badanda, kafanda, bayt ul xazanda, anda, banda so’zlarini keltiradi. Bu qofiyalar
nihoyatda sodda, tabiiy, ohangdorligi bilan g’azalga o’zgacha ruh berib turibdi.
Ularning asosiy qismi ot so’z turkumi bilan ifodalangan. «Qanda» so’roq olmoshi,
«anda» o’rin ravishi va «banda» otlashgan sifatdir. Qofiyaning xilma-xil so’z
turkumlari orqali ifodalanishi ham g’azalga o’ziga xos rah va ohang bag’ishlagan.
Bu jihatdan «Наг zamon» g’azali ham diqqatga sazovor.
Atoiy g’azallarining tili sodda, ravon, yengil. «Qon bo’ldi ko’ngil...», «U1
sanamki...», «Ko’ngil olding...» kabi g’azallari bunga misol bo’la oladi. Atoiy
g’azallarida inson ko’nglining nozik nuqtalari, ehtirosli kechinmalari ko’proq aks
etgan. Ularda oshiq va ma'shuqa orasidagi munosabatlar, ko’proq ko’ngildagi
kechinmalar badiiy ifadasini topgan.
«Hosili umrum...» g’azali ham shu turkumga mansub bo’lib, muallif g’azalni yor
bilan ko’rishmoq istagida ekani, ammo bu istakka erishish dushvorligini ifoda etish
bilan boshlaydi:
Hosili umrum tugandi hasrat-u qayg’u bila, Ro’baro’ o’lturmadim ul ko’zlari jodu
bila.
Oshiq umrining qayg’u-hasratda o’tayotgani keyingi misrada izohlangan, ya'ni
oshiqqa «U1 ko’zlari jodu bilan» ro’baro’ o’ltirish baxti nasib etmagan. Ammo yor
go’zalligi nisbatsiz, uni olamdagi boshqa hodisalarga qiyoslash qiyin:
Men nechuk tashbih etay ul yuzni oy-u kungakim, Nisbati yo’qtur tajalli yuzining
ko’zgu bila.
Ana shunday go’zallik sohibining qomati sarvga o’xshaydi. Mumtoz
adabiyotimizda sarv, shamshod, sanobar daraxtlari go’zal qomatga nisbat beriladi.
Shoir oshiqning ayriliq tufayli ko’zlaridan oqqan yoshni sarv oqar suvning yonida
bo’lsa, yanada go’zalroq ko’rinadi, deb izohlaydi:
Qomating xushdur, vale ikki ko’zimda yaxshiroq, Sarv chun xushroq ko’rinur bo’lsa
oqar suv bila.
Aslida bu band birinchi bayt bilan o’zaro bog’liq. Oshiq yor bilan ro’para
o’tirmaslikdan shikoyat qilgan edi. «Qomating ikki ko’zimda xushroq ko’rinadi»
degan ifoda ana shu holatga ishora. Ya'ni, yor to’g’risida, ro’parasida o’tirga-
nidagina kishining aksi uning ko’zida ko’rinadi.
Keyingi ikki misrada ham tasvirdagi shu ohang davom etadi. Faqat ularda yorning
tabiatiga xos boshqa tafsilot ham keltiriladi.
Oldingi g’azalda faqat qofiyaning o’zigina qo’llangan bo’lsa, endi radif ham ishtirok
etmoqda. Bu hol g’azal ohang-dorligini oshirgan.
«Qori bo’ldi ko’ngul» g’azali ham firoqda qiynalayotgan oshiqning ko’ngil izhorlari
bilan boshlanadi:
Qon bo’ldi ko’ngil firoqi birla Kuydi jonim ishtiyoqi birla.
So’ng yor qiyofasidagi o’ziga xosliklarga urg’u beriladi. Yorning sochi nmoyatda
qalin va uzun. Shunga ko’ra, u askarlarga — cherikka o’xshatiladi. Ular ko’z bilan
ittifoq tuzib, jamol mulkini — go’zallik mamlakatini egallashgan:
Zulfung cheriki jamol mulkin, Oldi ko’zung ittifoqi birla.
Shundan keyin yana ko’z tasviri beriladi. Umuman yor go’zalligi shu darajadaki,
odamlar el yig’ilishida (majlisda) ichkilik (chog’ir)dan mast bo’lsa, oshiq yor yuzi
tufayli sarxushdir:
Majlisda chog’irdan el usursa, Men jomi jamoli soqiy birla.
Atoiy tasviridagi ma'shuqa ham beparvo, hatto oshiq qarib qolganda ham, yor nazar
solmadi deb mubolag’a qiladi u:
Ishqinda qaro boshim oqardi, Bir boqmadi ko’z qaroqi birla.
G’azalning dastlabki bandi matla', oxirgi bandi maqta' deyiladi. Matla'ning har ikki
misrasi o’zaro qofiyadosh, qolgan baytlari, juft misralari matla' bilan qofiyalanadi:
a-a, b-a, d-a, e-a,f-a, g-a va hokazo.
Maqta'da shoir o’z taxallusini ko’rsatishi mumkin. Bu janrdagi asarlar mumtoz
adabiyotimizda aruz vaznida bitilgan.