Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/220
Sana30.12.2021
Hajmi4,69 Mb.
#95948
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   220
Bog'liq
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M

Tayanch so'zlar: 
jan r,  to'g'ridan -to'g'ri uzatish

kom pozitsiya,  yangiliklar, 
an ’anaviy,  interfaol,  bahs-munozara,  reportaj,  m atbuot  reklamasi,  hisobot, 
intervyu,  korrespondensiya,  maqola,  obzor.
Adabiy  tilning  funksional  uslublari  til  vositalarini  ijtimoiy  faoliyat 
sohalarida ma’lum an’ana va qonuniyatlar bo‘yicha qo‘llash tizimidir.
Bu funksional  tizimlar ixtisoslashgan til vositalari  va ulaming imkoniyatlari 
majmuini, har bir uslubga xos matniy qurilish xususiyatlarini ham qaror toptiradi.
Demak, ommaviy muloqot uslubi ham o'ziga xos tarixiy-ijtimoiy asoslar va 
an’analariga,  axboriy  ko‘lam  va  uni  uyuslitirish  va  uzatishning  usul  va  shakllari 
hamda  qonuniyatlariga  ega.  Uning  matniy  qurilish  usullari  va  shakllari  turfa  xil 
janrlar  bilan  uzviy  bog‘liq.  Zero,  har  qanday  nutq  uslubi  muayyan  janrlarda 
ifodalanadi.  Ommaviy  muloqot  uslubi  boy janrlar  silsilasiga  ega  bo‘lib  ulaming 
har biri o‘ziga xos matniy qurilish tartiblari orqali tavsiflanadi.
Jumalist dolzarb mavzuni tanlash, ishonchli faktlami topish va qayta ishlash 
jaryonida uning maqbul ifoda shaklini ham tanlaydi.  Ifodaning bu shakli va uslubi 
janr hisoblanadi.  U jarayon ham jumalist mahoratiga daxldor, chunki nutqiy ifoda 
qurilishi  (kompozitsiya)  asosiy  maqsadni  o‘ziga  xos  rejalashtirish  va  boshqarish 
tizimi vazifasini o'taydi.  Matn tocqimasini his eta olish -  sarlavhadan tortib, matn
87


tugallaguncha  uni  o'quvchi  nuqtai  nazaridan  fahmlay  olish  malakasi,  mahorati 
demakdir.  U  mazmun  yuklash,  zarur  boiganda  kengaytirish  yoki  qisqartirish, 
o‘rin  almashtirish  yoki  qayta  tarkiblash,  shuningdek,  ajratish,  bo‘laklash  orqali 
qayd etish va ta’kidlash bu mahorataing uzviy qirralari hisoblanadi.
Janrlar  tasnifi  asosida  ulaming  matniy  qurilishida  o'ziga  xoslik  yotadi. 
Demak,  muayyan  janrdagi  axborot  ommaviy  muloqot  uslubi  doirasida  alohida 
xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  jumalist  ijodining  alohida  bir  turi  hisoblanadi.  Janr 
tahlili shakl orqali mazmunni tushunish demakdir.
Har  bir  janr  vazifasi  va  imkoniyatlarini  anglash  hamda  ularga  ijodiy 
yondashish  ommaviy  muloqot  samaradorligini  ta’minlashga,  muloqot  usullarini 
takomillashtirib  borishga  xizmat  qiladi.  Shu  jihatdan  janrga  mensimay  qarash 
hollarini  ma’qullab  bo'lmaydi.  Chunki  janrdagi  amorflik,  qorishiqlik  tasavvuri 
amaliyotchilar  uquvsizligi  yoki  janr  nazariyasidagi  kamchilikdir.  Ommaviy 
muloqot  uslubidagi  janrlar  tizirnini  inkor  etish  matn  qurilishidagi,  axborot 
ifodalash  usullaridagi  qonuniyatlami  mensimaslikka  olib  keladi,  jumalist 
mahoratiga qo‘yiladigan talabchanlikni pasaytiradi.
Ommaviy  muloqot  janrlarimng  bir-biriga  ta’siri,  o‘zaro  aralashuvi  hollari 
esa  mazmun  o'zgarishlariga  nutq  shaklining  qonuniy  muvofiqlashuvi  hodisasi, 
shuningdek jumalistning mahorati nuqtai nazaridan yondashish kerak bo‘ladi.

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish