Va xabardorlik tushunchasi orqali baholanadi. Boshqacha aytganda, matniy
materiallarning axboriyligi (informativligi) ulami o‘quvchilar tomonidan aynan
(adekvat) talqin etilish mezoni bilan tavsiflanadi. Matniy talqinning aynanligi,
muqobilligi uning asosiy g'oyasini tushunish darajasiga bogiiq. Zero matn - g‘oya
(konsepsiya) haqidagi axborot. Demak, matn talqini aynanligi undan idrok etilgan
g ‘oyaning aynanligini anglatadi.
Arnalda matn uslubi tushunchasi ham ko‘p ishlatiladi. Bu, odatda, ikki xil
ma’noda taqdim etiladi. Matn uslubi deganda muayyan bir uslub va janrga
mansublik sifati nazarda tutiladi. Ammo aksaryat hollarda tahlil etilayotgan
matnning boshqa matnlardan farq qiluvchi o‘ziga xos tomonlari, xususan, uning
muallif tomonidan tarkiblanishdagi o‘ziga xoslik (shaxsiy uslub hodisasi)
tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |