3.4.2.2. Glitseridlarning oksidlanishi
Atsilgliserinlarni kislorod bilan oksidlanishi yetarlicha o'rganilmagan. Ushbu
jarayon haqidagi tasavvurlar asosan yog' kislotalari efirlari va kichik molekulyar
spirtlarning
(metanol,
etanol)
oksidlanishini,
shuningdek,
odatda
97%
atsilgliserinlarni (triglitseridlarni) o'z ichiga olgan yog'larning oksidlanishini
o'rganishga asoslangan. Shuning uchun, ushbu bo'limdagi o'rganish ob'ektlari
bo’lmish glitseridlarni asosan atsilgliserinlar yoki yog'lar deb ataymiz.
Glitseridlar kislorod bilan ta`sirlashganda oksidlanadi. Ba`zi hollarda bu
mahsulot sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatsa (yog`larning buzilishi), boshqa hollarda
ijobiy ahamiyatga ega (yog`larning qurishi natijasida korroziyaga qarshi qatlam
hosil bo`lishi). Bu jarayonning kinetikasi o`ziga xosdir.
28-rasm. Erkin radikalli zanjirli reaktsiyaning
kinematik egri chizig’i
Aniqlanishicha, hali oksidlanmagan yog'larning kislorod bilan ta’sirlashuvi
qiyinroq kechadi. Bunday yog'lar bilan kislorodning kontaktining boshida
oksidlanish juda juda sekin amalga osha boshlaydi. Har xil hollarda har xil
davomiylikka ega kislorod ta'sirining ushbu davri (28-rasm) induktsiyon davr (OA)
215
deb ataladi. Uning davomiyligi jarayonning haroratiga, uni uzaytirish yoki to'liq
yo'q qilinguncha qisqartirish esa bunga imkon beradigan maxsus moddalarning
mavjudligiga bog'liqdir.
Bir muncha vaqt o'tgach, yog'ning oksidlanish tezligi oshadi (
A-б
egri
chizig'i). Ushbu jarayonning intensivligi turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, kinetik
egri chiziq qanchalik tik bo'lsa, bu atsilgliserinlar tarkibidagi qo’shbog’lari
izolyatsiyalangan to'yinmagan yog' kislotalari shunchalik ko’p ekanligini ko’rstadi.
Keyinchalik oksidlanish tezligi pasaya boshlaydi va nihoyat jarayon tezligi
maksimal darajaga etadi. Bu jarayonning ikkinchi davri bo’lib, u avtokoksidlanish
uchun xosdir. Oksidlanishning notekis tezlashishi, ayniqsa, ushbu davr uchun
xarakterlidir.
Shunday
qilib,
ushbu
boshlang’gich
bosqichda
yog'
atsilgliserinlarining oksidlanishi tezlashadi va bu jarayon o`z-o`zidan tezlanadigan
jarayon bo`lganligi sababli avtokatalitik deb ataladi (avtooksidlanish).
Atsilglietseringa kislorod ta'sir qilishining uchinchi davrida bir muncha vaqt
avtokoksidlanish tezligi doimiy ravishda saqlanib qoladi, so'ngra pasayadi (egri
chiziqning
б-в
qismi, 28-rasm.).
Glitseridlarning oksidlanishi tezligi ulardagi atsillarning tarkibiga bog`liq.
To`yinmagan atsilli glitseridlar to`yinganlariga haraganda tezroq oksidlanadi.
Polialken kislotalar monoalken kislotalarga nisbatan tezroq oksidlanadi.
Harorat ko`tarilganda, nur ta`sirida, xususan qisqa to`lqinli nurlar ta`sirida
(quyosh nuri, ul’trabinafsha nuri) yog`larning oksidlanish tezligi oshadi.
Ba`zi
moddalar
glitseridlar
oksidlanishini
tezlashtirsa,
boshqalari
sekinlashtiradi. Masalan, azot dioksidi, ozon, turli valentliklarni namoyon etuvchi
metallarning (kobal’t, marganets va h.k) birikmalari oksidlanishni tezlashtiruvchi
moddalardir. Fenollar, naftollar, aromatik aminlar, xinonlar, nitrobirikmalar va
h.k.lar atsiltriglitserinlar oksidlanishini sekinlashtiruvchi moddalar hisoblanadi.
Glitseridlarning kislorod bilan oksidlanishida hosil bo`ladigan moddalar
tarkibi juda murakkabdir. Ularni umumiy xarakterlash uchun uchta asosiy guruhga
bo’lish mumkin:
216
1.
Oksidlanish natijasida hosil bo`ladigan destruktsiya mahsulotlari. Bunda
to`yinmagan atsillar destruktsiyasi to`yinganlarnikiga nisbatan tezroq sodir
bo`ladi;
2.
Kislorodli qo`shimcha funktsional guruhlari bor bo`lgan birikmalar (ularda
uglerod atomlari soni oksidlangan glitserid uglerod atomlari soniga teng
bo`ladi), shuningdek, atsillarning izomerizatsiyasi mahsulotlari;
3.
Polimerizatsiya yoki polikondensatsiya mahsulotlari (bu birikmalarda
kislorodli yangi funktsional guruhlar ham uchraydi).
Bundan tashhari glitseridlarning oksidlanishi natijasida hosil bo`ladigan
moddalar termostabillik yoki termolabillik namoyon etishi mumkin. Termolabil
birikmalarga peroksidlar va bir oz kamroq darajada gidroksil va karbonil guruhlari
kiradi.
Glitseridlarning oksidlanish jarayoni gidroliz jarayoni bilan bir qatorda yog`
moy mahsulotlarining saqlash davomida taxirlanib buzilishiga sabab bo`ladigan
omillardan hisoblanadi. Shuningdek yog`larning taxirlanishida fermentativ
oksidlanishning ham ta`siri kattadir. Bu jarayon lipaza va lipoksigenaza fermentlari
ishtirokida amalga oshadi.
Fermentativ
taxirlanish
yog`ning
lipaza
ta`sirida
gidrolizlanishidan
boshlanadi.
Buning natijasida hosil bo`lgan linol kislotasi lipoksigenaza ta`sirida
oksidlanadi:
217
Hosil bo`lgan peroksidlar
va gidroperoksidlar keyinchalik yanada
o`zgarishlarga uchrab, oksidlanishning ikkilamchi mahsulotlarini (al’degidlar,
ketonlar va boshqa moddalar) hosil qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |