Yulduzsimon topologiya
markaziy uzel konsepsiyasiga asoslanadi. Unga
sirtqi uzellar ulanadi. Xar bir sirtqi (periferiya) uzel markaziy uzel bilan aloxida o‘z
aloqa tarmog‘iga ega. Barcha ma’lumotlar markaziy uzel orqali uzatiladi. Markaziy
uzel tarmoqdagi axborot oqimini retranslyasiya qiladi va yo‘lga soladi.
YUlduzsimon topologiya LXT uzellarining bir-biri bilan o‘zaro ta’sirini
osonlashtiradi. Ayni paytda LXTning yulduzsimon topologiya bilan ishlash
qobiliyati markaziy uzelga bog‘liq. Mavjud hisoblash tarmoqlarida nisbatan
murakkab topologiyadan foydalanilishi mumkin.
U yoki bu topologiyani tanlash LXTni qo‘llash soxasi, uning uzellari
geografik joylashuvi va tarmoq xajmi bilan belgilanadi.
Lokal tarmoqlar dasturiy ta’minoti.
Tarmoqlarning asosiy vazifasi foydalanuvchilarga turli xil xizmatlar
ko‘rsatishdir. Biror xizmatni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minot ushbu xizmat
serveri hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish va serverlarga misol tariqasida quyidagilarni
keltirish mumkin: faylli server, bosmali server, elektron pochta serveri,
kommunikatsion server. Tarmoqli dasturiy ta’minot lokal tarmoqda xizmat
ko‘rsatish va ishlashning turli variantlarini amalga oshiradi.
Bir darajali (bir rangli) tarmoqlarda barcha kompyuterlar teng xuquqli. Ular
tarmoqda aloxida ish joyi sifatida ishlaydi, lekin ayni shu paytda xar qanday tarmoq
kompyuterining
diskidan,
bosish
qurilmasidan
xamkorlikda
foydalanish
ma’lumotlarni uzatish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Lokal tarmoqda keng tarqalgan
ish varianti sifatida fayl-server konsepsiyasidan foydalaniladi. U markaziy, nisbatan
kuchli tarmoq kompyuterining dasturiy ta’minoti tomonidan amalga oshiriladi. Fayl-
server tarmoq resurslarini boshqaradi va boshqa kompyuterlar ishchi stansiyalaridan
kirish imkonini beradi. Foydalanuvchi tomonidan birgalikda foydalanish uchun
taqdim etiladigan asosiy resurs bu markaziy kompyuterning diskli xotirasidir. Bu
kompyuter xam fayl-server deb yuritiladi. Ishchi stansiyalar foydalanuvchining faol
ishlashi uchun mo‘ljallangan. Ishchi stansiya sifatida nisbatan arzon printer va xatto
qattiq diskka ega bo‘lmagan kompyuterlardan foydalanish mumkin. Dasturiy
ta’minot tarmoqning barcha foydalanuvchisiga dastur va ma’lumotlarni saqlash
uchun fayl-serverning tashqi xotirasini, umumiy printerini taqdim etadi va ishchi
stansiyalari o‘rtasida axborotlar almashinuvini ta’minlaydi. Fayl-serverda
saqlanuvchi dasturlar va ma’lumotlar bajarish va qayta ishlash uchun ishchi
stansiyaga aloqa kanali orqali uzatilishi kerak.
Tarmoq faoliyatini quvvatlovchi va tarmoq xizmatini tashkil etuvchi
tarmoqning dasturiy ta’minoti tarmoqli operatsion tizimni amalga oshiradi. Tarmoq
operatsion tizim tarmoq ishi uchun zarur. CHunki lokal shaxsiy kompyuterlar uchun
operatsion tizimlardan biri - DOS, Windows 7, OS/2, UNIX zarur.
Tarmoq operatsion tizim fayl-serverda odatdagi vazifalardan tashqari (diskka
kirish, fayllarni saqlash, xotiradan foydalanish) fayl-serverdagi ma’lumotlarga
ruxsatsiz kirishdan ximoyalaydi va foydalanuvchi xuquqlari asosida boshqaradi.
Bundan tashqari operatsion tizim turli operatsion tizim o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan
barcha ishchi stansiyalar bilan ishlashni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |