durdonalarini har tomanlama ilmiy o‘rganish va tahlil etish muhimdir. ―Bugun
bizning oldimizda shunday tarixiy imkoniyat paydo bo‘ldiki, - degan edi
prezidentimiz I.A. Karimov-biz bosib o‘tgan yo‘limizni tanqidiy baholab, milliy
davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz tomirlariga qadimiy
me‘rosimiz tomirlariga qaytib, o‘tmishdagi boy an‘analarimizni yangi jamiyat
madaniyatimiz, qadriyatlarimiz milliy san‘atimiz namunalaridan, ota-bobolarimiz
namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu ma‘noda
maqsadida 1997 yili ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash bo‘yicha
59
sohasidagi siyosatini, umuminsoniy qadriyatlar, xalqning tarixiy tajribasi,
madaniyat va fan bobidagi ko‘p asrlik an‘analar jamiyatning istiqboldagi
rivojlanishini hisobga olgan holda yurgiziladi‖ deyilgan.
Bizning ilmiy izlanishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, qadimda ajdodlarimiz
usta-shogird an‘analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatish bo‘yicha boy tajribaga
ega bo‘lanlar. Lekin, biz keying vaqtlarda ajdodlarimizning boy merosidan hamda
tajribalaridan to‘liq foydalana olmayapmiz. Shulardan biri ustoz-shogird
an‘analarini chuqur o‘rganmaganligimizdir.
Ajdodlarimiz tajribalari yoritilgan adabiyotlarni ham yetarli deb bo‘lmaydi.
Bundan tashqari ajdodlarimiz boy tajribalarini hozirda hunar o‘rgatilayotgan
joylarda chunonchi oliy o‘quv yurtlarida, o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘lim
muassasalarida, shaxsiy usta-shogird an‘anasi asosida o‘rgatayotgan ustaxonalarda
ustoz-shogird odobi to‘liq o‘rgatilmasligi o‘uvchi-yoshlarimizni axloq-odobga va
bilim darajasiga, umuman, ularning ma‘naviyatini shakllanishiga salbiy ta‘sir
etayotganligining guvohi bo‘lamiz.
Shuning uchun ajdodlarimiz qoldirgan ma‘naviy merosdan to‘g‘ri va
unumli foydalanish chunonchi, ishlab chiqarilgan ―Ustoz shogird odobi‖ medali
asosida o‘quvchi yoshlarning shaxsiy va kasbiy fazilatlarida quyidagi nisbiy
o‘zgarishlar ro‘y beradi; ajdodlarimiz ma‘naviy merosiga bo‘lgan hurmat-e‘tibori
kuchaydi; o‘z ota-onasiga, ustoziga, o‘rtoqlariga, xullas insonlarga bo‘lgan hurmati
oshadi. Ularning shu hunarni qiyomiga yetkazib o‘rganishlarida asos bo‘lib xizmat
qiladi.
―Ustoz shogird odobi‖ mavzui yoritilgan 16 ta ko‘rgazmali quroldan iborat
to‘plam oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalar,
maktablarda sinfdan, maktabdan tashqari muassasalarda tashkil etilgan
hunarmandchilik ustaxonalarida va boshqa muassasalarda foydalanilsa maqsadga
muvofiq bo‘lar edi. Ushbu ustoz va shogird odobi mezonlarini ma‘naviyat
xonalarida, ustaxonalarda, ijodiyot xonalarida devoriy ko‘rgazma sifatida qo‘llash
maqsadga muvofiqdir. U har bir kasb-hunar o‘rganayotgan shogirdlarning yonida
bo‘lishi lozim.