Reja:
1. Monitoring mazmuni va uni amalga oshirish ahamiyati
2. Ta‘lim sifatini ta‘minlashda davlat ta‘lim standartlarining ahamiyati
3. Ta‘lim muassasalarining sifat va miqdor ko‗rsatkichlari tahlili
4. Samaradorlikning muhim ko‗rsatkichlari tahlili (KPI - Key Performance
Indicators).
3-topshiriq
78
1. Monitoring mazmuni va uni amalga oshirish ahamiyati
Ta‘lim sifati o‗quv jarayonidagi o‗ziga xos sifatlar majmui bo‗lib, davlat, jamiyat va
fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishga yo‗naltirilgan uzluksiz pedagogik jarayonning
natijasi ifodasidir. Shuningdek, ta‘lim sifati o‗quvchilar egallashi lozim bo‗lgan moddiy
olamga nisbatan ijtimoiy jihatdan muvofiqlashgan munosabatlar tizimidir.
Ta‘lim sifati deganda ijtimoiy buyurtma va davlat ta‘lim standartlariga mos tarzda
ta‘limiy mahsulotlar hamda xizmatlarni o‗quvchilarga ta‘sir etganlik darajasining natijasi
tushuniladi.
O‗quvchilarning kompetentliligi deganda ularning o‗qitish jarayonidagi bilimlar,
tajribalar va moyillikka asoslangan topshiriq va vazifalarni samarali amalga oshira
olishlariga oid umumiy layoqatlari tushuniladi.
Ta‘lim sifati ikki yo‗nalishga ega. Bu yo‗nalishlar:
1. O‗quv jarayonining davlat ta‘lim standartlariga mosligi.
2. O‗quv jarayonining iste‘molchilar talablariga mosligi.
Ta‘lim sifatini boshqarish muhim ahamiyatga ega. Ta‘lim sifatini boshqarish,
deganda, umumiy tarzda ta‘limni boshqarishning yangi, shaxsga yo‗naltirilgan paradigmasi
tushuniladi. Respublikamiz ta‘lim tizimini boshqarishda ta‘lim sifatini nazorat qilish muhim
o‗rin egallaydi.
Ta‘lim o‗quvchilar hayotining asosi, ularning rivojlanishi, kasbiy jihatdan o‗z
mavqeini aniqlashi, quvvatlarining namoyon bo‗lishi, ijodiy faoliyatining kengayishini
ta‘minlovchi jarayondir.
Ta‘lim sifatini ta‘minlashda ta‘lim muassasasidagi manbalarning sifati ham alohida
ahamiyat kasb etadi. Bunday muhim manbalar sirasiga umumiy o‗rta ta‘lim muassasasidagi
pedagogik
kadrlar,
informatsion-metodik,
ta‘limiy-texnologik, moddiy-moliyaviy
manbalarni kiritish mumkin.
Shu bilan bir qatorda ta‘lim sifatini aniqlash uchun quyidagilarni tahlil qilish talab
etiladi:
- amalda qo‗llanilayotgan o‗quv dasturlarining samaradorligi va maqsadga
muvofiqligi;
- metodik hamda tashkiliy innovatsiyalar;
- mazkur innovatsiyalarning o‗qitish natijalarining sifati va bitiruvchilarning
bilimdonlik darajasiga ko‗rsatadigan ta‘siri;
- o‗quv jarayonining texnologik jihatdan ta‘minlanganlik darajasi;
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasining turli bo‗g‗inlari faoliyati maqsad va
vazifalarining o‗zaro muvofiqligi;
- o‗qitish konsepsiyalari, davlat ta‘lim standartlari, o‗quv dasturlari va o‗quv-
metodik majmualar mazmuni orasidagi o‗zaro uzviylik;
- pedagogik, metodik, boshqaruv sohasidagi axborot tarmoqlarining samaradorligi,
ularni ommalashtirish va foydalanish uchun qulayligi va ishonchliligi;
- fanlar bo‗yicha ta‘lim sifati baholanishini ta‘minlovchi kvalimetrik, tashxislash
metodikalarining o‗qituvchilar tajribasida foydalanilganligi va sinovdan o‗tkazilganligi
kabilar.
Ta‘lim sifatini aniqlashda umumiy o‗rta ta‘lim muassasasining metodik quvvatini
tashkil etuvchi ko‗rsatkichlar ham muhim o‗rin egallaydi. Jumladan:
- avvalgi yillarda tuzilgan o‗quv dasturlari;
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasida ishlab chiqilgan metodik hamda didaktik
materiallar;
- sinovdan o‗tkazilgan o‗rgatuvchi va tashxislovchi metodikalar;
79
- innovatsion g‗oyalar banki;
- metodik ishlarning tashkiliy shakllari, ilg‗or tajribalarni aniqlash, tanlash,
umumlashtirish va ommalashtirish kabilar.
Ta‘lim sifatini aniqlashda informatsion-metodik hamda ta‘limiy-texnologik
manbalarni tahlil qilish ham alohida qimmatga ega. Uning asosiy ko‗rsatkichlari:
- ekspert xulosalari;
- nazorat va tekshirish natijalarini ifodalovchi materiallar;
- yig‗ilishlar, kengashlarning materiallari;
- metodik seminarlarning materiallari kabilar.
Ta‘lim sifatini aniqlashda moddiy-moliyaviy manbalarni hisobga olish ham
nihoyatda zarur. Mazkur manbalar sirasiga:
- ta‘lim muassasasida amalga oshiriladigan alohida tadbirlarni moliyalashtirish
manbalari;
- qabul qilingan me‘yorlar va talablarga mos tarzda o‗quv materiallari mazmuniga
muvofiq keladigan modddiy-texnik bazaning tavsifi;
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasidagi sinf xonalari va o‗quv kabinetlarining
kompyuterlar,
audio,
video-vizual
texnikalar
va
laboratoriya
jihozlari
bilan
ta‘minlanganligi;
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasining aloqa vositalari bilan ta‘minlanganligi;
- umumiy
o‗rta ta‘lim muassasasining o‗quv-metodik adabiyotlar bilan
ta‘minlanganligi;
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasining sport maydonchalari, zallari, inventarlari
bilan ta‘minlanganligi;
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasining moddiy-texnik bazani kengaytirishga
yo‗naltirilgan rejasi;
- o‗qitish jarayoni sifatining o‗quv jarayoni sifati natijalari bilan mos kelishining
ta‘minlanganligi;
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasida masofaviy ta‘limni joriy etish uchun moddiy-
texnik bazaning mavjudligi kabilarni kiritish mumkin.
O‗quv jarayoni sifatini miqdor va sifat ko‗rsatkichlari asosida ifodalash mumkin.
Miqdor ko‗rsatkichlari sifat ko‗rsatkichlarini o‗zaro qiyoslash uchun muhimdir.
Ta‘lim sifati tarkibida o‗quv jarayonining sifati alohida ahamiyatga ega. Jumladan:
- o‗quv jarayonini tashkil etishning aniqligi;
- o‗quv jarayonining davlat ta‘lim standartlari, didaktik talablar va me‘yorlarga
muvofiqligi;
- o‗quv jarayonida qo‗yilgan maqsadning aniqligi;
- o‗qituvchi hamda o‗quvchilar harakatlarining barqarorligi, xavfsizligi, to‗g‗riligi;
- belgilangan tartibga muvofiq tarzda o‗quv rejalari va dasturlarning aniq bajarilishi;
- o‗quv jarayonida ijtimoiy-ruhiy qulaylikning mavjudligi;
- belgilangan yuklamalarning o‗quvchilar salomatligiga xavf tug‗dirmasligi kabilar.
Ta‘lim sifatini aniqlash uchun o‗quv jarayonini har tomonlama tahlil qilish talab
etiladi. Tahlil jarayonida quyidagilarga e‘tibor qaratish lozim:
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasi rahbariyati va metodistlarning o‗quv jarayonini
tahlil qilishlariga asoslangan holda darsning sifatiga bergan baholari;
- o‗quv jarayonining ilmiy-didaktik asoslarga tayangan holda tashkil etilganligi;
- o‗quv jarayonining texnologiyalashtirilganlik darajasi;
- o‗quv jarayoni asosiy parametrlarining davlat ta‘lim standartlari va didaktik
me‘yorlarga muvofiqligi; bunda quyidagilar hisobga olinishi kerak: sinfning to‗liq emasligi,
80
o‗qituvchining haftalik yuklamasi, o‗quv maydoni bilan ta‘minlanganlik darajasi, o‗quv
jarayonining texnik vositalar bilan ta‘minlanganligi, o‗quv jarayoniga ijobiy ta‘sir
ko‗rsatadigan kutubxona fondining mavjudligi, har bir o‗quv predmeti mazmuniga mos
keladigan o‗quv-metodik majmualarning mavjudligi kabilar;
- sinfdan tashqari o‗quv ishlarini tashkil etish va o‗tkazish sifati;
- o‗quv jarayonining maromiyligi, ma‘muriyat harakatlarining muvofiqligi, qo‗yilgan
maqsadga erishish uchun o‗qituvchi hamda o‗quvchilar harakatlarining yo‗naltirilganligi,
o‗quv va taqvimiy rejalarning bajarilishi, maqsadli hamda umumlashgan dasturlarning ijrosi
ta‘minlanganligi;
- asosiy parametrlarning barqarorlik darajasi, o‗quv jadvali, o‗quv rejasi va
dasturlarning aniq bajarilganligi;
- yuklamalarning o‗quvchilar salomatligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishiga yo‗l
qo‗yilmasligi;
- o‗quv jarayonida ta‘minlanadigan ijtimoiy-psixologik qulaylik darajasi kabilar.
Ta‘lim sifatini baholashda tarbiyaviy jarayonlarning sifatini aniqlash ham talab
etiladi. Tarbiyaviy jarayonlarning sifatini quyidagi ko‗rsatkichlar yordamida belgilash
mumkin:
- harakatchanlik;
- izchillik va muntazamlilik;
- individual-shaxsiy va insoniy yo‗nalganlik;
- tashkiliy shakllarni takomillashtirish va moslashtirish;
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar moddiy-texnik asosining
to‗liqligi; jumladan: tarbiyaning mujassamlashgan rejasi, eslatmalar, kodekslar, xulq-atvor
qoidalari, ijodiy tanlovlarning Nizomlari mavjudligi;
- tarbiyaviy ishlarni boshqarishning takomillashtirilganligi;
- tarbiyaviy ishlarning rejalashtirilganligi;
- tarbiyaviy ishlarni hisobga olish va nazorat qilish mexanizmining mavjudligi;
- tarbiyaviy ishlarning borishi va maromi tahlil qilinishi;
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasidagi tarbiyaviy ishlarning izchilligi va
muntazamliligi;
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasida o‗quvchilar shaxsini tarbiyalashning barcha
turlariga e‘tibor qaratilganligi, chunonchi, ma‘naviy, axloqiy, jismoniy, estetik, ekologik va
h.k.
- o‗quvchilarga ta‘lim-tarbiyaviy ta‘sir ko‗rsatishning barcha imkoniyatlaridan
foydalanish tajribasining mavjudligi;
- o‗quvchilarga yakka va umumiy tarbiyaviy ta‘sir ko‗rsatish shakllaridan
foydalanilishi;
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasidagi tarbiyaviy ishlarda maktab rahbariyati, ota-
onalar, mahalla faollari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va boshqa
jamoatchilik vakillarining ishtirok etishlari;
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasida qonuniylik, tartiblilik, intizom, ish tartibi,
sog‗lom turmush tarzi talabalariga sifatli rioya qilinishi;
- tarbiyaviy ish shakllarining turli-tumanligi, jamiyatning zamonaviy talablariga,
milliy mentalitet va milliy g‗oya tamoyillari, o‗quvchilarning ehtiyojlariga mosligi kabilar.
Ta‘lim sifatini ta‘minlashda ta‘lim mazmuni birinchi darajali mohiyat kasb etadi.
Uning ko‗satkichlari sifatida quyidagilarni e‘tirof etish mumkin:
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasida amal qilinayotgan modernizsiyalashtirilgan
ta‘lim dasturlarining samaradorligi;
81
- tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar va pedagogik texnologiyalarning qulayligi,
ularning DTSlari va o‗quv dasturlariga muvofiqligi;
- ta‘lim dasturlarini yaxshilash va takomillashtirishga yo‗naltirilgan tadbirlarning
samaradorligi;
- DTSlari, o‗quv dasturlari hamda o‗quv-metodik majmualarda ta‘lim bosqichlariaro
uzviylik va uzluksizlikning ta‘minlanganligi;
- o‗quv rejasida ta‘lim sohalari va o‗quv predmetlarining uyg‗un tarzda
ifodalanganligi;
- o‗qituvchi hamda o‗quvchilarning o‗quv rejasidan qoniqishlari;
- o‗quv dasturining modernizatsiyalashtirilganligi, zamonaviy bilimlarning
ifodalanganligi, ilmiylikning ta‘minlanganligi, murakkabligi, sinovdan o‗tganligi va
o‗quvchilarning o‗zlashtirishlari uchun qulayligi;
- o‗quv dasturlarida uzviylikning ta‘minlanganligi, mavzularning amaliyotga tatbiq
etish uchun qulayligi, tarkibining uyg‗unlashganligi;
- tabaqalashtirilgan ta‘limni amalga oshirishga yo‗naltirilgan harakatlarning
takomillashganligi, o‗quv jarayonini chuqurlashtirish va ixtisoslashtirishning amalga
oshirilganligi kabilar.
O‗quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish orqali ham uning sifatini ta‘minlash
mumkin. Unda quyidagilarga e‘tibor qaratiladi:
- ta‘lim-tarbiya jarayonining mazmuni har uch yilda modernizatsiyalashtirilganligi;
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasida o‗quv dasturlari takomillashtirilganligining
natijasi;
- mualliflik dasturlarining ishlab chiqilganligi, amaliyotga tatbiq etilganligi,
ommalashtirilganligi;
- tahrir qilingan, integrallashtirilgan dasturlarning yaratilganligi va joriy etilganligi;
- kengaytirilgan va chuqurlashtirilgan ta‘lim dasturlarining yaratilganligi;
- tashkiliy yangiliklarning mavjudligi va ta‘lim jarayonida qo‗llanilganligi;
- pedagogik monitoring yangi shakllarining o‗zlashtirilganligi;
- o‗quvchilarni rivojlantiruvchi, shaxsga yo‗naltirilgan ta‘lim texnologiyalari va
axborot texnologiyalarining ta‘lim jarayoniga tatbiq etilganligi;
- yakunlangan pedagogik tajriba-sinov natijalarining mavjudligi kabilar.
Ta‘lim sifatining namoyon bo‗lishida o‗qituvchilarning shaxsiy yutuqlari muhim
o‗rin egallaydi. Ularning shaxsiy yutuqlari quyidagilarda aks etadi:
- ta‘lim jarayonini takomillashtirish sohasidagi yutuqlari;
- o‗qituvchilarning metodik, ilmiy, ixtirochilik ishlari;
- o‗qituvchilarning turli tanlovlarda ishtirok etish darajalari;
- shaxsiy-ta‘limiy quvvatlarini oshirishga yo‗naltirilgan faoliyatlari;
- mustaqil bilim olish va o‗zlarini takomillashtirish yo‗nalishidagi ishlari kabilar.
Ta‘lim sifatini ta‘minlashda asosiy o‗rin egallaydigan holatlardan yana biri o‗quv
rejasining bajarilishidir. O‗quv rejasining bajarilganligini bir qator holatlar tasdiqlaydi:
- me‘yorlar va ularning bajarilishi;
- o‗quv rejasining alohida o‗ziga xos yo‗nalishlari ijrosi;
- ta‘lim sohalari;
- sinflarni ixtisoslashtirish va maxsus yo‗nalishlarni tashkil etish;
- o‗quv rejasidagi maktab komponentiga rioya qilish;
- o‗quvchilar bilan individual ishlash ko‗lami;
- o‗quvchilarning tanlovlariga asoslangan holda chuqurlashtirilgan ta‘lim bilan
qamrab olish;
82
- o‗quvchilarning o‗quv yuklamalari ko‗lami kabilar.
Ta‘lim sifatini ta‘minlashda umumiy o‗rta ta‘lim muassasasi faoliyatining ijtimoiy
samaradorligi ham sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. Bu quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
- o‗quv jarayoni sub‘ektlarida mazkur jarayondan qoniqishning hosil bo‗lishi;
- o‗quv jarayonining tashkil etilishi, borishi, natijalari va sifatining namoyon
bo‗lishi;
- o‗quv jarayoni sub‘ektlarining o‗zaro hamkorligi;
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasining mavjud mavqei;
- umumiy o‗rta ta‘lim muassasasida amal qiladigan strategiyalar kabilar.
Umumiy o‗rta ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasi va mazkur
darajadan o‗rta maxsus kasb-hunar ta‘limi muassasalarining qoniqishi ham ta‘lim sifatini
ifodalaydi. O‗qitish sifatini boshqarishning muhim mexanizmi unga o‗quv jarayonini
yaxshilash orqali ta‘sir ko‗rsatishda namoyon bo‗ladi. Uni amalga oshirishning muhim
sharti ta‘lim sifati monitoringini amalga oshirishdan iborat. Mazkur monitoring maqsadga
yo‗naltirilgan, maxsus tashkil etilgan, ta‘lim sifatida ro‗y beradigan asosiy o‗zgarishlarni
uzluksiz kuzatadigan jarayondir. Uning asosiy maqsadi o‗z vaqtida ta‘lim jarayonini
boshqarishga oid to‗g‗ri qarorlar qabul qilish, unga tuzatishlar kiritish, bashorat va
materiallarning tahlili hamda uni takomillashtirishga xizmat qiladigan sharoitlarni
yaratishdan iborat.
O‗quv jarayoni bir qator o‗ziga xos ko‗rsatkichlarlarga ega:
a) o‗quv jarayonining yetakchi maqsadi – bilim, ko‗nikma, malakalarning
o‗zlashtirilishi, kompetensiyalarni shakllantirilganligi;
b) o‗quvchilarning bilish layoqatlarini rivojlantirish, bilim, ko‗nikma va malakalar
vositasida ularning bilish mustaqilliklarini shakllantirish.
v) didaktik jarayonning mazmuni – barcha dasturlar uchun mazmun yagona
hisoblanadi;
g) o‗quv jarayoni doirasida - o‗rgatish faoliyati davomida o‗qituvchining
yo‗naltiruvchilik, rahbarlik, maslaxat beruvchilik mavqei namoyon bo‗ladi;
d) o‗quv jarayoni doirasida pedagogik faoliyat o‗quvchilarning yetakchilik mavqei
bilan uyg‗unlashadi.
O‗quv jarayonida ta‘lim sifatiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadigan quyidagi tarkibiy
qismlar ajratiladi:
1. Moyillik hosil qiluvchi – o‗quvchilarni faol o‗rganish jarayoniga jalb qiluvchi va
bilish faoliyatining barcha bosqichlarida faollikni saqlab qoluvchi qiziqishlari, ehtiyojlari,
mayllari.
2. Yo‗naltiruvchi – o‗quvchilarning o‗quv-biluv maqsadini amalga oshirish uchun
uni rejalashtirishlari va bashorat qilishlari.
3. Mazmunli-operatsion nuqtai nazardan - axborotlarni qabul qilish, saqlash va qayta
ishlash maqsadida yetakchi bilimlar va usullarni o‗zlashtirish.
4. Quvvatiga ko‗ra – diqqat, iroda va kechinmalar.
5. Nazariy-tahliliy jihatdan – o‗quvchilarning o‗z-o‗zlarini mustaqil nazorat
qilishlari, bajarilgan harakatlarning borishi va natijalarini mustaqil baholashlari,
o‗zgalarning bahosiga tayangan holda o‗zlari va faoliyatlariga bergan baholari, o‗rganish
jarayonlarini mustaqil boshqarishlari va tuzatishlar kiritishlari, o‗z-o‗zlarini boshqarishlari
kabilar.
Ushbu qismlarning barchasi o‗zaro aloqadorlikka ega.
83
Umumiy o‗rta ta‘lim muassasasi va unda tahsil olayotgan o‗quvchilarning
rivojlanishlariga beriladigan baho ham ta‘lim sifatini aniqlashda muhim o‗rin tutadi. Bu
quyidagi ko‗rsatkichlarda namoyon bo‗ladi:
1. Umumiy o‗rta ta‘lim muassasasining innovatsion faoliyati:
- ta‘lim maqsadi, vazifalarining yangilanishi;
- ta‘lim mazmunining modernizatsiyalashtirilganligi;
- ta‘lim metodlarining yangilanishi.
2. O‗quv jarayonining tashkil etilishi:
- o‗qitish maqsadlariga erishish uchun o‗qituvchi, o‗quvchilar hamda ota-onalarning
o‗zaro hamkorliklari, o‗z faoliyatlarini mustaqil boshqarishlari;
- o‗qituvchi hamda o‗quvchilarning hamkorlikka asoslangan faoliyatlarini tashkil
etish;
- o‗quv-tarbiya jarayonining sifati uchun o‗qituvchi hamda o‗quvchilar orasida
mas‘uliyatlilikni teng taqsimlash;
- pedagogik jarayonda o‗quvchilar moyilligining yuqori darajada namoyon bo‗lishi;
- o‗quv jarayoni sub‘ektlari uchun qulay pedagogik-psixologik muhitning
ta‘minlanganligi;
3. O‗quv jarayoni samaradorligining ta‘minlanganligi:
- rejalashtirilgan yakuniy natijalar bilan qiyoslangan holda o‗quvchilarning
o‗qimishlilik va tarbiyalanganlik darajalari;
- muayyan o‗quv predmetini chuqur bilish imkoniyatiga egaliklari;
- o‗quvchilarning o‗quv va mehnat jarayoni, tabiat, ijtimoiy-huquqiy me‘yorlar,
jamiyatdagi qonun-qoidalarga sub‘ektiv munosabatlari kabilar.
Pedagogika sohasida ta‘lim sifatining ajralmas qismi sifatida bilish va uning
bosqichlari, o‗quvchilarning o‗quv yutuqlari va natijalariga oid tadqiqotlar amalga oshirilib,
bir qator nazariy yondashuvlar ishlab chiqilgan. Jumladan, o‗quv natijalariga oid
I.Ya.Lerner nazariyasi bo‗yicha o‗zlashtirish darajalari quyidagicha belgilangan:
1 – daraja – tanish, qayta aks ettirish;
2 – daraja – tanish vaziyatda (namunaga ko‗ra) qo‗llash;
3 – daraja - notanish vaziyatda qo‗llash.
Pedagog olim V.P.Bespalkoo‗zlashtirish nazariyasini quyidagi darajalarga ajratgan:
1 – daraja – tanish;
2 – daraja - qayta eks ettirish;
3 – daraja - qo‗llash;
4 – daraja - ijodkorlik.
Bizning nazarimizda ta‘lim sifatini baholash nuqtai-nazaridan o‗quvchilarning o‗quv
yutuqlari va natijalari quyidagi darajalardan iborat bo‗lishi lozim:
1 - daraja: Bilish — o‗rganilgan materiallarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
2 - daraja: Ko‗nikmaga ega bo‗lish — o‗rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda
qo‗llay olish;
3 - daraja: Malakaga ega bo‗lish — o‗rganilgan bilim va shakllangan ko‗nikmalarni
notanish vaziyatlarda qo‗llay olish;
4 – daraja: Kompetentli bo‗lish — egallangan bilim, ko‗nikma va malakalarini o‗z
shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida amaliy qo‗llay olish va yangi bilimlarni hosil qila
olish layoqatiga ega bo‗lish.
Tadqiqot jarayonidagi tahlillar ta‘lim sifati kompleks ko‗rsatkichlar tizimidan iborat
bo‗lib, quyidagi parametrlar asosida aniqlanishini ko‗rsatdi:
- o‗qitish maqsadlari va natijalarining o‗zaro muvofiqligi;
84
- o‗qitish jarayoni ishtirokchilarining ehtiyoj va talablarining ta‘lim xizmatlari orqali
qondirilishi;
Shaxsning ma‘lum standartlar, malakaviy talablar darajasidagi bilim, ko‗nikma,
malaka va kompetensiyalarga egaligi, aqliy, jismoniy va ma‘naviy rivojlanganlik darajasi.
Monitoring. Bugungi kunda mutaxassislar oldida turgan muhim vazifalardan biri
ta‘lim sifati monitoringi modelini takomillashtirishdan iborat.
Ma‘lumki, monitoring tushunchasining bir qator izohlari mavjud. Jumladan,
«Pedagogika» ensiklopediyasida monitoring (monitor + inglizcha. ing – harakat nomi
qo‗shimchasi: kuzatish, nazorat qilish) 1.Biron-bir jarayonni uning kutilgan natija yoki
dastlabki taxminga muvofiqligini aniqlash maqsadida doimiy kuzatib borish. 2. Muayyan
voqeilikni tekshiruvchi, nazorat etuvchi va uning natijalarini umumlashtiruvchi jarayon
sifatida izoh beriladi.
«Monitoring» atamasi ilk maratoba Birlashgan Millatlar tashkilotining 1972 yil iyun
oyida Stokgolm konferensiyasini tashkil etish arafasida «nazorat» atamasiga muqobil
sifatida ishlatila boshlangan. Monitoringning yaxlit tizim sifatidagi elementlari 1943 yilda
R.Mann, 1974 yilda V.D.Federov, 1985 yilda K.S.Burdin tadqiqotlarida ta‘riflab, asoslab
berilgan.
Chet tili so‗zlarining katta izohli lug‗atida monitoring - ma‘lum bir tabiiy, ijtimoiy
va boshqa ob‘ektlarning o‗zgarish holatini tizimli kuzatish, baholash asosida keyingi
holatini prognoz qilish deb izoh berilgan.
Ta‘lim sifati monitoringi — ta‘lim maqsadlari va erishilgan natijalarining o‗zaro
muvofiqligini hamda ularga ta‘sir etgan omillarni aniqlash, o‗quv-tarbiya jarayonini
korreksiyalash va keyingi holatini bashoratlash imkonini beruvchi pedagogik jarayon
hisoblanadi.
85
Do'stlaringiz bilan baham: |