251
―YO‗Q‖ – 8, 13, 25, 27, 31, 38, 39, 41,50.
0-5 ball – Sizda mustaqillikka, shaxsiy kuchga, qobiliyat va imkoniyatlarga ishonch
yetarli emas.
6-10 ball – Siz o‗zingizni yetarli darajada hurmat qilsangiz-da, lekin har qalay
o‗zingizga ishonmaslik, o‗zingizni tushunmaslik, izchillikdan chetlashish, shaxsiy
imkoniyatlarga shubha bilan qarash holati ba‘zida uchrab turadi.
11-15 ball – Siz o‗zingizni yuksak darajada hurmat qilasiz, o‗zingizga ishonasiz va
mustaqilsiz.
O„zini-o„zi yoqtirish ustuni
―HA‖ – 12, 18, 28, 29, 37, 46, 48, 54.
―YO‗Q‖ – 4, 9, 11, 16, 19, 24, 45, 56.
0-5 ball – Siz ko‗proq o‗zingizga ―dushman‖ga qaragandek qaraysiz, o‗zingizga
tanbeh berishga, gunohkor his qilishga va ayblashga moyillik bor.
6-10 ball – Umuman olganda, o‗zingizni qo‗llab-quvvatlaysiz, ijobiy baholaysiz,
o‗zingizga ishonasiz, shu bilan birga o‗zingizni ayblashga ham tayyorsiz.
11-16 ball – Siz o‗z ―Men‖ingiz bilan ―do‗stona‖ munosabatdasiz. Bunday holda o‗z
xislatlaringizni va umumiy xulqingizni yuksak darajada nazorat qilishingiz zarur.
Atrofdagilardan kutilayotgan munosabat ustuni
―HA‖ – 1, 5, 10, 15, 42, 55.
―YO‗Q‖ – 3, 26, 30, 32, 43, 44, 49.
0-4 ball – Siz atrofdagi odamlardan salbiy munosabatni kutasiz, hatto mehr-muhabbati
zarur bo‗lganlardan ham yaxshi munosabat kutmaysiz. Siz o‗zingizga yaxshilikni
chinakamiga ravo ko‗rmaysiz. Vaholanki, o‗zingizni boshqalarga o‗xshamaydigan, alohida
shaxs deb hisoblaysiz. Bu holat o‗zingizni o‗zingiz hurmat qilishni kuchaytiradigan
vazifalarni o‗z oldingizga qo‗yishga to‗siqlik qiladi.
5-9 ball – Atrofingizdagi odamlar orasida sizga salbiy munosabatda bo‗ladiganlar
borligini bilsangiz ham, lekin ularning barchasi ijodiy munosabatda deb o‗ylaysiz. Bu holat
sizda ularning munosabatlariga munosib bo‗lishga, ijtimoiy axlq normalariga rioya qilishga,
tashqi qiyofangizga e‘tibor berishga, o‗zingizni nazorat qilishga intilishni vujudga keltiradi.
10-13 ball – Atrofingizdagi odamlarning sizga ijobiy munosabatda ekanliklariga to‗la
ishonasiz. Bu ishons sizda o‗zingizga nisbatan hurmatingizni tobora orttiradi. Siz
shaxsingizning qadr-qimmatligiga ishonasiz va faoliyatingizning samarali bo‗lishi
atrofingizdagi
odamlardan
kutayotgan munosabatingizga bog‗liq. Ularning siz
haqqingizdagi tasavvurlarini saqlanib qolishi uchun doimo o‗z ustingizda ishlashingiz zarur.
O„z shaxsiyatiga qiziqish usutuni
―HA‖ – 7, 17, 20, 33, 34, 52.
―YO‗Q‖ – 14, 51.
0-2 ball – Siz o‗zingizga (qisman o‗z fikrlaringizga va hislaringizga) o‗zingiz yaqin
emassiz (real ―men‖ va ―ideal‖), afsuski, sizda o‗zingizning shaxs sifatida boshqalar uchun
befarq ekanligingiz haqidagi fikr mavjud.
3-6 ball – Siz o‗zingiz bilan ―tenglik‖ asosida muomala qila olasiz, boshqalar uchun
shivanda ekanligingizni e‘tirof etmaysiz va bu haqda har doim ishonavermaysiz. O‗ylab
ko‗ring, bu balki siz o‗zingizni qanday shaxs bo‗lishligingizni bilmaslik bilan bog‗liqdir.
Ehtimol, siz u yoki bu sifatlaringiz qay darajada shakllanganligini bilarsiz va shu bois
atrofdagilarga sizning ―Men‖ingiz qiziqarli ekanligiga shubhangiz bordir.
7-9 ball – Siz o‗zingizni boshqalarga va o‗zingizga qiziqarli ekanligingizga ishonasiz.
Bu omil faoliyatingizning samarali bo‗lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: