Chidamlilik vositalar va vositalarsiz o`lchanadi. Chidamlilikni vositali o`lchash
uchun
ma`lum tezlik bilan yugurish tavsiya qilinadi, hamda o`sha intensivlikni bo`shashtirmay
ushlay olish vaqti (tezlikni susayishi boshlangunga qadar) hisoblanadi. Shuning uchun
to`g’ridan-to`g’ri chidamlilikni o`lchash juda noqulay. Ko`proq vositasiz ulchashdan
foydalaniladi. Sport amaliyotida, uzoq masofaga (10.000 m; 20.000 m) yugurish uchun
sarflangan vaqtiga qarab chidamlilikga baho beriladi.