Tikuv 1-123 (2013). P65


Mashinani ishlatish va asosiy rostlashlar



Download 28,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/142
Sana19.06.2023
Hajmi28,89 Mb.
#952326
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   142
Bog'liq
Олимов. Тик жихозлари (1)

Mashinani ishlatish va asosiy rostlashlar.
Mashina maxsus ish
stoli ustiga o‘rnatilgan bo‘lib, uning ðedali bor; o‘ngdagisi tortqi
yordamida richak (25) ka ulangan bo‘lib, bo‘rttirgich (9) ni bu-
rishga va teðkini tushirishga, chaðdagisi esa mashinaning friksion
yuritmasini ishga tushirishga xizmat qiladi. Ishni bajarish qulay
bo‘lishi uchun mashina ochiladigan stolcha (8) bilan ta’minlangan
bo‘lib, uni ishlash zonasidan chiqarib qo‘yish ham mumkin. Igna
ðlastinasi( 6) ga vint (10) yordamida yo‘naltirgich lineyka mahkam-
langan. U yordamida bukib tikish ishlari bajariladi. Igna ðlastinasi
102-rasm.
790 rusumli tikuv mashinasi.
1
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19 20
21 22
2 3
25
24
23
27
8
9
7 6
5
4
26


174
o‘yig‘iga to‘xtatgich (1) kirib turadi, u bo‘rttirgich tikuvchi tomon-
ga burilganda materialni surmasdan to‘xtatib turadi.
Igna (11) ni almashtirish uchun maxovik g‘ildirak (23) ni burib,
igna yuritgichni chað chekka holatga keltiriladi, vint (13) qisqa
ariqchasini yuqoriga qaratib igna (11) o‘rnatiladi.
Materialni bo‘rttirib chiqarilish balandligini dasta (27) ni burib
rostlanadi. Agar dasta soat mili harakati yo‘nalishida burilsa, mate-
rial ko‘ðroq bo‘rtib chiqadi, dasta (27) da bo‘rttirish balandligini
aniqroq o‘rnatish uchun darajalangan shkala bor.
Reyka (12) ning materialni qamrash miqdori 285 rusumli tikuv
mashinasidagidek rostlanadi.
Baxya yirikligini rostlashda tugmacha (22) ni bosib, maxovik
g‘ildirak (23) uning aylanish yo‘nalishi tomonga tugmacha (22)
ning sterjeni ðastga tushguncha aylantiriladi. Keyin maxovik g‘ildirak
(23) soat mili harakati yo‘nalishida to yana shiqillagan ovoz eshitil-
guncha aylantiriladi. Shiqillagan ovoz baxya yirikligi o‘zgarganligini
bildiradi. Shunday qilib, asosiy valning bir marta aylanishida
3 mm dan 7 mm gacha to‘rt xil baxya yirikligini hosil qilish
mumkin. Baxya yirikligi o‘rnatilgandan keyin tugmacha (22) qo‘yib
yuboriladi. U o‘z ðrujinasi ta’sirida ko‘tarilib chiqishi kerak.
Òeðkining materialga bosimi vint (3) yordamida rostlanadi,
bunda chaðdagi vint (3) o‘ng teðki bosimini o‘zgartirishga, o‘ng
tomondagi vint (3) esa chað teðkining bosimini o‘zgartirishga xizmat
qiladi. Vintlar burab kiritilsa, teðkining bosimi oshadi.
Òo‘xtatish ðlastinasi (7) ning bosimi vint (5) yordamida ðrujina
(1) ning bosimini o‘zgartirib rostlanadi. Vint (5) burab kiritilsa,
gayka (2) ðrujina (1) ni cho‘zadi va to‘xtatish ðlastinasi (7) ning
materialga bosimi oshadi.
Yo‘naltirgich-lineykaning bukib tikish jarayonini bajarishdagi
holatini vint (10) ni bo‘shatgandan keyin uni igna ðlastinasi (6)
ning ko‘ndalangiga surib rostlanadi.
Buyumning etagini bukib tikish uchun igna har teshib o‘tishida,
bir, ikki, uch gal teshib o‘tgandan keyin tikishni boshlash mumkin,
chunki bu mashinada maxsus interval mexanizmi bor. Òo‘rtta ðazli
bosh shit (26) da o‘ngdan chaðga tomon 0;1:1; 1:2; 1:3 bo‘linmalar
qilingan. 0 bo‘linmasi materialni igna har bir teshganda bo‘rtib
chiqishiga, 1:1 bo‘linmasi materialni igna bir gal teshgandan keyin
bo‘rtib chiqishiga va hokazoga mos keladi. Ko‘rsatkich tugmacha
(24) ni shit (26) ning navbatdagi ðaziga o‘tkazish uchun tugmacha
(24)ni bosib, shit (26) ning bo‘linmasiga moslab buriladi.
Detallarning tutashgan joylarini qo‘lda individual moylash bilan
ðilik yordamida moylash birga ishlatiladi. Mashina tanasining


175
keyingi tomonidagi ikkita joyidan tashqari hamma moylanadigan
joylari rasmda strelka bilan ko‘rsatilgan. Igna, chalishtirgich va
material surish mexanizmlari detallarining tutashmalari gayka (17)ni
bo‘shatgandan keyin qoðqoq (18)ni olib qo‘yib, moydon
yordamida qo‘lda moylanadi.

Download 28,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish