O„ziga o„zi ishonch ustuni
252
―HA‖ – 2, 23, 34, 42, 46.
―YO‗Q‖ – 38, 39, 41.
0-2 ball – Siz o‗zingizni turli vaziyatlar va muammolarni hal qilishga qobiliyatsiz deb
hisoblaysiz.
3-6 ball – Ruhan tushmaysiz, lekin hamisha ham mustaqil va maqsadli emassiz.
7-8 ball – Siz o‗ylagan narsangizni amalga lshira olishingiz uchun qobiliyat va kuch-
quvvat yetarli. Sizdagi e‘tiqod faoliyatingiz muvaffaqiyatini ta‘minlashda hal qiluvchi omil
bo‗lib hisoblanadi.
O„zgalardan kutilayotgan munosabat ustuni
―HA‖ – 1, 5, 10, 52, 55.
―YO‗Q‖ – 32, 43, 44.
0-2 ball – Siz o‗z ―Men‖ingizni salbiy baholash kutilmasiga tayyorsiz
3-6 ball – Siz atrofdagi odamlarning o‗zingizga nisabatan munosabati fikri va xatti-
harakatini tanqidiy hamda real baholaydigan odamsiz. O‗zingizga nisabatan yo‗naltirilgan
ichki harakatlaringiz sizning shaxsiy sifatlaringiz va xulqingizdan kelib chiqadi.
7-8 ball – Siz o‗z ―Men‖ingizni atrofdagilar tomonidan ko‗proq ijobiy baholanishni
kutasiz. Bu holat sizni o‗z ―Men‖ingizga ijobiy yo‗naltiradi va faoliyatingizni
jadallashtiradi.
O„zini o„zi qabul qilish ustuni
―HA‖ – 12, 18, 23, 47, 48, 54.
―YO‗Q‖ – 21.
0-2 ball – O‗zingiz butun borlig‗ingiz bilan o‗zingizga yoqmaysiz. O‗z shaxsiy va
kasbiy sifatlaringiz ustida o‗ylab ko‗rishingiz hamda ishlashingiz zarur.
3-5 ball – O‗zingiz haqingizdagi fikrlaringizda qarama-qarshiliklar mavjud.
O‗zingizning ―Men‖ingizda ishda sizga ma‘qul va nima noma‘qul ekanligini aniqlang. O‗z
―Men‖ingiz ustida ishlashingiz o‗zingizga nisbatan ijobiy munosabatni shakllanishga olib
keladi.
6-7 ball – O‗zingizni komil shaxs sifatida qabul qilish mezoningiz yetarli darajada
yuqori. Bu o‗zingizdagi ichki imkoniyatni ro‗yobga chiqarish ehtiyojingiz borligini
ifodalaydi va o‗z ―Men‖ingizga nisbatan ijobiy munosabatingizni qo‗llab quvvatlaydi.
O„ziga o„zi rahbarlik qilish ustuni
―HA‖ – 50, 57.
―YO‗Q‖ – 25, 27, 31, 35 36.
0-2 ball – Siz o‗zingizga aytishingiz zarur: ―Afsuski, meni aytgan so‗zim aynan
shunday xatti-harakat qilishimni bildirmaydi‖.
3-5 ball – Siz muvaffaqiyat faoliyatingizdagi ma‘lum izchillikni ta‘minlovchi ichki
mutanosiblik orqali erishasiz. Shunga qaramay, sizning ―Men‖ingizda ba‘zi bir psixologik
kelishmovchiliklar talay mavjud. Ehtimol, bunga xulqingizda har doim izchillik bo‗lmasligi
va uni yetarli nazorat qilish imkoni kamligi rejalarning real emasligi sababdir.
6-7 ball – Sizda shaxsiy faoliyatingizda izchillik, o‗z qobiliyatingiz va
imkoniyatlaringizga ishonch, o‗zingizni tushunish, o‗zingizni nazorat qilish yetarli darajada
mujassam.
O„zini o„zi ayblash ustuni
―HA‖ – 3, 4, 9, 11, 16, 24, 45, 56.
0-2 ball – Sizda o‗zingizga hech qanday tanbehingiz yo‗q. O‗zingizdan ko‗nglingiz
to‗qligi tufayli sodir bo‗layotgan hodisalarga javobgarlikni soqit qilishni va uni tashqi
omilarga yuklashga keltirib chiqaradi. O‗zingizga tanqidiy qarashga harakat qiling.
253
3-6 ball – Sizni har doim ham o‗zingizdan ko‗nglingiz to‗lavermaydi va bu
ruhiyatingizga mos tushadi. Ko‗pincha odamda o‗zini o‗zi baholash ziddiyatlaridan iborat
bo‗ladi. Shuningdek, siz o‗zini psixologik himoya qilishning yo‗li bo‗lmish o‗z aybini
e‘tirof etishdan tashqi omillar orqali o‗zini oqlashdan xoli emassiz.
7-8 ball – Siz o‗zingizni tanqid qilasiz, vijdonlisiz, o‗zingizni kamsitishga, ―aybdor‖
deb his qilishga, o‗zingizga tanbeh berishga moyillik bor. Bu holat o‗z imkoniyatlarini past
baholashni vujudga keltiradi va har doim ham sizning faoliyatingizga ijobiy ta‘sir etmaydi.
O„z-o„ziga qiziqishini ifodalash ustuni
―HA‖ –17, 20, 33.
―YO‗Q‖ – 26, 30, 49, 51.
0-2 ball – O‗zingiz uchun qiziqarli emassiz, ko‗pgina shaxsiy xussiyatlaringizni va ish
sifatlaringizni salbiy baholaysiz. Bu esa boshqalarga ham qiziqarsiz bo‗lishingizga olib
keladi.
3-5 ball – Atrofingizdagi odamlar uchun ham, o‗zingiz uchun ham ma‘lum darajada
qiziqarlisiz. Sizda, shaxsiy xususiyatlaringizdan va ishchanlik sifatlaringizdan qoniqmaslik
bor. Bu kamchiliklaringiz ustida ishlash va o‗zingizga tanqidiy munosabatda bo‗lishingiz
o‗zingizni takomillashtirishingzni asosiy yo‗lidir.
6-7 ball – Sizni ―Men‖ingiz bezovlantiradi. O‗zingizga qiziqish yuksak darajada
rifojlanib o‗ziga bino qo‗yishga aylangan. Umuman olganda, bu yomon emas, agar ushbu
faoliyatni amalga oshirish jarayonida namoyon bo‗ladigan yuqori darajadagi mahorat bilan
uyg‗unlashsa. Insonparvarlik va faoliyatingizdagi nazokat siz uchun foyda keltiradi, xolos.
O„zini o„zi tushunish ustuni
―HA‖ – 53.
―YO‗Q‖ – 6, 8 13, 15, 22, 40.
0-2 ball – Sizda aniq izchillik, yorqin tasavvurlar, hislar va g‗oyalar yo‗q. O‗zingiz
bilan yomon munosabatdasiz.
3-5 ball – O‗zingiz bilan yuqori darajada kelishasiz deb aytib bo‗lmaydi. Lekin sizda
o‗zini tushunmaslik namoyon bo‗lmaydi. O‗zingizga ijobiy munosabatni quvvatlash
taktikasi sizni hayotingizda hokimlik qaladi.
6-7 ball – Siz o‗zingiz bilan kelishgan holda yashaysiz.
Shunday qilib, sizni to‗plagan yig‗indingiz quyidagi raqamni tashkil qilsa:
0 balldan 52 ballgacha – bu ko‗rsatkich o‗zingizga salbiy munosabatda ekanligingizni
bildiradi. Bu holat nisbatan barqaror bo‗lgan, ozmi-ko‗pmi darajada anglangan, individning
o‗zi haqidagi tasavvurlarining takrorlanmas tizimi sifatida his qilingan ―Men
konsepsiyasi‖ni salbiy yo‗nalishda namoyon bo‗lishiga ta‘sir qiladi. Vaholanki, atrofdagalar
o‗zaro ta‘siingiz va o‗zingizga munosabatingiz shakllanadi. ―Men konsepsiyasi‖ ichki
qarama-qarshiliklardan xoli bo‗lmagan shaxsiy ―Men‖ining yaxlit obrazidir (A.Petrovskiy,
M.Yaroshevskiy).
Salbiy ―Men konsepsiya‖siga ega bo‗lgan odamlar ―ortiqcha vahimaligi, tez xafa
bo‗lishi, o‗zini kamsitishga va e‘tirof etishga moyilligi bilan ajralib turadilar; ular uchun
muloqot bilan, ijtimoiy va hissiy masalalar bilan bog‗liq bo‗lgan qiyinchiliklar
xarakterlidir‖ (R.Berns).
Yuqorida bayon qilinganlar ularning rahbarlik faoliyatiga salbiy ta‘sir o‗tkazmay iloji
yo‗q.
53 balldan 105 ballgacha – bu ko‗rsatkich rahbarning ―Men konsepsiyasi‖ni va o‗ziga
munosabatning ijobiy ekanligini ko‗rsatadi. Atrofingizdagilar orasida siz yetarli darajada
obro‗lisiz. Qo‗l ositingizdagilar sizni uzoq vaqtgacha unutishmaydi. Xodimlaringiz
xotirasida shunday qiyofada saqlanib qolasi: ―Ha, bizning rahbarimiz, haqqoniy, rahmdil
254
edi, xizmatkorlariga g‗amxo‗rlik qilardi‖, ―U o‗z ishini yaxshi biladi, odamlarni yaxshi
qabul qilardi. Ko‗tarinki ruhni saqlab qolardi‖, ―Uning muhitida iliq, yoqimli sharoit bo‗lib,
hamma qiziqib ishlardi‖, ―Bizni, deb u juda ko‗p tanbeh eshitardi, biz uni tushunardik va
o‗zimizni tuzatishga harakat qilardik‖, ―U bekorchilarni yoqtirmasdi va kamdan-kam
(o‗zidan chiqardi)‖ va hokazolar. Odatda, xizmatchilar bilan muhmala qilishni biladigan
bunday menejer obrao‗li bo‗ladi. Shu bilan birga egiluvchanlikni va eksperiment
o‗tkazishga bo‗lgan qiziqishni mustahkamlash maqsadga muvofiq bo‗lib, bu o‗ziga ijobiy
munosabatni va o‗zini haqqoniy baholashni mustahkamlaydi.
106 balldan 134 ballgacha – menejerning ―Men konsepsiyasi‖ va o‗ziga munosabati
juda yuqori. Turgan gap, bunday rahbarlar o‗z xulqi va faoliyati natijalari ijobiy bo‗lishiga
ishonadilar. Lekin har doim ham shunday emas. O‗zingizni yuqori idrok etishingiz tufayli
tobe kishilar kamsitilishi, uyaltirilishi, ularda o‗ziga ishonchni yo‗qotishi mumkin. ba‘zan
o‗ziga yuqori baho beradigan rahbarlar loqaydlikni namoyon qilib, haddan tashqari
hukmronlikni yaxshi ko‗radilar. Shunday qilib, menejerning o‗ziga yuqori baho berishi
xizmatchilar ―Men konsepsiyasi‖ning salbiy bo‗lishiga olib keladi. Balki o‗zingizga
nisbatan talabchanlikni, hurmatni, ichki kelishuvchanlikni bo‗shashtirmay mahorat
darajasini egallagandirsiz, qo‗l ostidagilaringizni ham imkoniyat va bilimlarini to‗g‗ri
baholashga va ularni muvaffaqiyatga, ijobiy ―Men konsepsiyasi‖ga undang
Do'stlaringiz bilan baham: |