Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 9,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/392
Sana30.12.2021
Hajmi9,09 Mb.
#95110
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   392
Bog'liq
2020. 2-tuplam 03.02.2020

 
Tayanch tushunchalar: 
xalqaro dasturlar (PISA, TIMSS, PIRLS).  
 
Kichik interfaol ma'ruza.  Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yoʼlida shiddat bilan 
rivojlanib  borayotgan  bir  davrda  kelajagimiz  davomchilari  boʼlmish  yoshlarni  ijodiy 
gʼoyalari  va  ijodkorligini  har  tomonlama  qoʼllab-quvvatlash,  ularning  bilim,  koʼnikma  va 
malakalarini shakllantirish hamda ilgʼor xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida 
baholash  tizimini  takomillashtirish,  shu  yo‗lda  xalqaro  tajribalarni  o‗rganish,  mavjud 
tizimni  har  tomonlama  qiyosiy  tahlil  qilish,  tegishli  yo‗nalishdagi  xalqaro  va  xorijiy 
tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim 
ahamiyatga egadir. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ―Xalq  taʼlimi  tizimida  taʼlim 
sifatini  baholash  sohasidagi  xalqaro  tadqiqotlarni  tashkil  etish  chora-tadbirlari  to‗gʼrisida‖  
2018 yil 8 dekabrdagi 997-sonli qarori qabul qilindi. 
An‘anaviy  ta‘lim  yondashuvida  o‗quvchilarning  bilimlarini  baholash  –  ta‘lim 
jarayonidagi  baholashning  asosiy  maqsadi  hisoblanib  kelingan.  Bugungi  kun  ta‘limi 
oldidagi  asosiy  maqsad  bo‗lgan  –  o‗quvchilarda  21  asr  ko‗nikmalarini  shakllantirish  – 
sharoitda o‗quvchilarni baholashda uning maqsadlari ham o‗zgarib boradi. 
Bugungi  kun  ta‘limida  o‗quvchilarning  nafaqat  bilimlarini,  balki  ularning  hayotiy 
ko‗nikmalarini  (kompetensiyalarini)  ham  baholash  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ta‘lim 
berish  va  baholashning  maqsadlari  o‗zgargan  bunday  sharoitda  o‗quvchilarni  baholashda 
ham yangi maqsadlar belgilanishi muhim hisoblanadi. 
PISA  –  o`quvchilarning  o`qish  (matnni  tushunish),  matematika  va  tabiiy  fanlardan 
bilim  darajalarini  baholashga  qaratilgan  xalqaro  baholash  dasturi  bo`lib,  o`quvchilarning 
maktab davrida orttirgan bilim va ko`nikmalarini aniqlashga mo`ljallangan. 
PISA  xalqaro  baholash  dasturi  shuningdek,  o`quvchilar  munosabati  va  motivatsiyasi  
haqida  qimmatli  ma‘lumotlar  to`playdi  va  o`quvchilarda  muammoni  hal  qila  olish  kabi 
ko`nikmalarni  ham  baholaydi.  Masalan,  global  ahamiyatga  ega  masalalarni  hal  etishda 
o`quvchi-yoshlarning fikr-mulohazalari va ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi. 
PISA  -  xalqaro  baholash  dasturlarining  natijalari  asosida  dunyo  mamlakatlari  o`quv 
dasturlarida  mavjud  bo`lgan  talablar  doirasida  o`quvchilarning  bilim  va  ko`nikmalarni 
qo`llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi. 


 
119 
PISA  tadqiqoti  –  Iqtisodiy  hamkorlik  va  tarqqiyot  tashkiloti  Iqtisodiy  Xamkorlik  va 
Rivojlantirish  Tashkiloti    (OECD-  Organization  for  Economic  Co-operation  and 
Development) tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi. 
Tadqiqot  ilk  bor  2000  yilda  o`tkazilgan  bo`lib,  har  uch  yilda  bir  marotaba  o`tkazib 
boriladi. Navbatdagi tadqiqotlar  2021 yilda o`tkazilishi rejalashtirilgan.  
PISA tadqiqoti quyidagi o`ziga xos xususiyatlarga ega:     

 
ta‘lim  sohasidagi  eng  yirik,  keng  ko`lamli  xalqaro  monitoring  tadqiqotlaridan  biri 
sanaladi; 

 
tadqiqotda  umumiy  o`rta  ta‘lim  muassasalarida  ta‘lim  olayotgan  15  yoshli 
o`quvchilar  ishtirok etadilar; 

 
tadqiqotda o`quvchilarning ―hayotga tayyorgarlik‖ darajasi, ya‘ni ularning maktabda 
egallagan  bilim  va  ko`nikmalaridan  hayot  faoliyatida  uchrashi  mumkin  bo`lgan 
muammolarni hal etishda qay darajada foydalana olishlari baholanadi; 

 tadqiqotda  o`quvchilarning  matematika,  o`qish  (matnni  tushunish),  tabiiy  fanlar 
yo`nalishidagi  va  global  muammolarni  hal  etish  sohasidagi  funksional  savodxonligi 
baholanadi; 

 
tadqiqotda  ishtirokchi  mamlakatlar  ta‘lim  tizimining  o`ziga  xosligi  bo`yicha 
ma‘lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to`planadi. 
 
O`zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi quydagilarga imkon yaratib beradi: 

 
O`zbekiston  umumta‘lim    maktablari  bitiruvchilarining  ta`lim  olishni  davom 
ettirishga  qay darajada tayyorligini aniqlash; 

 
mamlakatdagi umumiy o`rta ta‘limni takomillashtirish yo`nalishlarini aniqlash; 

 
o`quvchilarning ta‘lim sohasidagi yutuqlari,shuningdek, turli mamlakatlarning ta‘lim 
ti zimlari haqidagi ma‘lumotlarni olish. 
Tadqiqot  doirasida  15  yoshli  o`quvchi  yoshlar  orasida  o`tkazilishiga  asosiy  sabab 
aksariyat  ―Iqtisodiy  hamkorlik  va  taraqqiyot  tashkiloti  (IHTT)‖ga  a‘zo  davlatlarda  ushbu 
yosh majburiy ta‘lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi. 

Download 9,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish