Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


―Zamonaviy maktab‖ konsepsiyasi to‗g‗risida tushuncha



Download 9,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/392
Sana30.12.2021
Hajmi9,09 Mb.
#95110
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   392
Bog'liq
2020. 2-tuplam 03.02.2020

 
―Zamonaviy maktab‖ konsepsiyasi to‗g‗risida tushuncha 
 
2018 yilning iyun-dekabr oylarida davlat rahbari  mamlakatimizda xalq ta‘limini isloh 
etish va ta‘lim sifatini oshirishga bag‗ishlangan ikki yig‗ilish o‗tkazildi. Shu davr davomida 
sohani  rivojlantirish  va  takomillashtirishga  qaratilgan  bir  necha  Prezident  farmonlari  va 
qarorlari qabul qilindi. Hujjatlarda O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligiga ta‘lim 
sifatini oshirish, o‗qituvchi maqomini oshirish, zamonaviy kadrlar bilan ta‘minlash siyosati, 
vazirlikning mavqeyini kuchaytirish, xodimlar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, AKTni 
keng  joriy  etish,  xalqaro  tajribani  joriy  etish  va  davlat-xususiy  sherikchilik  rivojlantirish 
kabi vazifalar qo‗yildi. 
Muhtaram  Prezidentmiz  va  Moliya  vazirligi  ko‗magida  xalq  ta‘limi  tizimiga  davlat 
budjetdan  mablag‗  ajratish  oshib  bormoqda.  2018  yilda  sohaga  davlat  budjetdan  12,1 trln. 
so‗m  ajratilgan  bo‗lsa,  2019  yilda  tizim  17,1 trln.  so‗m  ajratish  ko‗zda  tutilgan.  Bu 


 
11 
mablag‗larning  90%  soha  xodimlarining  oylik  maoshlariga  yo‗naltiriladi.  ―Zamonaviy 
maktab‖  dasturi  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentning  2018  yil  5sentabrdagi    PF–5538-
son  «Xalq  ta‘limini  boshqarish  tizimini  takomillashtirish  bo‗yicha  qo‗shimcha  chora-
tadbirlar to‗g‗risida»gi farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. 
Mazkur  Dastur  asosida  2019  yilning  1  iyuniga  qadar  xalqaro  tajriba  asosida,  ilg‗or 
texnologiyalar  va  muhandislik  yechimlarini  joriy  etishni  hisobga  olgan  holda  zamonaviy 
umumta‘lim  muassasalarining  namunaviy  loyihalarini  ishlab  chiqish  va  tasdiqlash 
rejalashtirilgan. 
Shu bilan birga, umumta‘lim muassasalarini zarur mebellar, zamonaviy 
o‗quv  va  laboratoriya  uskunalari,  darsliklar  va  o‗quv-uslubiy  materiallar,  kompyuter  va 
multimedia  texnikasi,  videokuzatuv  tizimlari  bilan  jihozlash  bo‗yicha  yangi  normativlar 
tasdiqlanadi. 
O‗quv  muassasalarini  2020-2025  yillar  uchun  zamonaviy  maktablarning  namunaviy 
loyihalari  asosida  qurishning  asosiy  parametrlari  ishlab  chiqildi.  39  690  nafar  o‗quvchi 
o‗rniga  ega  bo‗lgan  126  ta  maktabni  bunyod  etish,  shuningdek,  704  ta  maktabni 
rekonstruksiya  qilish  mo‗ljallanmoqda.  Umumta‘lim  muassasalarining  «Zamonaviy 
maktab»  namunaviy  loyihalari  bo‗yicha  yangicha  qurilishi  Xalq  ta‘limini  rivojlantirish 
jamg‗armasi,  shuningdek,  jalb  etiladigan  xorijiy  grantlar  va  qarzlar  hisobidan 
moliyalashtiriladi.  
«Zamonaviy  maktab»  darajalariga  muvofiqlik  sertifikatini  berish  uchun  umumta‘lim 
muassasalari faoliyatini baholashning mezonlarini tasdiqlash taklif etilayotir.   Sertifikatlash 
tizimining  ishchi  organi  sifatida  «Innovatsiyalar,  texnologiyalar  va  strategiyalar»  DUKni 
belgilash taklif qilinmoqda. 
«Zamonaviy  maktab»  namunaviy  loyihalari  bo‗yicha  qayta  tashkil  etiladigan 
umumta‘lim  muassasalarining  2030  yilgacha  bo‗lgan  maqsadli  ko‗rsatkichlari 
keltiriladi.   Masalan,  2024  yilga  borib  bunday  maktablar  soni  828  tani  tashkil  etadi,  2030 
yilda  esa  bu  kabi  o‗quv  muassasalari  4860  taga  yetadi  yoki  umumiy  miqdorning  50%ini 
tashkil etadi. 
2020  yilning  1  avgustiga  qadar  ilg‗or  xalqaro  tajribani  hisobga  olgan  holda 
«Zamonaviy  maktab»  namunaviy  loyihalari  bo‗yicha  ro‗yobga  chiqariladigan  umumta‘lim 
muassasalari uchun quyidagilar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi: 
 o‗qitishning maxsus ta‘lim standart va dasturlari; 
 o‗quv jarayonini tashkil etish bo‗yicha alohida talablar; 
 moslashtirilgan o‗quv adabiyotlarining ro‗yxati; 
 tegishli  darajani  aniqlash  maqsadida  umumta‘lim  muassasalarini  baholashning 
tartibi;   
 pedagogik  kadrlar,  shuningdek  o‗quvchilarni  tanlash,  baholash  va  attestatsiyadan 
o‗tkazish bo‗yicha tartib. 
Zamonaviy  maktab»  sertifikati  darajasini  olgan  umumta‘lim  muassasalarining 
xodimlari 
ish 
haqiga 
qo‗shimcha 
to‗lovlar 
to‗lash 
rejalashtirilmoqda.  
       Shu  bilan  birga,  umumta‘lim  muassasalari  ob‘ektlarining  moddiy  va  jismoniy  holatini 
real  vaqt  rejimida  monitoring  qila  oladigan  axborot  tizimi  yaratiladi,  unda  umumta‘lim 
muassasalarining darajasi mintaqalar kesimida aks ettirilgan bo‗ladi.  

Download 9,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish