3.2. Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda ichki va tashqi cheklovlar.
Bozor qonunlari asosida rivojlanayotgan va davlat aralashuvi yuqori bo'lgan
mamlakatlarning barchasida davlat erkin xalqaro ayirboshlash yo'liga ma‘lum
to‗siqlar qo‗yadi va bunday holat milliy manfaatlarni himoya qilish zarurligi
bilan tushuntiriladi. Bularga mamlakat iste‘mol bozorlarini himoyalash, ichki
bandlikni
osliirish,
yangi
tarmoqlami rivojlantirish va hokazolar kiradi.
Iqtisodiy raqobatga bardosh bo'lgan davlatlar ham, bunday raqobatga
chidamsiz davlatlar ham litsenziyalash va kvotalami o'rnatish, bojxona bojlari va
tariflarni
kiritish, mahsulot sifati va uning xavfsizligini
ta‘minlovchi stand artlarni o'rnatish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga ta‘sir
26
etuvchi boshqa
bir
qator
vositalardan
keng
foydalanadilar,
shu
orqali o‗z tashqi iqtisodiy siyosatlarini yurgizadilar.
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatning tashqi iqtisodiy
faoliyati kundalik va strategik maqsadlarga muvofiq uning tashqi iqtisodiy
siyosatiga asoslangan.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati deganda, boshqa mamlakatlar bilan
iktisodiy aloqalarni
rivojlantirish
va
tartibga solishga
qaratilgan faoliyat
tushuniladi.
Hozirda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish siyosatida
ikki yo'nalishi bor:
1)erkinlashtirish;
2) proteksionizm.
Ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoyalashga qaratilgan iqtisodiy siyosat
proteksionizm deyiladi.
Erkinlashtirish -davlatning tashqi savdoda iqtisodiy va ma‘muriy to‗siqlarni
kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatidir.
Erkinlashtirish va proteksionizm siyosati dunyodagi har qanday davlat
uchun xos. Hozirgi paytda tashqi savdoni erkinlashtirishga moyillik kuzatilayapti.
Bu jarayon uch xil ko‗rinishda amalga oshirilayapti:
- alohida mamlakatlar o'rtasidagi o‗zaro savdoda;
yagona bojxona ittifoqiga kiruvchi alohida davlatlar o'rtasida;
tariflar va savdolar Bosh bitimi (GATT). Savdo va rivojlanish bo'yicha BMTning
konferensiyalari (YuNKTAD), BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EIK)
doirasida ko‗p tomonlama kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy siyosat bu milliy joriy va strategic maqsadlarga muvofiq
tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat idoralari tomonidan amalga
oshiriladigan chora tadbirlar yig‗indisidir.
Tashqi iqtisodiy siyosatning makon jihati jahon va mamlakat iqtisodiyotiga
ta‘sir ko'rsatishning asosiy yoiialishlari bo'yicha davlatning harakatlarini
belgilaydi. Ushbu belgiga binoan davlatning tashqi iqtisodiy siyosati tarkibiga
tashqi savdo siyosati, tashqi investitsiya siyosati, valuta siyosati, bojxona siyosati
kiradi
Davlatning tashqi savdo siyosati xalqaro darajada tovarlar, ishlar, xizmatlar,
axborotlar, intellektual faohyat natijalari bilan amalga oshiriladigan ayirboshlashni
qamrab oladi va eksport va import siyosat lari birgalikda tashqi savdo
siyosatini tashkil etadi.
Tashqi savdo bo‗yicha davlatning eksport siyosati deganda mamlakatning
raqobatbardosh tovarlar, xizmatlar va intellektual mulkni jahon bozorida sotishga
27
va ushbu tovarlami ishlab chiqarishni rag‗batlantirishga yonaltirilgan chora-
tadbirlar tushuniladi.
Eksport qiluvchi korxonalarni rag‗batlantirishda davlatbyurtmalari.
budjetdan moliyalash, imtiyozli kreditlar berish.
Tashqi savdo bo‗yicha davlatning import siyosati deganda mamlakatga
xarijdan tovarlar,ishlar, xizmatlar va intellektual mulklarni kelinishini tartibga
solishga
yo'naitirilgan
choratadbirlar tushuniladi.
Bunday tartibga
solishning vositasi sifatida respublika iqtisodiyotini himoya qilish maqsadida
importni to'g'ridan
to'g'ri
cheklash hisoblanadi.
Bunda
litsenziyalash
va kontingentlash, importga oid antidemping va kompensatsiya bojlari, eng kam
import narxlari tizimi va hokazolar qo'llaniladi.
Tashqi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarini mamlakat hududiga jalb
etish va ulardan foydalanish hamda milliy investitsiyalarini xorijga olib chiqishni
tartibga solishga doir chora-tadbirlar majmuidan iborat.
Valuta siyosati davlat va xalqaro valuta moliya tashkilotlari tamonidan
amalga oshiriladigaa valuta munosabatlari sohasidagi iqtisodiy choralar hamda
tashkiliy shakl va usullar yig'indisini tashkil etadi.
Valuta siyosati davlatning valuta mablag'laridan maqsadli foydalanish bo'lib.
valuta mablagiarini shakllantirish va ishlatishining asosiy yo'nalishlarini hamda
bunday mablag‗lardan samarali foydalanishga yo'natirilgan chora-tadbiriami
ishlab chiqishni o‗z ichiga oladi.
Valuta siyosatining amal qilish sohasi bo'lib valuta bozori, qimmatbaho
metallar va toshlar bozori hisoblanadi.Davlatning valuta siyosati diskont va deviz
siyosatlariga bo'linib, moliya tizimining bir maromli faoliyatini va mamlakat to'lov
balansi muvozanatini ta‘minlash kabi vazifalarni qamrab oladi.
Diskont siyosati investitsiyalar harakatlarini tartibga solish va to‗lov
majburiyatlarini muvozanatlashtirish, valuta kursini taxminiy tuzatish uchun
foizning hisob stavkasidan foydalanish bo'yicha chora-tadbirlar tizimini o'z ichiga
oladi.Ushbu siyosat pul talabi holatiga, narx dinamikasi va darajasiga, pul massasi
hajmiga, qisqa muddatli investitsiyalar migratsiyasiga ta'sir ko'rsatishda namoyon
bo'ladi.
Deviz siyosati valuta intervensiyasi va valuta cheklashlar yordamida valutani
xarid qilish va sotish bilan valuta kursini tartibga solish tizimi hisoblanadi.
Valuta intervensiyasi
Markaziy bankning xorijiy valutaning oldi sotdisi bo'yicha maqsadli
operatsiyalari bo'lib, u milliy valuta kursi dinamiksini uni oshirish yoki
pasaytirishning muayyan chegaralari bilan cheklash maqsadini ko'zlaydi. Valuta
cheklashlari milliy va xorijiy valuta, oltin va hokazolarga doir operatsiyalarni
tartibga soladigan iqtisodiy, xuquqiy, tashkiliy chora-tadbirlar majmuyidan iborat.
28
Ishchi kuchining tashqi migratsiya siyosati ishchi kuchi eksporti siyosati va
ishclii kuchi impoiti siyosatlariga bo'linadi.
Ishchi
kuchi
eksporti
siyosati deganda
bir
mamlakat hududidan ikkinchi bir mamlakatga ishchi kuchining ko'chishi uchun
qulay sharoit yaratish yoki taqiqlash borasidagi davlat tomonidan amalga
oshiriladigan choratadbirlar yig'indisi tushuniladi. Ishchi kuchini eksport qilish
natijasida mamlakatda ishsizlik darajasini kamaytirish va mamlakatga qo'shimcha
valuta
daromadlarini
paydo
qilish
imkoniyati
yuzaga
keladi.
Ishchi kuchi import siyosati, deganda mamlakatga xorijda ishchi kuchining kirib
kelishi uchun qulay sharoit yaratish yoki to'siqlar qo'yish borasidagi davlat
tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig'indisi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |