1.2. O‟zbek xalq amaliy san‟atining tarixi va rivojlanish bosqichlari.
Amaliy bezak san‘atning alifbosi bo‘lgan naqsh va naqqoshlik san‘ati xalq
amaliy san‘atining qadimgi turlaridan biridir. Insoniyat yaratgan nafosat
durdonalarining sarasi naqsh bezaklari amaliy san‘atning barcha turlarida namoyon
bo‘libgina qolmay, bino va inshootlar me‘moriy bezaklarida ham keng
qo‘llanilgan.
Naqsh tarixi insoniyatning badiiy madaniyati bilan bir qatorda nihoyatda
qadimiydir. Hali yozuv vujudga kelmasdan burun chizmatasvir yozuv vazifasini
bajargan. Madaniyat rivoji jarayonida unda rassomlik bilan naqqoshlik ajralib
chiqqan. Arxeologik manbalar ham naqsh dunyoning hamma xalqlarida qadimdan
mavjud bolganligidan dalolat beradi. Metal, sopol buyum, idish, qurollar, paleolit,
neolit davrlarida geometric (xandasaviy) shakllar bilan, Miken san‘atida , Qadimgi
Eronda, Xitoy va Hindistonda geometric shakllar qatorida o‘simliksimon (islimiy)
naqshlar bilan bezatilgan. Naqshlardagi ramziy elementlar turli o‘lkalarda,
xalqlardagi geografik muhit, o‘lkaning o‘simlik va hayvonot dunyosi, madaniyati
ta‘sirida shakllangan va rivoj topgan.
Naqshning eng jozibadorligi va yuksak pog‘onaga ko‘tarilishi uyg‘onish
davriga to‘g‘ri keladi. XIX asrning oxiridan boshlab shu davrda vujudga kelgan
turli oqimlar naqshdan foydalanishni o‘ta kamaytirib, hatto keyinchalik butunlay
undan voz kechish kuzatildi.
Naqsh chizish, naqsh yaratish – naqqoshlik xalq amaliy bezak san‘atining
asosiy va qadimiy turlaridan biridir.O‘rta osiyo hududidagi me‘moriy yodgorliklar,
arxeologik topilmalar o‘lkamizda bu san‘at qadimdan rivojlanganligidan darak
beradi. Me‘morchilik, kulollik, misgarlik, zargarlik, chilangarlik, kashtado‘zlik
singari kasblarning taraqqiyoti naqqoshlik san‘ati jivojiga borib taqaladi.
Ajdodlarimizning yuksak ma‘naviyatini Qo‘yqirilgan qal‘a, Tuproqqal‘a, ko‘hna
Urganj, qadimgi Termiz, Ayritom, Varaxsha, Afrosiyob va boshqa joylardan
topilgan
naqsh
namunalarining
jozibadorligidan
bilib
olish
mumkin.
20
Diyorimizning turli viloyatlarida naqsh bilan ziynatlangan me‘moriy yodgorliklari,
idish, buyum, mehnat qurollarida umumiylik kuzatilsada, Buxoro, Xiva, Farg‘ona
va boshqa joylarning o‘ziga xos naqsh uslublari, keyinchalik maktablari
shakllangan. Naqqoshlik avloddan avlodga o‘tgan, otalari ustozlaridan o‘rgangan
naqsh namunalarini shogirdlar tajriba va iste‘dodlari orqali rivijlantirganlar.
O‘zbek naqqoshlari asosan ko‘k (lojuvard) zangori (havo rang, osmoni),
yashil, sariq, qizil, oq, qora ranglarda naqsh ishlaydilar. Naqqoshlikning uslublari
avloddan-avlodga o‘tgan. (masalan, axtadan foydalanish, bo‘yoq tayyorlash, oldin
naqshning asosiy chiziqlarini chizib, zaminni bo‘yab olish va hokazolarni), lekin
yozib qoldirmagan. Ustaning naqsh ishlash sirlarini faqat shogirdlarigina yaxshi
bilganlar.
Naqsh san‘ati O‘rta Osiyo madaniyati tarixida eng qadimiy bo‘lib, o‘ziga
xos namunalari bilan diqqatga sazovordir. O‘rta Osiyoda keng tarqalgan naqshlar
ikki turga: geometric (xandasaviy) chiziqlar va shakllarning murakkab ko‘rinishi
girix deb nomlanadi. O‘simliksimon tasvirdagi naqshlarning keng tarqalgani,
islimiy deb ataladi. Namoyon, ruta, munabbat, turunj, zanjira xilidagi naqshlar
islimiy kompozitsiyani tashkil etadi. naqqoshning malakasi va yuksak mahorati
aniq o‘lchamdagi eiementlarning ohangdorligi, did bilan tanlangan ranglarning
o‘zaro mutanosibligini ta‘minlaydi. O‘rta Osiyoning eng qadimiy naqsh
namunalarini asosan me‘moriy obida va inshootlarda ko‘rish mumkin. Naqshning
ajoyib ko‘rinishlari ganch, yog‘och va tosh o‘ymakorligi, yog‘och(ustun, bolor,
vassa va boshqalar)ni bo‘yab ishlash orqali amalga oshorilgan. Bizgacha yetib
kelgan qadimiy zargarlik va misgarlik san‘ati noyob namunalarida ham
ajdodlarimizning nozik didi, mohir qo‘li va teran zakovati bilan yaratilgan naqsh
bezaklarini o‘sha turlarga xos bejirim yechimlarda bajarilganligi kishini hayratga
soladi. Masalan Dalvarzintepadan topilgan oltin zirak (er. III asri) ixcham aylanma
(silindrik) sirt yuzasi oddiy ritmik jihatdan nihoyatda mutanosib joylashtirilgan
to‘rt bargli gul naqsh bezagi tushirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |