Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/71
Sana20.06.2023
Hajmi1,98 Mb.
#952606
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
 
Muxokama uchun savollar:
1.
Toʻqima usuli nima? 
2.
Xujayra usuli nima? 
3.
Protaplast usuli deganda nimani tushinasiz? 


29 
SELEKSIYA JARAYONINING TEXNOLOGIYASI VA SELEKSION 
MATERIALNI BAHOLASH USULLARI 
 
Darsning maqsadi: 
Kartoshka seleksiyasi jarayonini oʻrganish va seleksion 
materiallarni baholash usullari bilan tanishsih.
 
Topshiriq: 
1. Kartoshka seleksiyasidagi pitomniklar bilan tanishish. 
2. Seleksion materilallarni baholashni oʻrganish. 
 
Seleksiya jarayoni sxemasi. Bu jarayonda mavjud boʻlgan boshlangʻich 
materialdan foydalanish, yangi shakllarni yaratish, eng yaxshi ota – ona shakllarini 
baholash urugʻ koʻchatlarni, duragaylarni va klonlarni pitomniklarda tanlash 
koʻzda tutiladi.
Ota – ona shakllarining pitomnigi. Bu yerda kartoshkaning yovvoyi va 
madaniy turlari maxsus tuvaklarda (gorshokda), seleksion va mahalliy navlar, eng 
yaxshi duragaylar esa dalada yoki issiqxonada oʻstiriladi. Dalada ota – ona 
shakllari 70 x 40 yoki 70 x 35 sm qilib, har qaysi shaklning 20–40 tuganagi 
ekiladi.
Yozgi plyonkali, dokali issiqxonada 100 – 110 namuna ekilib, har qatorda 10 
tadan oʻsimlik joylashtiriladi. Yil davomida kasallangan oʻsimliklar, har xil 
aralashmalar yulib chiqarib tashlanadi. Ota – ona shakllari pitomnigida 
chatishtirish ishlari oʻtkaziladi. Issiqxonada oʻtkaziladigan chatishtirishda dalada 
oʻtkaziladiganga nisbatan mevalarning tugʻishi ancha yaxshi boʻladi.
Birinchi yil urugʻ koʻchatlar pitomnigi. Bu pitomnikda urugʻ koʻchatlar 
urugʻidan oʻstirib olinadi. Har qaysi urugʻ koʻchat alohida oʻrganiladi va negativ 
tanlash oʻtkaziladi. Bahorda urugʻ koʻchatlar pikirovka qilishdan (koʻchirishdan 
oldin) oldin fitoftoraga dala chidamligiga qarab baholanadi. Buning uchun 
ommaviy sun‘iy zararlantirish oʻtkaziladi. Undan keyin sogʻlom oʻsimliklar tanlab 


30 
olinadi. Hosil kovlab olish jarayonida quyidagi koʻrsatkichlariga qarab brak 
qilinadi: uzun stolonli, koʻk (siniy) rangli tuganaklar, fitoftora va parsha bilan 
kasallangan oʻsimliklar. Eng yaxshi oʻsimlik tuplari toʻligʻicha yigʻib olinadi, 
yomonlari esa brak qilinadi yoki tanlab olingan duragaylardan bittadan tuganagi 
olinadi va kombisasiyalar boʻyicha qilib har qatoriga 10 tadan ekiladi. Vegetasiya 
davrida fenologik kuzatishlar (unib chiqish, shonalash, gullash, palagining soʻlishi) 
va barglarini kasalliklar bilan zararlanish darajasini aniqlash ishlari olib boriladi. 
Duragay oʻsimliklar tubining xili, tuganakning shakli, poʻstining va magʻzining 
(etining) rangi, koʻzlarini joylashish chuqurligi, tuganaklar soni, tuganaklarni 
kompakt joylashishi, tuganaklarni kasallanishiga qarab baholanadi. Agar 
seleksioner qandaydir duragaydan shubxalanib ikkilansa, u duragaydan qayta 
ekish uchun bittadan tuganak olib qoʻyiladi. Eng yaxshi duragaylar – kelgusi 
pitomnikda ekish uchun oʻtkaziladi. Bu pitomnikda 90 % gacha namunalar brak 
qilinadi.
Ikkinchi yil duragaylar pitomnigi (klonlarning birinchi yili). Duragaylar bir 
qatorli delyankalarda, 5 soniga nisbatan bir necha karra tuganak (10.15. 20 va 
hokazo) qilib ekiladi (seleksioner ixtiyoridagi mavjud materialga qarab). Har 20–
50 duragaydan keyin standart navi joylashtiriladi. Bu pitomnikda duragaylarni 
baholashda ilgarigi pitomnikda oʻtkazilgan baholashlarga qoʻshimcha qilib 
quyidagilarga qarab baholanadi. Hosildorlik, ertapisharlik, (ekilgandan 60–65 kun 
oʻtgandan keyin ikkitadan tup kovlab dastlabki olinadi), kraxmal miqdori 
tuganagining kattaligi aniqlanadi. Bunda 70% gacha duragaylar brak qilinadi. 
Dastlabki sinash. Duragaylarning har qaysisidan 60–180 tuganagi bir yoki 
ikki qatorli delyankalarda qaytariqsiz yoki 2 – 3 qaytariqli qilib ekiladi. Duragaylar 
va standart navlar ekilganda pishish muddatlariga qarab guruhlarga boʻlinib 
joylashtiriladi. Kuzatishlar ilgarigi pitomnikdagidek oʻtkazilib, ularni baholashda 
qoʻshimcha qilib: tuganaklarning tovarligi, ta‘mi, tuganak eti, rangining 
oʻzgarmasligi, xom protein miqdori (agar seleksiya shu yoʻnalishda oʻtkazilsa), 
palagining fitoftoraga chidamliligi (provokasiya usulida), rak kasalligiga va 


31 
nematodaga chidamliligi hisobga olinadi. Sinashdan oʻtkazilgan eng yaxshi 
avlodlar, klonlar asosiy sinashga oʻtkaziladi.
Asosiy sinash.Sinash 1 – 2 yil davomida oʻtkaziladi. Denlyankalar 1 – 4 
qatorli boʻlib har qatorda 30–60 tadan tuganak ekiladi. Standart navlar va 
duragaylar har 8 – 10 nomer (duragay) dan keyin joylashtiriladi. Sinash to`rt 
qaytariqli qilib oʻtkaziladi. Kuzatishlar ilgarigi sinashdaoʻtkaziladigandek 
qoʻshimcha qilib barglari va tuganaklarning fitoftorozga dala sharoitida 
chidamliligi (laboratoriya usulida, agar kuchli rivojlangan boʻlsa – dala), 2 yildan 
keyin zararlanish darajasining oʻrtacha bahosi beriladi. Bu pitomnikdan eng yaxshi 
avlodlar konkurs sinash, dinamik sinash, ekologik, ishlab chiqarish sinashga va 
koʻpaytirish (seleksion) pitomnigiga oʻkaziladi.
Konkurs sinashi. Istiqbolli seleksion material 3 yil davomida sinaladi. 
Delyankalar toʻrt qatorli, har qatorda 50 tuganakdan ekilib, toʻrt qaytariqli qilib 
joylashtiriladi. (jami 800 tuganak). Konkurs nav sinashni keyingi ikki yil 
davomida oʻtkazish uchun urugʻlik material seleksion koʻpaytirish pitomnigidan 
olinadi. Bu sinash jarayonida rak kasalligiga chidamliligini baholashdan boshqa 
asosiy sinashda bajariladigan kuzatish va baholashlar oʻtkaziladi. Bularga 
qoʻshimcha qilib duragaylar infeksion (fon) sharoitda fitoftoraga chidamliligiga 
qarab baholanadi. (Saxalin tayanch punktida), tuganaklar mexanik shikastlanishga, 
qish davrida saqlanishga chidamliligi aniqlanadi. Parallel ravishda dinamik, 
ekologik, ishlab chiqarish sinashlar oʻtkaziladi. 
Dinamik sinash 3 yil davom etadi. Uning asosiy vazifasi – standart naviga 
nisbattan tezpisharligi (pishish guruhini) aniqlashdir.
Buning uchun vegetasiya davrida 4 marta 15 tadan namuna turt qaytariqli 
qilib kovlab olinadi (hammasi boʻlib 240 tub). Birinchi marta ertapishar standart 
navda tuganak hosil boʻlishi boshlanishda, qolganlari har 10 kundan keyin. 
Duragaylar tuganak hosili va palagining vazni, tovarliligi, tovar tuganaklarining 
oʻrtacha vazni, kraxmal miqdori va ta‘miga qarab baholanadi.
Yer maydonidan samarali foydalanish maqsadida konkurs nav sinash bilan 
dinamik sinashni birlashtiradilar. Buning uchun har qaytariqda 260 tuganak (4 


32 
qator 50 tuganakdan konkurs sinash uchun 15 tuganakdan davomiga va har 
qatoriga dinamik sinash uchun ekiladi). Konkurs sinashda hosilini yigʻishtirish 
paytigacha dinamik sinash namunalari kovlab olingan boʻladi va ularning oʻrnida 
hosilni yigʻish mashinalariga (povorot) qaytarish uchun masofa ochilib, tayyor 
boʻlib qoladi.
Ekologik sinash. Duragaylarning (plastik moslanuvchanlik qobiliyatini 
aniqlash maqsadida 3 yil davomida ekologik sinash oʻtkaziladi) birinchi yili 
dastlabki sinash, ikkinchi va uchinchi yillar – asosiy sinash uslubida oʻtkaziladi. 
Originator – muassasalar tajriba stansiyalariga, mintaqalarga seleksion material 
junatib, u yerda bu material birinchi yil ekilib sinaladi, ikkinchi, uchinchi yili esa 
ularning uzlarida ustirilgan material asosida sinash oʻtkaziladi.
Seleksion koʻpaytirish pitomnigi. Konkurs nav sinashda boʻlgan 
duragaylarni koʻpaytirish bilan shugʻullaniladi. Qaytariqsiz, delyankalarni 
kattaligi 65 m

dan 1 gektargacha (mavjud material miqdoriga qarab) 
joylashtiriladi. Bunda fenologik kuzatishlar, kasalliklar borligi 3 – 4 marta 
kuzatilib hisobga olinadi, oʻtov va dastlab hosilni aniqlash ishlari oʻtkaziladi. 
Pitomnik masofiy izolyasiya (uzoqlashgan) maydonda joylashtirilib, uning uchun 
urugʻlik materal virusli kasalliklarni aniqlash maqsadida indeksasiya va serologik 
analiz yakunidan keyin tanlanadi.
Ishlab chiqarish sinashi . Bu sinash seleksion muassasalarining tajriba 
xoʻjaliklarida yoki fermer xoʻjaliklarining yerlarida oʻtkaziladi. Istiqbolli shakllar 
ikki yillik konkurs sinovidan oʻtgandan keyin 0,25 – 0,5 gektar maydonda 
joylashtiriladi. Standart sifatida tezpisharligi boʻyicha sinaladigan material bilan 
bir guruhga kiradigan rayonlashtirilgan nav foydalaniladi. Ekish va oʻstirish, 
parvarish qilish shu ekin uchun xoʻjalikda qabul qilingan yoki intensiv texnologiya 
asosida qoʻllaniladi. Bunda hosilni aniqlash oʻtkaziladi. 
Istiqbolli navlarning urugʻi asosiy sinash pitomnigidan boshlab, seleksion 
pitomnikda koʻpaytiriladi. Sinashlar tugatilib, navga yakuniy baho berilib, Davlat 
nav sinoviga topshirish uchun 5 tonna urugʻlik materiali tayyorlanishi kerak.


33 

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish