O’quv qo’llanma
188
qon tarkibiy qismlari yoki albuminga o‘xshash kalloid moddalar
qo‘yishdir. Aylanib yurgan qon hajmining birdan ortishini surunkali
anemiya, yurak va o‘pka kasalligi bor bemorlar ko‘tara
olmasligi
mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga xatto kichik hajmdagi qon
kamponentini ham tez yuborilsa qon – tomirlarida yuklama hisobiga
ko‘tara olmaydi. Transfuziyani to‘xtatib, bemorni o‘tqazish
va siydik
haydovchilar belgilash uni ahvolini yaxshilaydi. Agar gipervolemiya
belgilari o‘tib ketmasa u xolda bu plazmaferezga ko‘rsatma hisoblanadi.
Bemorlarning gipervolimik yuklamaga moyilligi aniqlangan xollarda
transfuziyani juda sekin, 1 ml /kg /soat tezlikda amalga oshirgan ma’qul.
Agar katta hajmda quyishga to‘g‘ri kelsa, u
xolda avval diuretik qilish
zarur.
13.1.7. Qon
tarkibiy
qismlarini
quyishda
transmissiv
infeksiyalarning o‘tish yo‘llari
.
Qon tarkibiy qismlarini quyganda eng ko‘p yuquvchi infeksiya bu
gepatitdir. Virusli “A” gepatitning yuqish ehtimoli juda kam, virusemiya
davri juda qisqa. Gepatit “B” va “C” ning yuqish extimoli yuqori, lekin
donorlarni HBsAg tashuvchanlikka, ALT miqdorini aniqlash va anti-HBs
antitanachalarga tekshirish imkoni mavjudligi tufayli yuqish extimolligini
kamaytirib turadi. Bundan tashqari donorlar bilan anketa savol – javoblari
ham xavfsizlik darajasini oshirmoqda. Virus inaktivatsiyasidan o‘tmagan
har bitta qon hujayrasi virus tashuvchi sifatida namoyon bo‘lish xavfi
mavjud. Virus tashuvchilikni aniqlashga qaratilgan ishonchli testlarning
yo‘qligi donorlarni doimiy ravishda yuqorida aytib o‘tilgan yo‘llar bilan
tekshirib turishni talab qiladi .Bundan tashqari plazma karantizatsiya usuli
ham kiritilgan. Sitomegalovirus infeksiya ko‘proq immunosupressiya
o‘tkazilgan
bemorlarda
–asosan
suyak
ko‘migi
ko‘chirib
o‘tkazilganlarda, sitostatik terapiya olganlarda ko‘proq uchramoqda.
Ma’lumki, hozirgi vaqtda sitomegalovirusni
tashib yuruvchisini aniq
ishonchli
tekshiruv
testlari
yo‘q.
Umumiy
populyasiyada
tashuvchilarning ulushi 6-12% ni tashkil qiladi. Virusni transfuziya yo‘li
bilan o‘tishi OIV da taxminan 2% holatni tashkil qiladi. Skrining
jarayonida virus antitanachalarini aniqlash hisobiga bu infeksiyaning
o‘tishi sezilarli darajada kamayadi. Bir vaqtning o‘zida
spetsifik
antitanachalar zararlanishidan keyin (6-12 xafta) hosil bo‘ladi.
Amaliyotda OIV infeksiyasi o‘tgandan keyin hech narsa qilib bo‘lmaydi.
Shuning uchun virusli infeksiyani transfuziya yo‘li bilan o‘tishi oldini
olish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kerak.
K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
189
- Qon va uning tarkibiy qismlarini faqat hayotiy ko‘rsatma asosida
quyish.
- Donorlarni umumiy laborator skriningi asosida saralash.
- Anketalar to‘ldirish virus yuqish xavfini kamaytiradi.
-Avtodonorlikning
keng
qo’llanilishi
plazmalarning
karantizatsiyasi, reinfuziyadan foydalanish ham yaxshi natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: