Pekinda
tinchlik shartnomasi
imzolangan. Shartnomaga ko'ra, Qo'qon
Sharqiy Turkistonda boshqaruv tizimi, boj va savdo masalalarini
hal qilish huquqlarini qo'lga kiritgan.
Sharqiy Turkistonda Xitoy imperiyasi istibdodiga qarshi ku-
rashgan xalqlardan biri dunganlar edi. Ular XIX asrning 60-
yillarida Xitoydagi taypinlar qo'zg'olonidan foydalanib, o'zlari
yashayotgan, Xitoyning shimoli-sharqiy provintsiya (viloyat)lari
She'nsi va Gan'suda qo'zg'olon ko'targanlar. Qo'zg'olon
natijasida Sharqiy Turkistonda Xitoy hokimiyati ag'darilgan.
Taypin qo'zg'oloni bostirilganidan so'nggina general Tszo
Tszutan boshchiligidagi jazo otryadi dunganlar qo'zg'olonini
bostirgan. Qo'zg'olonchilaming bir qismi Rossiya hududiga, bir
qismi esa Madajin boshchiligida Farg'ona vodiysiga ko'chishni
boshlagan. Ulaming umumiy soni 6 ming kishini tashkil etgan.
- 57-
Savdo m unosabatlari. Qo'qon xonligi va Xitoy o'rtasidagi
Sharqiy Turkiston uchun kurashning asosiy sababi hududga egalik
qilish bilan bog'liq. Bu hudud Xitoydan G'arbga borish uchun
asosiy savdo yo'lida joylashgan. Sharqiy Turkistonni Tyan-Shan
tog'i ikki tabiiy geografik zonaga bo'lib turgan. Shimoliy qismi
Jung'oriya bo'Isa, Janubiy qismi Yettisuv, Qoshg'ar deb atalgan.
Qoshg'aming shaharlaridagi bozorlar gavjum bo'lib, ular turli
tomondan savdo yo'llari bilan tutashgan. Bu yerga sharqdan xi-
toylik savdogarlar, shimoldan Rossiyadan kelgan tatar savdogar-
lari va g'arbdan Qo'qon, Buxoro savdogarlari o 'z mahsulotlarini
olib kelib sotgan.
Qo'qondan Sharqiy Turkistonga boradigan uchta asosiy yo'l
mavjud edi. Birinchisi, Tyan-Shan va Oloy tog'laridan Terek
dovoni orqali o'tuvchi eng qulay hamda qisqa yo'l. Ikkinchisi,
Toshkent, Turkiston va Qulja orqali o'tuvchi xavfsiz, lekin uzoq
yo'l. Uchinchisi, Pomir va Badaxshon orqali o'tuvchi xavfli do-
von bo'lib, karvonlar nisbatan kam qatnagan. Sharqiy Turkiston
dagi savdodan Qo'qon xonligi xazinasiga juda katta miqdorda da-
romad tushar edi. Xitoy manbalariga ko'ra, XVIII asr oxirlarida
xonlikka savdodan tushadigan daromad 60-70 ming tillani tashkil
etgan.
Ch. Valixonovning ma'lumotiga ko'ra, Qoshg'arda savdo-
garlarning umumiy soni va ahamiyati jihatdan birinchi o'rinda
qo'qonliklar, keyin buxoroliklar turgan va xitoyliklar ularni
“andtszidjon” (andijonliklar) nomi bilan ataganlar. 1832-yili tuzil-
gan shartnomaga ko'ra, Qoshg'ami rezident va konsul huquqiga
ega bo'lgan oqsoqol boshqargan.
Oqsoqol
Qo'qon xoni tomoni
dan tayinlangan va uning xazinasiga 500 kumush yombi jo'natib
turgan. Ushbu oqsoqol huzurida qozi, imom va qo'rboshilar bilan
birga “xon dalloli” deb ataluvchi mansabdor bo'lgan. Bu man-
sabdor muxojir savdogar bilan bo'ladigan savdo-sotiq ishlarida
dallollik qilgani uchun, agarda, bu savdo yombi bilan bo'lsa, har
yombidan 3 tilla, agar oltin bilan bo'lsa, o'ndan bir ulushini olgan.
Qoshg'ardan chiqib ketayotgan karvondagi har bir ulovdan 2
tangadan boj olingan. Dallollar xazinaga yiliga 3600 kumush pul
to'lab turganlar. Buning evaziga oqsoqol qo'rboshilar yordamida
savdogarlarni yo'l qaroqchilaridan himoya qilgan.
- 58-
Sharqiy Turkistonning Buxoro, Xiva, Hindiston, Afg'onis
ton, Rossiya kabi davlatlar bilan tashqi savdosi Qo'qon orqali olib
borilgan. Qo'qondan Qoshg'arga, asosan, rus temiri, qizil charm,
mato, movut, Rigada ishlangan duxobalar, oynalar, qalampirmun-
choq, novshadil, simob, bo'yoqlar, oltin olib borilgan. Qoshg'ar-
dan Qo'qonga esa, asosan, gilam, nashatil, choy va kigiz keltiril
gan. Qoshg'ardan Qo'qonga har yili 30000 otda choy, 200 otda oq
rangli mato, 50 otda attorlik buyumlari keltirilgan.
Qo'qon va Qoshg'ar o'rtasidagi savdo aloqalari, albatta, si
yosiy voqealarga bog'liq bo'lgan. Ayniqsa, 1826-1832-yillardagi
urush vaqtida savdoda pasayish kuzatilgan bo'lsa, 1832-yilgi
tinchlik shartnomasidan so'ng katta o'sish yuz bergan.
Qo'qon va Sharqiy Turkistonning diplomatik va savdo alo
qalari o 'z navbatida asrlar davomida shakllangan madaniy aloqa-
laming rivojlanishiga ta'sir ko'rsatgan. Sharqiy Turkistonda O'rta
Osiyo xalqlarining ta'sirini sezish bilan birga Qo'qonda ham
qoshg'arliklar madaniyati namunalari o 'z o'm iga ega bo'lgan.
Me'morchilikda, tikuvchilikda “qoshg'archa” nomli usullar paydo
bo'lgan. Xo'jalik yuritish, ayniqsa, oziq-ovqat masalasida Sharqiy
Turkiston xalqlarining milliy taomlari muhim o'rin egallay
boshlagan.
Tayanch iboralar: Qo'qon xonligining Sharqiy Turkiston
dagi siyosati, Madalixonning Qoshg'arga yurishi, ko'chish, Pekin
tinchlik shartnomasi, savdo munosabatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |