Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti - rеsurslarga xususiy mulkchilik,
iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va
uyg‘unlashtirishda bozor mеxanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Mulkchilik munosabatlari – mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish
va tasarruf etish jarayonida vujudga kеladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish – mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy
hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bеvosita istе’mol qilinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |