Intuitiv yondashuv Biror bir tahlil o‗tkazmay, ichki bir turtki asosida qaror qabul
qilish (kam o‗rganilgan).
Ish vaqti ishlarni bajarishga ajratilgan vaqt yoki ish faoliyatini bajarishda
ish joyidagi faoliyat
Kommunikator O‗zaro muloqotlarning sifati va samaradorligini oshirish,
takomillashtirish
Kompetentlilik Bilim, ko‗nikma, malaka, ma'naviy hislatlarning o‗zida mujassam
eta olgan mutaxassis. O‗z ishini ustasi, o‗z sohasining sirlarini har
tomonlama chuqur bilish.
Kompyuter virusi Avtonom ravishda ishlash, boshqa dastur tarkibiga o‗z- o‗zidan
qo‗shilish, ishga qodir hamda kompyuter tarmoqlari va alohida
kompyuterlarda o‗z-o‗zidan tarqalish xususiyatiga ega bo‗lgan
dastur.
Konsepsiya (lotincha – conseptio – to‗plash, birlashtirish, tizim, ibora)
Qarashlar, fikrlar, yo‗nalishlar tizimi; fikr yuritish, dunyoni
tushunish, anglash usuli.
Kritik ish Kechiktirilishi mumkin bo‗lmagan ish. Ixtiyoriy kritik ishning
kechiktirilishi Loyiha muddatining uzayishiga olib keladi.
Ko‗nikma O‗rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‗llay olish
287
Qaror Maqbul variant tanlovini amalga oshirish.