Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/71
Sana20.06.2023
Hajmi1,98 Mb.
#952606
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
Paraseksual duragaylash. 
Adabiyotlarda Solanaceae oilasiga mansub 
kartoshkadan tashqari boshqa ekinlarda paraseksual duragaylash natijalari 
toʻgʻrisidagi koʻplab ma‘lumotlar mavjud. 
Protoplast toʻqimalarni somatik duragaylash ishlari steril barg toʻqimalari 
xujayralari devorlarini buzish bilan boshlanadi. Protoplastlar manfiy zaryadga ega 
boʻlgani sababli ularning oʻzaro qoʻshilishi qiyin boʻlib rN ning yuqori normasida 
zaryad kamayadi. Muhitga kalsiy va polietilenglikolning qoʻshilishi 
protoplastlarning qoʻshilishini tezlashtiradi. Bunda dinarionning hosil boʻlishi 
bilan yadrolar oʻzaro qoʻshilib sinkarion hosil boʻladi. Bu jarayonda koʻplab 
protoplastlar nobud boʻlib, faqat ulardan bor yoʻgʻi 3% ga yaqini qoʻshilishi 
kuzatiladi.


27 
Duragaylashning ikkinchi fazasi, ya‘ni organogenez bosqichiga erishish 
qiyin hisoblanadi. Embrionlardan har xil shakllar – diploidlar, tetraploidlar, 
aneuploidlar hosil boʻlishi mumkin, faqat tetraploidlar haqiqiy qoʻshilishi mahsuli 
(geterofuzionlar)boʻlib, boshqalari esa gomokariotik qoʻshilish (gomofuzionlar) 
yoki xromasomalarning ikki karra oshishi bir onalik oʻsimliklar prototlastlarining 
oʻzaro qoʻshilishi tufayli sodir boʻlishi mumkin. 
Somaklonal hujayralarini duragaylashda ota-ona juftlari protoplastlari bir-
biridan qimmatli belgi-xususiyatlariga ega boʻlishi lozim. Bundan tashqari, ota-ona 
juftlarining qimmatli genlari yuqori kombinatsion qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. 
Protoplastlarning qoʻshilishida yadro DNKsi (genom) plastidalarning 
(plastom) va mitoxondriyalar (xondriom) ning DNKsi qoʻshiladi. Bunda eng oddiy 
qoʻshilishda ota-ona xromasomalarining qoʻshilishi yuz bersa, ba‘zan genom 
xromasomalarining eliminasiyaga uchrashi yuz berishi mumkin. Bunday 
protoplastlarning assimetrik duragaylari oʻsimliklarning oʻzaro chatishmaslik 
holatlari yoki oʻzak shakllarni duragaylarini olib boʻlmagan hollarda (ularning 
oʻsimliklari chatishmaganda) yuz beradi. 
Shuni ta‘kidlash kerakki, somatik duragaylar hujayralarning faqat yadrosini 
emas, balki sitoplazmasining ham qoʻshilishidan hosil boʻladi. Plazmon esa 
xondriom bilan birga qoʻshiladi. Bunday duragaylarda koʻpincha erkak sterillik 
uchraydi va avlodlarda belgilar boʻyicha ajralish yuz berish hollari uchraydi. 
Kartoshka birinchi somatik duragaylari Melxers tomonidan olingan.
Keyinchalik, Shepard (Shepard va boshqalar 1983), Binding (Binding va 
boshqalar 1982) tomonidan ham bunday duragaylar olingan. 
Butenko va Kuchkolar tomonidan (19800 kartoshkaning Priyekulskiy ranniy 
navi bilan S. Chacoense (2n=24) turlarining duragaylari selektiv muhitda olingan. 
Bu duragaylarda geterozis holati aniqlangan. 
Kartoshkani somatik duragaylarining olinish usullarining, jumladan 
protoplastlarini olish ularning oʻzaro duragaylash usullarini ishlab chiqilishi, 
bunday duragay oʻsimliklarda genetik oʻzgarishlarga uchrashi ekin seleksiyasida 


28 
biotexnologik usullar yordamida dastlabki material yaratishning samarali usuli 
boʻlib xizmat qilishi mumkinligini isbotlaydi. 
Bunday usullardan foydalanish kartoshka seleksiyasida kerakli yoʻnalishlar 
boʻyicha katta imkoniyatlar ochib beradi. Ulardan samarali foydalanish esa 
seleksiya usullari ishlab chiqilgani bilan bogʻliq. 

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish