Sof joriy qiymat ba‘zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. Loyihani amalga oshirish vaqtida
mahsulot sotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar
ayirmasiga sof joriy qiymat deyiladi.
Rentabellik foydaning kapital qо‗yilmalarga yoki aksioner kapitaliga nisbati shaklida aniqlanadi.
Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rentabellik har bir yilga hisoblab chiqiladi. Bu yerda soliqlar
hisobga olinadi.
Integral samaradorlikni nolga tenglashtiruvchi rentabellikning dastlabki sath mazmuni samaradorlikning
ichki koeffitsiyenti deb hisoblanadi. Agar samaradorlikning ichki koeffitsiyenti dastlabki sath mazmunidan
past bо‗lmasa, loyiha samarali deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |