25-rasm. Mao uslubidagi kostyum
2.2.2 Dizaynda uslublash
“U slu b ” tushuncha bilan “uslublash” tushunchasi cham barchas
b o g ‘liq. Yangi san ’at asarlari yaratilganda uslublash badiiy usul
sifatida q o ‘llanadi,
Uslublash -
m a ’Ium uslubning siy m o si va
91
formal belgilarini yangi, unga monand emas badiiy kontekstda
g‘arazli maqsad bilan qo‘llash.
Bu usul timsol bilan erkin foydalanishni, transformatsiya
etishni ko‘zda tutadi, asos qilib olingan uslub bilan aloqani
uzmasdan. Bu holda ijodiy manba doimo tanish bo‘ladi. Badiiy
vosita sifatida uslublash klassitsizmda, neoklassitsizmda va b.
qo'llangan.
Zamonaviy dizaynda ommabop iste’molchiga m oijallangan
mahsulot ishlab chiqarishda bu usul o ‘z ahamiyatini saqlab qolgan,
ayniqsa, kommersiyachilik dizaynida (“korporativ” dizaynda),
Uslublashni quyidagi 3 usulda amalga oshirish mumkin:
- birinchidan buyumni loyihalashda muayyan uslub xossa-
larini ongli qo'llash (bu m a’noda ko‘pincha “stayling” tushunchasi
qo‘llanadi);
- ikkinchidan - madaniy namunani ko'rinarli xossalarini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyihalayotgan buyumga ko‘chirmoq, ko‘pincha
bezakda;
- uchinchidan - tabiiy shakllar yoki muayyan buyumlarga
taqlid etib, shartli dekorativ shakl yaratish.
Uslublash usulida ajoyib kolleksiyalarini Iv Sen-Loran 1960-
1980-yy. (“Afrikanka”, “Rus balet-operalari”, “Xitoy ayoli”, “Ispan
ayoli”, “Pikasso xotirasiga” va b.) yaratgan.
Modaga nisbatan uslub-og'ishmasi ijtimoiy fenomen. K.Sha-
nel aytishi bo‘yicha: “Moda o‘zgaradi, haqiqiy uslub esa - hech
qachon”.
Dizaynerlar, moda jumallari, televidenie va Internet tavsiya
etgan ko‘p uslublar orasida zamonaviy kostyum dizaynida asosiy
yo‘nalishni aniqlash mumkin.
Bu yo‘nalishlardan biri - modani demokratizatsiyalanishi,
o‘ziga xos “modani hukmdorligidan ozod bo‘lish”, barchaga
majburiy yagona modali namunani yo‘qligi, turli m o‘ljal kiyimlarni
farqlanmasligi, “yaxshi did” qonunlarni, turli buyumlaming birik-
malarini, ranglar va materiallami qo‘llash qoidalarining muqarrar
emasligi.
Ikkinchi yo‘nalishi - buyum muhitini industrializatsiyalanishi,
har bir insonga o 4z fikrini erkin ifodalashga sharoit yaratish.
92
Jamoani oldida turgan muammolami yechishda ko‘mak be-
rishda dizaynning insonparvar roii kuchaymoqda, chunki u turmush
tarzini shakllanishiga insonning talablar tarkibini aniqlashga ta’sir
etishi mumkin, jamiyatda ekologik qiymatni tasdiqlashga imkon
tug‘diridi.
Hozirgi bosqichning asosiy vazifaiaridan biri - mamlakat
ko‘lamida milliy dizaynni tashkil etish, chunki milliy o‘xshashlik
imidji hozir xalqaro bozorda dizaynning muvaffaqiyatiga erishish
garovidir.
Mintaqaviy dizaynning vazifasi - mintaqani tabiiy sharoitiga
va iqlimiga mos kostyum yaratish, an’anaviy shakllarning usullarini
va materiallarga munosabatlarni tiklash.
Kostyum an’anaviy turmush tarzining juda muhim elementi,
unda har bir etnosning dunyoqarashi aks etgan, shuning uchun
dizaynerlar yangi tarzda an’ana va insonni turmush tarziga mos
milliy siymolami tiklashga intiladi. 0 ‘zbekistonda hunarmandchilik
an’analari xalq kosibkorligida saqlanib qolgan (kulolchilikda,
to ‘qimachilikda, zargarlikda va b.).
1970 yillardan boshlab kostyum dizaynerlari kolleksiyalarida
nafaqat “milliy ruhni” etnografik m a’noda namoyon etish, balki
modada “baynal-minal uslub” kontekstida, ya’ni millatdan qat’i
nazar barcha insonlarga mos yo'nalishlar qadrlanadigan bo‘ldi.
Masalan, Angliyada tahsil olgan, Italiyada ishlayotgan turk dizay-
neri R.Ozbekni har xil sharoitga mo‘ljallangan kolleksiyalarida
etnik ruhiyat ijodiy manba bo‘lgan. Yapon dizaynerlarining kollek
siyalarida bunday muvaffaqiyat aynan kiyimga, shakiga, material va
naqshga sharqona munosabati bildirilgan va Yevropa an’anasi,
konstruksiyasi bilan birga uyg‘un qo‘shilganda va shu asosda
qoMlanilgan mutlaqo yangi kiyim yaratilganda namoyon bo‘ldi.
0 ‘zbekiston dizaynerlari o ‘z ijodida an’anaviy matolarni (xon-
atlas, shoyi, beqasam va adrasni), bezak, aksessuarlar va taqin-
choqlami keng qo‘llashadi. Ular milliy kiyimlarga yangi hayot
berishadi va milliy matolardan zamonaviy liboslarni taqdim etishadi
(26-rasm).
93
Do'stlaringiz bilan baham: |