Qisqa xulosalar
Tadbirkorlik deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish
(xizmatlar kо‗rsatish) yо‗li bilan tavakkal qilib, о‗z mulkiy javobgarligi asosida amalga
oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati tushuniladi.
Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtiso -diy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy
shart-sharoitlar yaratilgan bо‗lishi lozim.
Tadbirkorlik ijtimoiy munosabatlar namoyon bо‗lishining shakllaridan biri sifatida faqat
jamiyatning salohiyatini oshi-rishga kо‗maklashib qolmay, balki har qanday insonning qobi -liyati
va mahoratini namoyon qilish uchun qulay zamin yaratadi, milliy boyliklarning kо‗paytirishga va
jahon integratsiyalashuvi jarayonida milliy ruhni saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun
tadbirkorlikni rivojlantirishga va uning huquqiy bazasi -ni mustahkamlashga davlat tomonidan
katta e‘tibor berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |