Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/71
Sana20.06.2023
Hajmi1,98 Mb.
#952606
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
Oziqlantirish
. Ertagi kartoshka oʻsuv davrida azotli va fosforli oʻgʻitlar bilan 
oziqlantirish hosil tovarligini oshirib, sifatini ancha yaxshilaydi. Lekin shuni 
hisobga olish kerakki, ertagi kartoshka azotli oʻgʻitlar bilan koʻp normada 
oziqlantirilsa, hosildorlik oshadi-yu, ayni vaqtda palaklar gʻovlab, oʻsimlikning yer 
ustki qismi kuchli oʻsib, oʻsuv davri uzayadi, tuganaklar pishishi kechiqadi. 
Bundan tashqari kraxmal miqdori tuganakda kamayib, uning saqlanuvchanligi 
yomonlashadi. 
Fosforli oʻgʻitlar esa, aksincha, ildizlarning rivojlanishiga qulay sharoit 
yaratadi, tuganaklarning tez yetilishiga hamda kraxmal toʻplanishiga ancha yordam 
beradi. Ertagi kartoshka oʻsuv davrida ikki marta oziqlantiriladi. 
Birinchi marta (koʻkarib chiqqanda) birinchi kultivasiya bilan kultivator-
oziqlantirgichlar vositasida 130-150 kilogramm ammoniy selitrasi yoki mochevina, 
hamda 120-130 kilogramm ammofos (agar ekishda berilmagan boʻlsa) bilan 
oziqlantiriladi. Ikkinchi oziqlantirish toʻla gʻunchalashda 230-250 kilogramm 
ammoniy selitrasi yoki mochevina solish bilan oʻtkaziladi. Oziqlantirishda azotli 
oʻgʻitlarning ammoniy sulfat formasini qoʻllash mochevina yoki ammoniy 
selitrasiga nisbatan ancha samarali boʻlib, ertagi kartoshka hosil miqdori va sifatiga 
sezilarli ta‘sir etadi. 
Kartoshka qator oralarini ishlashda Gollandiyaning «Amak» frezali 
kultivatoridan foydalanish, palak boʻgʻizini trapesiya shaklida yumshoq tuproq 
bilan toʻldiradi, koʻp va yirik tuganaklar shakllanishiga ijobiy ta‘sir koʻrsatadi. 
Sugʻorish. 
Ertagi kartoshka ekilgandan unib chiqishgacha yogʻingarchiliklar 
tufayli namlik yetarli boʻlgani uchun qoʻshimcha sugʻorishni, talab etmaydi. Unib 
chiqqandan gullashgacha 1-2 marta sugʻoriladi. Gullashdan pishishgacha esa 4-6 
marta sugʻoriladi va tuproq namligi 75-85% da saqlanadi. Sugʻorish orasidagi davr 
dastlabki sugʻorish vaqtlarida, kun salqin boʻlgani uchun har 8-10 kunda, 
keyinchalik esa har 6-7 kunda namiqtirib sugʻorib turiladi. 


97 
Ertagi kartoshkani xoʻjaliklarda qoʻllanilib kelinayotgan 5 marta 0-1-4 
sugʻorish sxemasiga nisbatan 8 marta 1-2-5 sxemada sugʻorish hosildorlikni 24-27 
foizgacha oshiradi
Umuman, ertagi kartoshkani oʻsuv davrida sugʻorish rejimi (soni, me‘yori va 
sugʻorish sxemalari) iqlim va ob-havo sharoitiga, yer osti sizot suvlarining 
chuqurligiga, tuproq unumdorligiga, ekish muddati va boshqa omillarga bogʻliq. 
Kartoshka paykallaridagi oʻsimliklarni suv bilan bir xil tekis ta‘minlash koʻp 
jihatdan sugʻorish texnologiyasiga, ya‘ni egatlarining uzunligi va chuqurligiga 
hamda ulardagi suv oqimining tezligiga bogʻliq. Tajribalarimizning koʻrsatishicha, 
dalaning nishabligiga qarab, sugʻorish egatlarining uzunligi 90-120 m qilib oʻq 
ariqlar olinishi lozim. Egatlar chuqurligi esa 18-20 sm, ulardagi suv oqimi esa 
0,10-0,15 litr sekunddan oshmasligi lozim. Shu tartibda sugʻorish gektaridan 220 
sentnerdan oshirib sifatli ertagi tovar hosil olishni ta‘minlaydi. Oxirgi sugʻorish 
hosilni yigʻishtirishga 5-7 kun qolganda toʻxtatiladi. 

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish