Har bir tarkibda rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar, avvalo,
vertikal aloqalardir. Ular rahbarlikning va bо‘ysunishning turiga kо‘ra, bir-biridan
farq qiladi.
Agar rahbarlik tо‘laqonli bо‘lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha
masalalarga daxldor bо‘lsa, u holda bu xildagi aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb
ataladi.
Agar rahbarlik cheklangan bо‘lib, quyi organ faoliyatiga doir masalalarga
daxldor bо‘lsa, u holda bu xildagi aloqa funksional rasmiy aloqa deb ataladi.
Organlar о‘rtasida vertikal aloqadan tashqari gorizontal alo-qalar ham mavjud
bо‘lib, ular muvofiqlashtirish, uyg‘unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi
aloqalardir.
Boshqaruv tarkibida rasmiy aloqalar asosiy о‘rinni egallaydi. Lekin norasmiy
aloqalar ham muhim ahamiyatga egadir.
Ba’zan ular tashkilotning ishini yо‘lga qо‘yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Norasmiy aloqalar turli xil bо‘lishi mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi
qarindoshlik aloqalari, unda tarkib topgan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar,
Do'stlaringiz bilan baham: |