I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet134/172
Sana22.06.2023
Hajmi5,01 Kb.
#952908
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   172
4.1. YOG’LARNI
QAYTA ETERIFIKATSIYALASH.
MOLEKULYAR VA MOLEKULALARARO QAYTA 
ETERIFIKATSIYALASH. 
Ikkita yoki undan ortiq turli murakkab efirlar (jumladan, yog’lar) 
molekulalarining ta’sirlashuvi natijasida ulardagi atsillar almashinuviga qayta 
eterifikatsiyalanish (pereeterifikatsiya) deb aytiladi. Katalizatorlar (natriy metilat, 
natriy etilat, natriy gidroksid, kal’tsiy oksidi, fermentlar) usbu jarayonni 
tezlashtiradi. 
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, qayta eterifikatsiyalanish natijasida 
yog`larning glitseridli tarkibi o`zgaradi va demak, fizik-kimyoviy xossalari ham 
o`zgaradi. 
Atsillar almashinuvi glitseridlar molekulalari orasida (molekulalararo qayta 
eterifikatsiyalanish) va bir molekulaning o`zida (molekulyar) sodir bo`lishi 
mumkin. 
Har xil bir atomli spirtlarning murakkab efirlari orasidagi qayta 
eterifikatsiyalanishni quyidagicha umumiy sxema bilan tasvirlash mumkin: 
R
1
COOR
2
+ R
3
COOR
4
= R
1
COOR
4
+ R
3
COOR



226 
Ko`p atomli spirt (glitserin) va bir atomli spirt (metanol) murakkab efirlari 
orasidagi qayta eterifikatsiyalanishni quyidagicha tasvirlash mumkin: 
Shuningdek har xil tartibli triglitseridlar orasidagi qayta eterifikatsiyalanish: 
R
OCO
CH
R
HOCO
C
OCOR
H
C
OCOR
CH
HOCOR
C
OCOR
H
C
R
OCO
CH
R
HOCO
C
R
OCO
H
C
OCOR
CH
HOCOR
C
OCOR
H
C









2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
Molekulyar qayta eterifikatsiyalanishga quyidagi misollarni keltirish mumkin: 
Ko`rinib turibdiki qayta eterifikatsiyalashda glitseridlardagi yog` kislotalari 
tarkibi o`zgarmaydi, balki ularning (sn-1; sn-2; sn-3 holatlardagi) joylashuv tartibi 
o`zgaradi. 
Katalizatorlarsiz qayta eterifikatsiyalanish sezilarli tezlikda 250 
0
C dan yuqori 
haroratlardagina amalga oshishi mumkin. Lekin bunda glitseridlar termik 
parchalanishga ham uchrashi mumkin. 
Ba`zi metallar, masalan, rux, qalay, va ularning sovunlari katalizator sifatida 
qo`llanilganda qayta eterifikatsiyalanish 210–230
0
C da ham katta tezlikda amalga 
osha boshlaydi. Ammo ishqoriy metallarning alkogolyatlari (0,1-0,25% miqdorida) 
bu reaktsiya tezligiga juda kuchli ta`sir ko`rsatishi aniqlangan. Ba`zi hollarda 


227 
bunday katalizatorlarni qo`llab, qayta eterifikatsiyalanish eritmalarda olib borilsa, 
bu jarayon hatto 0
0
C da ham katta tezlikda amalga oshishi mumkin. 
Qayta 
eterifikatsiyalanish 
jarayoni 
yog`larning 
sifatini 
o`zgartirish 
(suyuqlanish harorati, qotish harorati, plastik xususiyatlari) uchun katta 
imkoniyatlar yaratib beradi. 
Yog`larning yog` kislotalari tarkibi juda muhim ahamiyatga ega, ammo 
yog`lardagi glitseridlar tarkibi va tuzilishi ham ularning xossalariga katta ta`sir 
ko`rsatadi. Lekin glitseridlar tarkibi haqida to`la ma`lumotga ega bo`lish amalda 
juda murakkab tajribalar o`tkazishni va ko`p vaqtni talab qiladi. Masalan, 
triglitseridlarni eterifikatsiyalashda yog` massasida 
n
turdagi yog` kislotalari 
ishtirok etayotgan bo`lsa, hosil bo`ladigan triglitseridlar soni (ehtimolligi) 
pozitsion izomerlarni hisobga olgan holda quyidagicha bo`lishi mumkin: 
N = (n
3
 + n
2
) / 2 
Masalan, yog` tarkibida 5 ta yog` kislotasi bo`lsa, 75 turdagi strukturasi va 
tarkibi bilan farq qiladigan triglitseridlar hosil bo`lishi mumkin. 
Shuning uchun ba`zan glitseridlardagi to`yingan va to`yinmagan yog` 
kislotalari tarkibi va stereospetsifik tuzilishini aniqlash osonroq va kifoya bo`lib 
qoladi. 
Yog`lardagi to`rt guruhdagi glitseridlarni aniqlashga imkon beruvchi tajriba 
usullari 
mavjud. 
Bular 
trito`yingan

dito`yingan–monoto`yinmagan

monoto`yingan–dito`yinmagan
va 
trito`yinmagan
glitseridlardir. 
Birinchi navbatda yog`larda to`yingan va to`yinmagan atsillarning 
taqsimlanish tartibi katta ahamiyatga ega. Taqsimlanish tartibi 2 xil bo`lishi 
mumkin:
1) taqsimlanish ehtimolligi qonuniga asosan statistik (to’satdan) taqsimlanish;
2) teng (bir tekis) taqsimlanish.
Statistik taqsimlanish glitserinning ekvivalent miqdoridagi yog` kislotalari 
bilan eterifikatsiyalanishi bilan triglitseridlar hosil bo`lishida kuzatiladi. Bunday 
taqsimlanishda triglitseridlardagi to`yingan (

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish