Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/220
Sana30.12.2021
Hajmi4,69 Mb.
#95948
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   220
Bog'liq
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M

Tahliliy  publitsistika 
informatsion  -   xabardor  etish  publitsistikasining 
tadrijiy davomi.  Tahliliy publitsistikaning boshlang‘ich janri korrespondensiyadir. 
Tahliliy  publitsistikada  esa  uning  birinchi  ma’nosi,  ya’ni  joylardan  yuborilgan 
xabar,  hayotdagi  fakt,  voqea  va  hodisalar  haqida  yozilgan  matbuot  materiali 
sifatida qoTlaniladi.
Korrespondensiya 
-  tahliliy  publitsistikaning  axboriy  publitsistika  bilan 
bogTab  turuvchi  janrdir. 
Korrespondensiya 
-   so‘zi  lotincha  so‘zdan  olingan 
bo‘lib  joylardan  yuborilgan  xabar,  ayrim  idoralar  o‘rtasidagi  yozishmalar  degan 
ma’noni  anglatadi.  Shuning  uchun  korrespondensiya  kengaytirilgan  xabar  ham 
deyiladi.  Vazifasi  hayotning  bir  parchasini  jonli,  ta’sirchan  tasvirlash  va  tahlil 
etishdir.  Mazkur  jam   asosan  gazeta  va  jumallarda  keng  o‘rin  olgan. 
Korrespondensiyaning tili va uslubi jonli, publitsistik tilda yozilishi lozim.
94


Suhbat  ja n ri  -  tahliliy  publitsistikada  ham  alohida  o‘rin  tutadi.  U 
informatsion janr intervyuning mantiqiy davomi  bo‘l:ib, yoritilayotgan mavzuning 
mazmun-mohiyatini  chuqur  ochib  berishi,  tahliliy  mulohaza  va  mushohadaga 
asoslanishi,  hayotning  chuqur  qatlamlarini  aks  ettirishi  bilan  undan  ajralib  turadi 
hamda  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalariga  doir  masala  va  muammolami 
yoritishda  ommaviy  axborot  vositalarining  eng  ommabop,  eng  ta’sirchan  quroli 
bo‘lib xizmat qiladi.
Suhbat  hajm  jihatidan  intervyuga  qaraganda  kengroq  bo‘lib,  unda 
suhbatdosh tomonidan aytilgan fakt, bildirilgan ma’lumot haqida batafsil, kengroq 
so‘z  yuritiladi,  keltirilgan  fakt,  bayon  etilgan  voqea,  hodisalar  chuqurroq  tahlil 
etiladi.  Suhbat janri  mavzu jihatidan ijtimoiy hayotning barcha sohalarini  qamrab 
oladi. Suhbat janri  suhbat-diolog, suhbat-monolog shaklida ham uchraydi.
Maqola  -  tahliliy  publitsistikaning  markaziy  janri  maqoladir.  Maqola 
arabcha so‘zdan olingan bo'lib, aytilgan so‘z degan ma’noni bildiradi. Maqola deb 
jamiyat  hayotining  biror  sohasi  bo‘yicha  m a’lum  bir  masala,  muammo  ko‘tarib 
chiqilgan  publitsistik  materialga  aytiladi.  Maqola  muayyan  mavzu  yuzasidan 
hayotdan  olingan  fakt,  voqea  va  hodisalami  umumlaslitirish  asosida  ma’lum  bir 
fikrlar, taklif va mulohazalar oldinga suriladi, ilmiy, nazariy, amaliy va publitsistik 
ijtimoiy siyosiy xulosalar chiqariladi.
Ma’lum  mavzuga  bag‘ishlangan  bir  nec-ha  maqolalarga  esa  maqolalar 
turkumi  deyiladi.  Maqola  asosan  OAVning  gazeta  va  jumallarida,  shuriingdek 
almanax, to‘plam va kitoblarda asosiy o‘rin  olgan.  Tili va uslubiga kelsak maqola 
rasmiy, ilmiy, adabiy-badiiy, hajviy, publitsistik usulda yozilishi mumkin.
«Jum alist  tekshiruvi»da  -  jum alist  hayotda  uchraydigan  biror  salbiy 
voqea, holat va masalani tadqiq qilib, o'z munosabatini bildiradi.
Obzor  -  tahliliy  publitsistikaning  muhim  janrlaridan  biridir.  Obzor  rascha 
«obozret»  so'zidan  olingan  bo‘lib  ko‘zda®  kechirish,  kuzatish  degan  ma’noni 
bildiradi.  Publitsistik  janr  sifatida  esa  hayotdagi  ma’lum  mavzu  bilan  o‘zaro 
bog‘langan  voqea,  hodisalar,  faktlar  haqidagi  umumlashtimvchi  materialga
95


aytiladi.  Obzorda  informatsion  funksiya  bilan  tahliliy  mushohada  uyg‘unlashib 
ketadi,  u  o‘quvchiga  hayot  haqida  ham  xabar,  ham  publitsistik  fikr  xulosa 
yetkazadi, jamoatchilik  fikrini  uyg‘otadi.  Obzor  sharhga  yaqin  turadi,  kuzatilgan 
hayot voqealarini tasvirlashda uning izohlash usulidan foydalanadi.
Xat 
-   publitsistikaning  o‘ziga  xos  janridir.  Xat  so‘zi  arabchadan  olingan 
b o iib  biror  odamdan  ikkinchi  odamga yozma  shaklda yo‘llangan  matn,  m a’lum 
ma’lumotlami  o‘z ichiga olgan yozuv ma’nosini  anglatadi.  Bu so‘z maktub, noma 
ham deb yuritiladi.
Xatlar  xususiyatiga  ko‘ra  tahririyatga  keladigan  xatlar,  «Ochiq  xatlar», 
adabiy-badiiy xatlarga bo ‘ lin adi.
Taqriz 
-   publitsistikaning  muhim  janridan  biridir.  Taqriz  so‘zi  arabcha 
so‘zdan olingan bo‘lib  o‘lchamoq, salmoqlab ko‘rmoq,  baholainoq degan ma’noni 
bildiradi. Bu janr retsenziya deb ham yuritiladi.  Taqriz Fan, adabiyot-san’atga doir 
asarlami tahlil etuvchi, baho beruvchi publitsistik janrdir.
Sharh 
-   tahliliy  publitsistikada  sharh  ham  alohida o‘rin  tutadi.  Sharh  so‘zi 
arabcha  so‘zdan  olingan  bo'lib,  biror  narsatiing  mazmuni,  mohiyatini  ochib 
tushuntirib berish, izohlash, izoh degan ma’noni bildiradi.

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish