O‗zbekiston Respublikasidagi ―O‗ztemiryo‗lma‘shta‘mir‖ unitar korxonasi
O‗rta Osiyodagi yirik bo‗lgan mashinasozlik korxonalaridan biridir.
―O‗ztemiryo‗lma‘shta‘mir‖ UK ―O‗zbekiston temir yo‗llari‖ AJ tarkibida bo‗lib,
o‗z ish faoliyatida ―Toshkent teplovoz ta‘mirlash zavodi‖, ―Quyuv – mexanika
zavodi‖ va Andijon mexanika zavodlari bilan hamkorlik qiladi. Korxonada TE10
seriyadagi
magistral teplovozlari, TEM2 va CHME3 manevr teplovozlari
kapital
ta‘mirdan chiqariladi. Temir yo‗llarda yuk tashishni teplovozlardan
elektrovozlarga o‗tkazish
uchun elektrofikatsiyalash, qayta ta‘mirlash va
modernizatsiyalash borasida zavod VL80
C
va VL60
K
seriyasidagi elektrovozlarni
ta‘mirlashni boshladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 18 martdagi PQ-1074 sonli
―2009-2013 yillarda temir yo‗l sohasini modernizatsiya qilish dasturi‖ to‗g‗risidagi
qarorni bajarish bo‗yicha UzTE16M teplovozlarini modernizatsiya qilib, kapital
qayta ta‘mirlash ishlarini amalga oshira boshladi. Xitoy xalq respublikasidan yangi
elektrovozlar xarid qilindi. Toshkent-Samarqand yo‗nalishi bo‗yicha ―Afrosiyob‖
tezyuror pasajir elektr poezdi qatnovi amalga oshirildi.
―Afrosiyob‖ tezyuror pasajir elektr poezdining ishga tushirilishi unga texnik
xizmat ko‗rsatish mutaxassislardan temir yo‗l transportining elektr va elektron
uskunalaridan mukammal bilimlarga ega bo‗lishni talab etadi. Elektrovoz va elektr
poyezdlariga texnik xizmat ko‗rsatish, ularni ta‘mirlash texnologik jarayon asosida
bajariladi. Bunda joriy ta‘mirlash ishlari TP-3, TP-2, TP-1 va boshqa texnik xizmat
ko‗rsatish ishlari TO-1, TO-2, va TO-3, TO-4 namunaviy
dastur asosida amalga
oshirilishi kerak. ―Afrosiyob‖ tezyuror pasajir elektr poezdlarini harid
shartnomasiga ko‘ra Ispaniyaning ‗‗Talgo‘‘ kompaniyasi mutahasislari amalga
oshirmoqda. Namunaviy dastur quyidagilarni ko‗zda tutadi:
—
ta‘mirlash jarayonida ishdan chiqqan va
nosoz detallarni yangisiga
almashtirish yo‗li bilan;
—
ta‘mirlash jarayonida og‗ir ishlarni mexanizatsiyalash;
—
tarkibning uskunalarini ta‘mirlashni umumiy kompleks va maxsus ishlarni
bajaradigan brigadalar
yordamida amalga oshirish, nosoz detal va qismlarni
tayyorlash va maxsus sexlarda ularning holatini tiklash.
Ta‘mirlash dasturiga muvofiq elektrovoz va elektr poyezdlari- ni ta‘mirlashga
tayyorlash uchun maxsus ish joylari bo‗lishi kerak. Tarkibni ta‘mirlash ishlarini
tamomlash kompleks brigadalar tomonidan ertalabki
smena boshlanishiga
tayyorlab qo‗yiladi. Dasturda elektrovoz va elektr poyezdlari ta‘mirlangandan
so‗ng, ularning ishlash jarayonini tekshirib ko‗rish uchun maxsus vaqt ajratilgan.
Katta va maxsus sex ustalari tarkibni ta‘mirlash, umumiy va maxsus
brigadalarning boshliqlari tarkibni yig‗ish vaqtida, kuzovini ko‗tarishda va uni
ta‘mirlashdan so‗ng qayta o‗rniga o‗rnatishda, aravasini tarkib tagidan chiqarish va
uni qayta qo‗yishda, tishli g‗ildiraklarini o‗rnatishda
elektr apparatlarining
BMI.5310700.09.2018
9
Do'stlaringiz bilan baham: