17
uchun qanday iqtisodiy manfaatini amalga oshirishi mumkinligini belgilab olishi kerak. Iqtisodiy
manfaatni amalga oshirish, avvalambor tadbirkorning о‗z ishini tashkil qilganlik darajasiga bog‗liq bо‗ladi.
О‗z ishini tashkil qilganlik esa tadbirkorning ma‘lum bir ishbilarmonlik muhitiga mustaqil kirishi bilan
belgilanadi.
Tadbirkor ma‘lum bir tadbirkorlik muhitiga kirishar ekan, diqqat-e‘tiborini faqat о‗z g‗oyalarini
amalga oshirishga emas, balki qanday qilib investorlarning mablag‗larini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishga
ham qaratishi kerak.
Tadbirkorning о‗z ishini tashkil qilishidagi asosiy vazifa, avvalo, о‗z g‗oyalarini ma‘lum bir muhitga
tadbiq qilish uchun kerakli bо‗lgan birlamchi kapitalni barpo qilishdan iboratdir.
Tadbirkorlik g‗oyasini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi talab qilinadi.
Tadbirkor ishbilarmonlik g‗oyalariga va maqsadlariga tо‗g‗ri keladigan va jalb qilingan kapitalning
hajmidan kelib chiqqan holda yangi ishlab chiqarish tarkibini shakllantiradi. Agar tadbirkor о‗z g‗oyasining
tashabbuskori va investori sifatida ishtirok etayotgan bо‗lsa, faoliyatining tashkiliy-huquqiy shaklini,
korxona uchun qо‗shayotgan о‗z hissasini oldindan belgilab olishi kerak. Shunday qilib, tadbirkorning о‗z
ishini tashkil qilish tamoyili jamiyat uchun yangi ishlab chiqarish tarkibini shakllantirish va unda о‗zining
qay darajada ishtirok etishini belgilab olishdan iboratdir.
О‗z ishini tо‗g‗ri tashkil qilish tadbirkorlikning asosiy omil-laridan hisoblanadi. Shuning uchun
ham tadbirkor bu fenomenni bar-po kiluvchi barcha qismlarni har tomonlama e‘tiborga olishi kerak.
Tadbirkor faoliyatining bu jihatlarini о‗rganishda uning faoliyati ketma-ketligini kuzatish alohida
ahamiyat kasb etadi. Bunda tadbirkorning asosiy harakatlari ketma-ketligi quyidagicha bо‗lishi mumkin:
- birinchidan, biznes g‗oyasini ishlab chiqish;
- ikkinchidan, ishbilarmonlik muhitini chuqur о‗rganib chiqish;
- uchinchidan, tadbirkorning iqtisodiy manfaati bilan biznes g‗oyasi-ning о‗zaro tо‗g‗ri kelishi,
tadbirkorlik g‗oyasi bilan tadbir-korlik muhitining о‗zaro
muvofiqligi;
- tо‗rtinchidan, g‗oyani amalga oshirish uchun kerakli bо‗lgan kapi-tal hajmini belgilab olish;
- beshinchidan, biznes g‗oyani amalga oshirish uchun kerak bо‗lgan korxona yoki tashkilotni
tarkib toptirish.
Har bir tadbirkorlik faoliyatining asosini ma‘lum bir g‗oya tashkil qiladi. Bu g‗oyalar
oddiyligi bilan ajralib turadi: kimdir tovarni yangicha jildlash g‗oyasini beradi, bozorda mavjud
bо‗lgan tovarga yangiliklar kiritadi va shu asosida unga bо‗lgan talab darajasini oshirishga harakat
qiladi va hokazo.
Ishbilarmonlik g‗oyasi kо‗pincha о‗z professional faoliyatida mustaqillikka erishish va
qо‗shimcha fonda olish ishtiyoqida bо‗lgan kishilarda paydo bо‗ladi. Buning uchun kishi iqtisodiy
jarayon-larni har tomonlama tahlil qilib, undagi mavjud bо‗lgan yetish-movchiliklarni aniqlab,
unga о‗z faoliyatini yо‗naltirishi lozim.
Agar tadbirkorda о‗z biznesini tashkil qilish yuzasidan biron bir g‗oya
mavjud bо‗lsa, u holda
u ishbilarmonlik muhitini о‗z g‗oyasi va iqtisodiy manfaati bilan mutanosiblik darajasini tahlil
qilishi kerak.
Avvalo, tadbirkor ma‘lum bir muhitda aniq g‗oyani amalga oshirish shaklini belgilab olishi
kerak. Bunday shakllarning turi juda xilma-xildir. Tadbirkorlik vazifalari yakka holda va guruh
bо‗lib amalga oshirilishi mumkin. Qanday shakllarni tanlash g‗oyaga hamda tadbirkorlik muhitiga
bog‗liqdir.
Tadbirkorlik muhiti va g‗oyasini har tomonlama tahlil qilish shu g‗oyani
amalga oshirish uchun
kerak bо‗lgan kapital miqdorini belgilab olishga yordam beradi. Bunda tadbirkor bankdaan yoki
biznes-fonddan kredit olishi uchun biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosni (TIA) ishlab
chiqishiga tо‗g‗ri keladi.
Biznes-rejada tadbirkor ishbilarmonlik g‗oyasiga tayan gan holda tovarlar yoki xizmatlar
ishlab chiqarish uchun kerak bо‗lgan shart-sharoitlarni amalga oshirishning barcha xarajatlari
qancha qiymatni tashkil etishini aks ettiradi. Ushbu holda gap kerak bо‗lgan birlamchi kapital
hajmini belgilash, tadbirkorlik g‗oyasini amalga oshirish uchun jalb qilinishi lozim bо‗lgan
moliyaviy resurslarni aniqlash haqida ketmoqda.
18
Tadbirkorlik g‗oyasini ma‘lum bir muhitda amalga oshirish mumkinligi aniqlanib, ishni
tashkil etish bо‗yicha kerak bо‗lgan moliyaviy mablag‗larni olish manbai tanlangandan keyin
tadbirkor о‗z faoliyatini uch yо‗nalishga qaratmog‗i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: