Jamoa tadbirkorligi – bu bir guruh fuqarolarning о‗zlariga ma‘qul bо‗lgan mulkchilik
shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil qilishlari va shu asosda tadbir-korlik
faoliyatini amalga oshirishlaridir.
Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida о‗z ifodasini topadi. Firma – muayyan turdagi
mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat kо‗rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab
ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.
Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bо‗lgan, yakka xususiy mulkka
asoslanib faoliyat kо‗rsatadigan korxona tushuniladi.
Firmalarning turlari juda kо‗p, ularni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin (4-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |