Autentifikatsiya
O‗z identifikatorini ma'lum qilgan sub'ekt, haqiqatan ham o‗zini
ma'lum qilayotgan, aynan o‗sha sub'ektligiga ishonch hosil qilish
jarayonidir.
Axborot
manbalari va taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxslar,
predmetlar, faktlar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar to‗g‗risidagi
ma'lumotlar;
Axborot borasidagi
xavfsizlik
Axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining
himoyalanganlik holati;
Axborot muhofazasi
Axborot xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarning
majmui.
Axborot resursi
Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma'lumotlar
banki, ma'lumotlar bazasi.
Axborot
texnologiyasi
Axborotni to‗plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni
tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar
va jarayonlar to‗plami.
Axborot tizimi
Axborotni to‗plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda
undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga
solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa
vositalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |