinianlar hamda Yustinian kodifikasiyasini amalga oshirgan barcha yuristlar
foydalanganlar.
to'la va aniq bayon qilinganligi bilan farq qiladi. Ularda fuqarolik huquqining
izchil va mantiqiy bo'linishi berilib, uni shunday deb ta'riflagan: «biz
foydalaniladigan barcha huquq yo shaxslarga, yoki ashyolarga, yohud da'volarga
taalluqli». Garchi ko'p olimlar Gay tomonidan foydalanilgan tizimni orginal deb
hisoblamasada ham, u huquqni tushunishda olg'a tashlangan muhim qadam
bo'lgan. Bu yerda ilk bor moddiy huquq jarayondan, individual (alohida) huquqlar
ularni himoya qilish vositalaridan ajratilgan.
Yurist Gay mashhur huquq o'qituvchilaridan va iqtidorli yozuvchilardan,
o'zining Institusiyasi bilan jahonga tanilgan. Rim, Konstantinopol, Beyrut
universitetlarida uning mashhur Institusiyasi asosida darslar o'tilgan, o'zining
ziyrak qobiliyati bilan ajralib turgan yuristlardan biri bo'lib hisoblangan.
Yurisprudensiyaning eng yuqori rivojlanish cho'qqisiga yetishishda yurist
Gayning mislsiz xizmati borligini, uning yorqin ovozlari har tomondan jaranglab
eshitilishi, asarlarini xalq sevib o'qishini Rimliklar tan olganlar. Gay haqida uning
tug'ilganligi, familiyasi, qaysi provinsiyada faoliyat ko'rsatganligi noma'lum.
Rimda imperatorlik boshqaruvining o'rnatilishi bilan yuristlarning amaliy
faoliyati huquqiy maslahatlar berishi faollashgan. «Javoblar» deb nomlangan bu
konsultasiyalar (maslahatlar) sudyalarga katta ta'sir o'tkazgan. Sudyalar ko'pincha
obro'li yuristlarning fikrlariga rioya qilar edilar. Imperator Avgust rasmiy
ahamiyatga ega bo'lgan (ius respondenti) javoblar berishni faqat ma'lum darajadagi
yuristlarga ruxsat etib, ularning faoliyatini bir muncha yagona shaklga keltirishga
harakat qilgan. Shundan asarlari va fikrlari ilgarigidek huquq manbai sifatida
ko'riladigan sinfiy yuristlarning soni qisqargan. 426 yilgi «O sitirovanii yuristov»
degan qonunga binoan faqat beshta yurist : Papinian, Pavel, Ulpian, Gay va
Modestinning asarlari ko'proq yoki yuqoriroq yuridik kuchga ega ekanligi tan
olingan. Ba'zi huquqiy masalalarni hal qilishda ovozlar teng bo'lib qolsa, unda
mashhur yurist Papinianning fikri ko'proq e'tiborga olingan. Imperator Avgust
davrida senatga ko'proq chinovnik yuristlar a'zo qilingan bo'lib, ular senat a'zolari
sifatida yuqori maoshlar bilan ta'minlanib, ularning faoliyati davlat xizmatlari bilan
tenglashtirilgan.
Eng mas'uliyatli bo'lgan mansablarga yuristlar qo'yilar ekan, ular imperator
nomidanligiga o'xshash sud prosesslarida qarorlar qabul qilganlar, bu qarorlar
yozma ravishda berilib, yuristlarning o'z tamg'alari bilan tasdiqlanib, imperator
devonxonasida saqlanuvchi jurnallarga yozib qo'yilgan.
Mashhur yurist Ulpian tomonidan bir nechta qonunlarga, odat normalariga
va shu jamiyatdagi mavjud bo'lgan qoidalarga sharhlar yaratilgan. Uning
yordamchisi Yuliy Pavel esa Rim davlatining oldingi o'tgan yuristlarining
asarlariga o'zining tanqidiy qarashlarini yaratdi.
Mashhur yurist Ulpian voyaga yetmagan imperator Aleksandr Sever davrida
peretoriya
perefekti mansabiga erishib, chinovnik, zodagonlar guruhiga o'tkazildi.
Sudyalar masala yuzasidan yuristlarning umumiy fikrini aniqlashlari lozim
bo'lgan. Agar yuristlarning o'rtasida turlicha fikr mavjud bo'lsa, ko'pchilikning
fikriga qaralgan, agar ovozlar teng bo'lsa Papinianning fikri hal qiluvchi deb tan
olingan. Agar bunday holda Papinian fikr bildirmasa, sudya mustaqil harakat
qilishi mumkin bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: