O„rta guruh. Kattalik.
Ikkinchi kichik guruhda bolalar har xil
poloskalardan biror belgi (uzunlik, kenglik) ni topishga o‗rgatilgan edi.
Mazkur bosqichda maktabgacha yoshdagi bolalar bir vaqtning o‗zida
uzunlikni, kenglikni topa olish va ularni taqqoslay olish malakasini
egallab olishlari kerak. Masalan, tarbiyachi hamma bolaga 9 xil rangli va
uzunligi har xil, ammo kengligi (eni) bir xil bo‗lgan lentalarni tarqatadi
va bolalarga tanish bo‗lgan usul (masalan, yonma- yon qo‗yish) bilan
qaysi lenta uzun, qaysi lenta qisqa (kalta) ekanini topish topshirig‗ini
beradi. So‗ngra uzun poloskani tanlash va uning uzunligi bo‗ylab
barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi. Tarbiyachi ―Poloskaning
kengligi qani?‖ – deb so‗raydi va o‗zi poloskaning eni bo‗ylab qo‗lini
yuritadi, keyin esa uning bo‗yi bo‗ylab qo‗lini yuritib chiqadi.
Bolalardan poloskaning uzunligi (bo‗yi) kattami yoki kengligi (eni)
kattami, deb so‗rash kerak, so‗ngra esa bo‗yicha katta, eni esa kichik
bo‗lishini tushuntirib berish kerak. Eng qisqa poloskani qarash bilan
100
ham tarbiyachi bolalarni yuqoridagiga o‗xshash xulosaga olib keladi.
Mashg‗ulotning oxirida bolalarga poloskalarning eni bo‗yicha
taqqoslashni taklif qilish mumkin. Bolalar bir poloskani ikkinchi
poloska ustiga qo‗yib, ular uzunliklari bo‗yicha har xil bo‗lsa ham,
ammo enlari (kengliklari) bo‗yicha teng ekanliklariga ishonch hosil
qiladilar.
O‗rta guruhda bolalarni buyumlar orasidagi uzunlik, kenglik,
balandlik bo‗yicha arzimas kichik farqlarni ilg‗ab olishga, har xil
kattalikdagi 2 tadan ko‗p buyumlarni taqqoslay olishga o‗rgatish
kerak.
Chunonchi, bolalarga har xil uzunlikdagi 2 ta lentani taqqoslash taklif
qilinadi, so‗ngra taqqoslanayotgan lentalardan uzunroq uchinchi lenta
qo‗shiladi. Bolalar uzun lenta yanada uzunroq lenta bilan taqqoslaganda
qisqa bo‗lib qolishini ko‗radilar. Har bir buyum (lenta) jufti boshqa
buyumlar bilan taqqoslanadi. Masalan, qizil lenta ko‗k lentadan uzun,
ammo sariq lentadan qisqa. Shunday qilib, bolada asta –sekin
buyumlarning o‗lchamlari nisbiy harakterga ega degan tasavvur hosil
bo‗ladi; bir obektning o‗zi, qanday buyum bilan taqqoslanayotganiga
qarab, goh katta, goh kichik bo‗ladi.
Bolalarni namunaga qarab, buyumlarni ularning uzunliklari,
kengliklari, balandliklari o‗sib borish (kamayib borish) tartibida, qator
qilib qo‗yishga o‗rgatish kerak. Bunda qiyinchilik shundan iborat
bo‗ladiki, bolalar kattaliklari va ranglari bilan farq qiluvchi buyumni
taqqoslaydilar, shuningdek, o‗lchamlari bo‗yicha kontrastlari kam
bo‗lgan uch –to‗rtta buyumlarning kattalkilarini sifatlarini qiyosiy
darajalarini qo‗llab, aniqlaydilar.
Mashg‗ulotlarda
asosiy
e‘tibor
bolalarda
buyumlarning
uzunliklarini ajratish va ko‗rsatish, buyumlarning uzunlik bo‗yicha
tengligi yoki tengmasligini aniqlash, shu asosda ular kattaliklarining
aniq ta‘rifini bera olish malakalarining shakllanishiga qaratiladi.
Masalan, tarbiyachi to‗rtta bolani chaqiradi va ularga ikkitadan bo‗lib
sakragichni olishni va uni uzunligi bo‗yicha tuzib turishni taklif qiladi.
Bolalarga murojaat qilib, tarbiyachi so‗raydi: ―Bu sakrag‗ichlarning
uzunliklari haqida nima deyish mumkin? ―Savolning bunday qo‗yilishi
bolalarga har xil javob berish imkonini berdi, boshqacha aytganda, ular
har qaysi sakrag‗ichning nisbiy kattaligini aytishlari mumkin, yoki
sakrag‗ichlar kattaliklari bo‗yicha har xil deyishlari ham mumkin edi.
Bolalar javobning birinchi variatini afzal ko‗rishdi. ―Bolalar, to‗g‗ri
aytdingiz, sakrag‗ichlar uzun va kalta‖, - deydi tarbiyachi.
-
―Nega biz ularni shunday ataymiz?‖
101
-
―Chunki ular kattaliklari bo‗yicha har xil‖. (Sevgi).
-
―Chunki ularning uzunliklari har xil‖, - deb aniqlashtiradi Karima.
Tarbiyachi Karimaning javobini ma‘qullab, boshqa bolalarni
chaqiradi va ularga har qaysi sakrag‗ichning uzunligini kattalikni aytish
bilan ko‗rsatishni talab qiladi. Bunda tarbiyachi bunday savollarni
beradi: ―Kim kalta (uzun) sakrag‗ichni ushlab turibdi?‖, ―Zohida bilan
Mastura, Ilhom bilan Azamat qaday sakrag‗ichni ushlab turishibdi?‖.
Qizcha bir sakragich ikkinchi sakragichdan qancha uzunligini ko‗rsatadi.
Sakragichlar uzunliklari orasidagi farqni hamma bolalardan qo‗lni ochib
ko‗rsatish talab qilinadi.
Bolalar
masofa
bo‗yicha
taqqoslash
usulini
shunday
o‗zlashtiradilar.
Bolalarni kam kontrastli buyumlarning kattaliklarini farqlash va
qiyosiy sifatlarini ishlatish bo‗yicha mashq qildirish uchun ularga har xil
uzunlikdagi brusokdan yoki poloskalardan zina tuzishni taklif qilish
mumkin. Bundan oldin ―zina‖ pog‗onalarini, uzunliklarini ko‗rsatib,
ikkitalab taqqoslashni, so‗ngra esa butun pog‗onani o‗sib borish tartibida
ham, kamayib borish tartibida ham taqqoslashni taklif qilish maqsadga
muvofiq.
Buyumlarning ayrim masofalarini differensiallashda va ular
orasidagi o‗lchov munosabatlarini o‗rnatishda yetakchi o‗rinni
o‗lchashga ajratilishi yuqorida aytilgan edi. Ammo o‗lchash faoliyati
ham boshqa har qanday foaliyatlar kabi maxsus malakalar
egallangandagina samarali bo‗ladi. Bu malakalar ham doim ular
takrorlab turilgandagina, o‗lchash ko‗nikmalariga shakllanadi. Kattalar
tomonidan maqsadga muvofiq boshqarilib turilgandagina o‗lchash
malakalarini egallash (o‗zlashtirish mumkin bo‗ladi. Ish tajribasi shuni
ko‗rsatmoqdaki, o‗lchash malakalarini egallash besh yoshga qadam
qo‗ygan bolalarda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki bu
harakatlar katta aniqlikni, o‗lchovni surishda qo‗l harakatlarining
muvofiqlashtirilganini, sanoq va o‗lchashni birga qo‗shib borishni talab
qiladi. Shu bilan birga, A.M.Leushinaning tekshirishlari ko‗rsatishicha,
bolalar hayotining beshinchi yoshida sanoqning asosiy qoidalarinigina
egallab ola boshlaydilar.
Bir vaqtning o‗zida sanoq va o‗lchash malakalarini (ularning asl
ma‘nosida) o‗zlashtirib olish bolalar uchun qiyinchilik qiladi. Shu
sababli
o‗rta guruhda o‗lchashlarni ―modellashtirish‖, ya‘ni
o‗lchanayotgan masofani unga joylashgan o‗lchov miqdori bilan
taqqoslashdan foydalanish maqsadga muvofiq. Misol keltiramiz.
102
Bolalarning stollarida har xil uzunlik va har xil rangdagi poloskalar
qo‗yilgan. Tarbiyachining ―Kattaliklari bo‗yicha bular qanday
poloskalar?‖ – degan savoliga bolalar bunday javob berishadi.
―Uzunliklar bo‗yicha har xil poloskalar‖, ―Biri uzun, biri kalta
poloskalar‖ va h.k.
Tarbiyachining ―Bolalar, Siz nima deysiz, har qaysi poloskaning
uzunligini bilish uchun nima qilish kerak?‖ – degan savoliga bolalar
bunday javob berishadi: ―Ularni qarash kerak‖. ―Ularni taqqoslash
kerak‖. Tarbiyachi qarash ham mumkin, o‗lchash ham mumkin, ammo
eng yaxshisi o‗lchash kerakligini aytadi. Shunda biz har qaysi
poloskaning uzunligini aniq bilamiz. Mana bu o‗lchov bilan
o‗lchaymiz. Tarbiyachi bolalarga o‗lchovni ko‗rsatadi, ularni o‗lchovni
ko‗rishga taklif qiladi. Qanday o‗lchash kerakligini tushuntiradi:
―O‗lchovni men poloskaning chapdan eng chekkasiga qo‗yaman.
Birinchi o‗lchov yoniga yana bitta o‗lchovni qo‗yaman. Boshqa o‗lchov
sig‗maydi‖. Bolalar katta poloskaning uzunligi ikkita o‗lchovga
tengligini shunday tushunib oladilar. Shundan keyin ularga stollarida
yotgan ikkinchi kesmani o‗lchash taklif qilinadi. Bolalar har xil, ammo
ko‗pincha eng uzun poloskalarni o‗lchashadi. Shundan keyin tarbiyachi
ular qanday poloskalarning o‗lchaganliklarini, unga o‗lchov necha marta
joylashganini oydinlashtirib oladi. Bolalarning javoblarini tinglab,
umumlashtiradi:
―Ko‗rayapsizmi,
hammangizning
poloskacha-
laringizning uzunligi har xil, poloskalaringizga o‗lchov 4 marta ham, 3
marta ham, 2 marta ham joylashgan‖. Bolalar uchun va qisqa
poloskaning uzunliklarini o‗lchashadi, uchun va qisqa poloskalarning
uzunliklari nechtadan o‗lchamga tengligini gapirib beradilar, qaysi
poloskaga o‗lchov ko‗p, qaysi poloskaga kam joylashganini, nega
shundayligini aniqlaydilar. Bolalarning javoblari: ―Chunki uzun poloska
kalta poloskadan uzunroq‖ (Munira), ―Chunki kalta poloskaning
uzunligi kichik, uzun poloskaning uzunligi katta‖ (Lola). Javoblar
bolalarning taqqoslanayotgan buyumlar orasidagi munosabatlarni
tushunishlari, bu munosabatlarni so‗zlar bilan so‗zlar bilan aniqlay
olishlaridan guvohlik beradi.
Ammo bolalar nega bir poloska ikkinchi poloskadan uchun ekanini
ko‗ra olishlari uchun bunday ishni doska oldida flanelegrafda bajarish
bilan chegaralanish kerak. (birinchi poloskaga 4 ta, ikkinchisiga esa
faqat 2 ta bir xil o‗lchov qo‗yiladi).
Shunday qilib, ikkinchi kichik va o‗rta guruhlarning asosiy
vazifalari
bolalarda
buyumlarning
uzunliklari,
kengliklari
va
103
balandliklari (qalinliklari) ga nisbatan masofa turlari haqidagi
tasavvurlarni shakllantirish va shu asosda:
a) o‗lchovlari kontrast bo‗lgan ikkita buyumni taqqoslashda;
b) bittasi namuna vazifasini bajaradigan usta buyumni
taqqoslashda;
с) bolalar tomonidan seriasion qatorga tartibga solib qo‗yiladigan
o‗lchovlari bo‗yicha ko‗proq kontrast bo‗lgan to‗rt – besh va undan ortiq
buyumlarni taqqoslashda buyumlarning kattaliklarini farqlash va ularni
so‗zlash bilan aniqlash malakalarini rivojlantirishdan iborat.
Bunda bolalar bir vaqtning o‗zida o‗zaro teskari munosabatlarni
o‗rnatish bilan buyumlar kattaliklarining kamayish va o‗sish
darajalarining qiyosiy bahosi (uzunroq – kaltaroq) ni ham, ular
kattaliklarining nisbiy bahosini ham (uzun – qisqa) o‗zlashtirib oladilar.
Bu bilimlarni o‗zlashtirish hajmli buyumlarning uch o‗lchovli ekanligi
haqidagi tasavvurlarni bundan keyin rivojlantirish uchun asos bo‗ladi.
Masofalarning har xil turlari bilan tanishtirishni asta –sekin amalga
oshirish kerak. Chunonchi, eng oldin bolalarni yassi buyumlarda
uzunlikni aniqlashga, buyumlarning uzunliklari bo‗yicha taqqoslashga
va ularning kattaliklariga oid ta‘riflar berishga o‗rgatish maqsadga
muvofiq.
So‗ngra
buyumlarning
kengligi
bo‗yicha,
ularning
kattaliklarini aniqlab, taqqoslash kerak. Shundan keyin bolalar
buyumlarda balandlikni, nihoyat, qalinlik (yo‗g‗onlik) ni ajratish
malakasini egallaydilar:
buyumlarning o‗lchamlari haqidagi tasavvurlarning xususiyatlari:
uch o‗lchovli differensiyalash, buyumlarning o‗lchovlari bo‗yicha,
tranzitivlik (to‗ppa – to‗g‗ri) munosabatlarini o‗rnatish;
bolalarning uzunlik va hajmni o‗lchash usullari va o‗lchovlar
haqidagi bilimlaining o‗ziga xosligi;
bolalar o‗lchash harakatlarining xususiyatlari;
har xil yoshdagi guruh bolalarini buyumlarning o‗lchami va
kattalik bilan tanishtirish masalasi;
maktabgacha tarbiya yoshidagi har xil yoshdagi guruhlarda
buyumlarning o‗lchami bilan tanishtirish (mashg‗ulotlardan
qismlar ko‗rsatish);
bolalarni kattalikni o‗lchashga o‗rgatish;
har xil yoshdagi guruhlarda bolalarni buyumlarning o‗lchamlari
bilan tanishtirish uchun didaktik o‗yinlardan foydalanish;
bolalar bog‗chasida mashg‗ulotlar o‗tkazish uchun material
tanlashga qo‗yiladigan talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |