Yettinchi bо‘lim. «Bitimning samaradorligi». Bu bо‗lim biznes-rejaning yakunlovchi qismi bо‗lib,
unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy
kо‗rsatkichlari orasida foyda va rentabellik kо‗rsatkichlari ustuvor mavqega ega. Bundan tashqari,
ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy samaradorlik (yangi ilmiy natijalarni qо‗lga kiritish) ham hisobga olinadi.
Ushbu bо‗limda ishbilarmonlik faoliyatining uzoq muddatli faoliyatini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Loyihalarni asoslash jahon amaliyotida mablag‗larni qо‗yilishi haqidagi qarorni tayyorlashda bir
necha umumiy kо‗rsatkichlar qо‗llaniladi. Ular quyidagilardan iborat:
- sof joriy qiymat;
- rentabellik;
- samaradorlikning ichki koeffitsiyenti;
- kapital qо‗yilmalarning qaytarilish davri;
- pulning maksimal sarf-xarajati;
- zararsizlik meyorlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |