199
Menejerlarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini yana xam obyekitiv baxolash
uchun attestasiyadan tashkari boshkaruv amaliyotida uch guruxga bulinadigan turli xil
usullar kullaniladi:
1 gurux. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baxolaydigan, sbyektiv
xarakterga ega bulgan ta‘rif beruvchi yoki sifat usullarini uz ichiga oladi. Ularga «kadrlar
xisob varagi» va «Avtobiografiyadagi» boshkaruvchi talabiga da‘vogarlik kiluvchi
kondidatning biografik ma‘lumotlarini urganish, raxbarlardan usha odam xakida ma‘lumot
yigish kiradi.
2 gurux. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini yetarli darajadagi
obyektivlikdan mikdoriy baxosini aniklash ta‘minlaydi. Eng kup tarkalgan usul ball
buyicha baxolash usulidir. Bu usul buyicha xodimning xar bir bajargan vazifasi va
erishgan yutuklariga karab ballar kuyilib boriladi va uning urtacha balli chikarilib
aniklanadi.
3 gurux. Yukoridagi 2ta guruxni ya‘ni ta‘rif beruvchi va mikdoriy usullarni uz ichiga
oladi. Ulardan eng kup tarkalgani test usuli bulib, oldindan tayyorlab kuyilgan masalalar
natijalariga karab baxo beriladi. Ishbilarmonlik uyinlari usuli - kuyilgan ishlab chikarish
masalasi yoki nizoli vaziyatga berilgan tugri javobga karab baxo kuyilad. Raxbarlar va
mutaxassislarning ishbilarmonlik va va shaxsiy xususiyatlarini ball buyicha baxolash
uchun xodim xususiyatlarini ball buyicha baxolash yoki attestasiya utkazish bilan aniklash
mumkin. Buning uchun xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baxolash
uchun eng kamida 2 ta kul ostidagi ishchisi, 2 ta raxbari va 2 ta xamkasbini baxolashlarini
xisobga olishadi. Oxirgi natijaviy baxoni komisiya beradi. Kadrlarni baxolash kriteriyasi
bitta
bulishi kerak, ya‘ni konkret ishlar.
Attestasiya menejerlarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baxlash usuli bulishi
bilan birga ularni kayta tayyorlash bilan chambarchas boglikdir. Menejerni tayyorlash va
kayta tayyorlash - bu ta‘limning ilmi asoslangan sistemasi bulbi ma‘lum soxada faoliyat
kursatish uchun bilim, tajriba va yul yurik urgatadi.
Menejerlarni kayta tayyorlash va tayyorlashdan asosiy maksad ularning nazariy bilimlarini
oshirish, fan va texnika soxasida erishilgan yutuklarini tula-tukis kamrab olish, boshkarish
va ishlab chikarishni tashkil etishdan iborat.
Bozor iktisodiyoti kadrlar tayyorlash tizimiga yangi talablar kuyadi, bu tizimda universitet
va institutlar aloxida urin egallashi lozim, oliy va urta maxsus ukuv yurtlarida yangi
tipdagi, iktisodiyotni yaxshi biluvchi, boshkaruvning iktisodiy, ijtimoiy-psixologik usullari
va texnika vositalarini kullay oluvchi menejerlar tayyorlanishi lozim.
Boshkaruvni isloxat kilish sharoitida ukuv jarayoni mazmuni va uni tashkil etishga ishlab
chikarish darajasi usishi va xujalik yuritishning bozor utilishini xisobga olgan xolda
yangiga yondashuv kullaniladi. «Korxonalar tugrisida» konunda ta‘kidlab utilganidek:
«Korxona kadrlar kasbiy maxorati va madaniy darajasi uzluksiz usib borishi xakida doimo
gamxurlik kiladi, xodimlar malakasi va ishlab chikarish manfaatlarini xisobga olgan xolda
ular lavozimini uzgartirib boradi. Bu maksadda korxona kadrlar tayyorlashni amalga
oshiradi va bevosita ishlab chikarishda ukuv yurtlarida xodimlar malakasini oshirishga
imkon yaratadi, ukuv-uslubiy bazani kengaytiradi, biznes maktablari, kurslar, markazlar
tashkil etadi. Korxona ukuv jarayonini ish bilan kushib olib borish uchun zarur sharoit
yaratadi va konunda kuzda tutilgan imtiyozlar beradi. Ishchilar uz xoxishlariga kura urta
maxsus va oliy ukuv yurtlariga, shuningdek stipendiya tulash sharti bilan aspiranturaga
200
yuborishlari mumkin. Korxona yoshlarni mexnatga tayyorlash, kasbga kizikishlarini
shakllantirishda ukuv yurtlariga yordam kurstadi».
Mutaxassis egallagan bilimlar tez eskirgani sababli, uni doimo takomillashtirib berish
lozim. Agar raxbar uz bilimini takomillashtirib bormasa, eski bilimlariga tayanib kolishi,
ishlab chikarish bundan zarar kurishi mumkinligini tajribada kurish mumkin. Olingan
maxsus bilimga doimo tuldirilib borilishi lozim bulgan asos sifatida karash kerak. Bozor
munosabatlari sharoitida texnik ma‘lumotga ega bulgan ishlab chikarish raxbarlari ayniksa
iktisodiyot, marketing, ishlab chikarishni tashkil etish va boshkarish masalalarini chukur
urganishlari kerak.
Uz dunyokarashini kengaytirish buyicha mustakil ishlash xam katta axamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: