5-Mavzu: Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi. Reja


Mijoz- bu tarmoqni abonenti bo‘lib, faqat tarmoq resurslaridan  foydalanadi, ya`ni tarmoq unga xizmat qiladi. • Server



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana26.06.2023
Hajmi0,61 Mb.
#953380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu

Mijoz-
bu tarmoqni abonenti bo‘lib, faqat tarmoq resurslaridan 
foydalanadi, ya`ni tarmoq unga xizmat qiladi.

Server
–bu tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi (kompyuter yoki dastur) ob`ekt. Yoki 
boshqacha aytganda 
Server-
bu tarmoqni abonenti bo‘lib, boshqa abonentlarga o‘zining 
resurslarini taqdim etadi, o‘zi esa boshqa abonentlarni resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni 
faqat tarmoqga xizmat qiladi.


Peer–to Peer
” (teng huqukli) tarmoqlar (одноранговые сети) bir rangli tarmoqlar, yani 
tarmoqdagi barcha kompyuterlar bir xil kirish va resurslar huquqiga ega.
Tashkilot axborot xavfsizligi siyosati.
Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi ob`ekt va 
uning vazifalari aniqlanadi. So‘ngra dushmanning bu ob`ektga qiziqish darajasi, 
hujumning ehtimolli turlari va ko‘riladigan zarar baholanadi. Nihoyat, mavjud qarshi 
ta’sir vositalari yetarli himoyani ta‘minlamaydigan ob`ektning zaif joylari aniqlanadi. 
Odatda ko‘p sonli foydalanuvchilarga ega bo‘lgan korporativ kompyuter tarmoqlari 
uchun maxsus “Xavfsizlik siyosati” deb ataluvchi, tarmoqda ishlashni ma’lum tartib va 
qoidalarga bo‘ysindiruvchi (reglamentlovchi) hujjat tuziladi. Siyosat odatda ikki qismdan 
iborat bo‘ladi: umumiy prinsiplar va ishlashning muayyan qoidalari. Umumiy prinsiplar 
Internetda xavfsizlikka yondashishni aniqlasa, qoidalar nima ruxsat etilishini va nima 
ruxsat etilmasligini belgilaydi. Qoidalar muayyan muolajalar va turli qo‘llanmalar bilan 
to‘ldirilishi mumkin. Hozirgi kunda axborotni himoyalashning tashkiliy choralari, 
shuningdek dasturiy va texnik vositalar yetarli samara bermay qoldi. Shu bois, huquqiy, 
jumladan, jinoiy-huquqiy himoya vositalari xavfsizlikning qo‘shimcha choralari sifatida 
yuzaga keldi. 
Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning kundalik 
hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda. Hozirda “axborot 
tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo‘lgan 
maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi 
ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va 
ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga 
ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, 
yo‘qotishdan va boshqa jinoiy harakatlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi. 
Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishni yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan 
axborot texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog‘liq qilib qo‘yadi. Axborotning 
muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni 
himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi 
xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qish imkoniga ega bo‘lmagan. 
Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning 
elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir 
necha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o„zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi 
va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, 


uzatadilar, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin 
etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi.
Axborotni himoya qilish deganda: Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu 
bilan birga axborot elementlarining buzilishi yoki yo’q qilinishiga yo’l qo’ymaslik; 
Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini qalbakilashtirishga 
(o‘zgartirishga) yo‘l qo‘ymaslik; Axborotni tegishli huquqlarga ega bo‘lmagan shaxslar 
yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo‘l qo‘ymaslik; Egasi 
tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o‘rtasida 
kelishilgan shartnomalar asosida qo‘llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.
Axborot xavfsizlig deb, ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiiy 
yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta‟sirlardan har qanday tashuvchilarda 
axborotning himoyalanganligiga aytiladi. Ilgarigi xavf faqatgina konfidensial (maxfiy) 
xabarlar va hujjatlarni o‘g‘irlash yoki nusxa olishdan iborat bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf 
esa kompyuter ma’lumotlari to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan 
ularning egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan 
moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi. Axborotning himoyasi deb, boshqarish va 
ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot 
zahiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta‟minlovchi 
qat`iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. Axborotni 
himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat: - axborotning kelishuvsiz chiqib 
ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish; - 
shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo‘lganxavf – xatarning oldini olish; - axborotni 
yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko‘chirish, to‘siqlash bo‘yicha ruxsat 
etilmagan harakatlarning oldini olish; - hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida 
huquqiy tartibini ta’minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday 
noqonuniy aralashuvlarning oldini olish; - axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy 
ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning 
konstitutsion huquqlarini himoyalash; - davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan 
axborotning konfidensialligini saqlash; - axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni 
ta‟minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo‘llashda sub`ektlarning huquqlarini 
ta’minlash. Axborot xavfsizligining huquqiy ta'minoti axborotni himoyalash tizimida 
bajarilishi shart bo‘lganqonun chiqarish aktlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, qoidalar 
yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar majmui. Hozirda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti 
masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o‘rganib chiqilmoqda. Kompyuter 
jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida telekommunikatsiya va hisoblash 
texnikasi vositalari, dasturiy ta’minot va intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter 
jinoyatchiliklarini qilish sohasi sifatida nafaqat kompyuterlar, global va korporativ 
tarmoqlar (Internet), balki axborot texnologiyasining zamonaviy, yuqori unumli vositalari 
hamda axborotning katta hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya institutlari 
tanlanadi. Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun 
qo„lda yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlil qilish 
natijasida qandaydir muayyan yechimlarni olish va ularni aloqa kanallari orqali uzatishsiz 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Kompyuterga ham tajovuz ob`ekti, ham tajovuz qiluvchi 
instrument sifatida qarash mumkin. Agar axborotning o‘g‘irlanishi moddiy va ma‟naviy 
boyliklarning yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. 
Shuningdek, agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog‘liq bo‘lsa, 
jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko‘zda tutilgan. Har 


qanday davlatda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti xalqaro va milliy huquqiy 
me’yorlarni o’z ichiga oladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy me’yorlari 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish