Mavzu: Atoiyning hayoti va ijodi. Reja: XV asrning birinchi yarmi adabiyoti haqida. Atoiyning hayoti va ijodi



Download 101,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi101,29 Kb.
#94343
  1   2
Bog'liq
3f25779ad7405925df80cdcf8e0d424a



Mavzu:Atoiyning hayoti va ijodi .  

Reja: 

1. XV asrning birinchi yarmi adabiyoti haqida. 

2. Atoiyning hayoti va ijodi. 

3. Atoiy – o’zbek g’azalchiligining  ustasi. 

 

Tayanch tushunchalar: qasida, devon, she’riy san’atlar, “salotin bobida”, matla’, 

maqta’,  talmeh,  Atoiy, g’azal,  qofiya va vaznlar haqida. 



 

 

 



Atoiyning tarjimayi holiga oid to’liq manba va materiallar bizgacha saqlangan 

emas.  Faqat  Alisher  Navoiyning  «Majolis  un-nafois»  asarida  u  haqda  qisqagina 

ma'lumotni  o’qiymiz:  «Mavlono  Atoiy  Balxda  bo’lur  erdi.  Ismoil  ota 

farzandlaridandur,  darveshvash  va  xushxulq,  munbasit  kishi  erdi.  o’z  zamonida 

atrok (turkiylar) orasida ko’p shuhrat tutdi». 

Atoiy  o’zbek  adabiyoti  tarixida  alohida  mavqega  ega  bo’lgan  shoirdir.  U  Lutfiy, 

Gadoiy,  Sakkokiy  singari  ijodkorlar  qatorida  o’zbek  adabiyoti,  o’zbek  adabiy  tili 

ravnaqi uchun astoydil kurashib, katta mahorat egasi sifatida tanilgan edi. Shoirning 

ijodi, ayniqsa, g’azalchilikda alohida o’rin tutadi. Atoiy g’azallari o’zining sodda va 

ravonligi, vaznlarining o’ynoqiligi, tasvirining quymaligi va yuksak badiiyati bilan 

ajralib turadi. 

Shoir  nazarida  gulzordagi  gulning  qizilligi  faqat  tabiiy  rang  emas.  Bu  uyat,  hayo 

hissi tufayli yuzda paydo bo’lgan rang. Buning boisi «yorning go’zalligi»: 

Jamoling vasfmi qildim chamanda, Qizardi gul uyottin anjumanda. 

Bu  san'at  mumtoz  adabiyotimizda  husni  talil  deyiladi.  Uning  mohiyati  shundan 

iboratki, adib hayotdagi muayyan bir voqea-hodisani hayotiy sabab bilan emas, balki 

shoirona  xayol,  badiiy  to’qima  orqali  tasvirlaydi.  Mazkur  baytda  Atoiy  gulning 

qizilligini uning uyalishi — xijolat chekishi bilan izohlamoqda. Vaholanki, gulning 

tabiiy  holda  qizarishi  uyat,  hayo  bilan  aloqador  emas.  Atoiyning  «Qon  bo’ldi 

ko’ngul» g’azalidagi quyidagi bayt ham shu san'at bilan ziynatlangan: 

G’uncha sevunub to’nig’a sig’mas, o’xshatsam o’qung boshoqi birla. 

Tashbehni  qarang,  ko’z  va  kipriklar  g’unchaga  o’xsha-tiladi,  g’uncha  yetilgach, 

to’niga sig’may ketar emish. Aslida g’unchaning to’lishib ochilishi shu o’xshatishga 

asos bo’lgan. 

 Mumtoz  adabiyotimizda  ma'shuqaning  go’zalligini  angla-tuvchi  belgilardan  biri 

uning la'li labining kichikligidir. Atoiy shu an'anani davom ettirib, ma'shuqaning la'li 

labi haqida bayt bitadi: 

Tamanno qilg’ali la'lingni ko’nglum, Kishi bilmas onikim qoldi qanda. 

Aslida bu yorning kamtarinligiga ishora. Oshiq uchun yor  — hamma narsa, hatto 

yorsiz tiriklik — hayot ham ma'nosiz: 

Chu jonimdin aziz jonona sensen, Kerakmas jon manga sensiz badanda. 

Shunday ekan, u dunyodagi jarmat ham yor bilan bog’liq holda tasvir etiladi. Ya'ni 

oshiqning  jannatga  tushishi  shart  emas,  u  kafanlangah  paytda  yor  eshigidagi 

tuproqdan bir qism tushsa kifoya: 

Manga ul dunyoda jannat ne hojat, Eshiging tuprog’i basdur kafanda. 



Oshiq  uchun  ma'shuqaning  go’zalligi  beqiyos,  uni  faqat  Yusufga  o’kshatish 

mumkin: 


Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bu kun Ya'qubtek bayt ul-xazanda. 

Bu yerda talmeh san 'ati qo’llangan. Talmehning lug’aviy ma'nosi «ishora, yengil 

qarash» bo’lib, badiiy san'at sifatida shoirning mashhur bo’lgan qissa, masal, doston 

qahra-monlariga ishora qilishi tushumladi. Yuqoridagi baytda «Yusuf va Zulayho» 

dostoni qahramonlariga ishora qilingan. Yusuf go’zallikda tengi yo’q inson. Ya'qub 

esa uni jonidan ortiq ko’ruvchi otadir. Bu yerda Ya'qubning ayriliq tufayli g’am-

anduhlar  ichida  qolishi  shoir  —  oshiq  uchun  o’xshatish  imkonini  bergan.  Atoiy 

tasvirlagan lirik qahramon — oshiq sadoqatli, so’zida qafiy: 

Uzun sochingdin uzmasmen ko’ngilni, Ayog’ing qanda bo’lsa, boshim anda. 

Dastlab  oshiqning  ma'shuqadan  bir  dam,  bir  qadam  ham  ayrilmasligi  ko’zga 

tashlanadi. Uning ko’ngli yorning uzun sochidan uzilmaydi. Yor qayerga borsa, u 

ham «xayolan» o’sha yerda. Ammo baytning boshqa bir ma'nosi ham bor. 

 Oshiq  ma'shuqa  hurmatini  har  doim  o’rniga  qo’yadi.  Boshini  uning  oyog’iga 

urishga ham tayyor. Bu yerdagi so’z o’yini, ya'ni bir ifoda bilan ikki ma'noni bera 

olish san'ati mumtoz adabiyotimizda iyhom deyiladi. G’azal shunday yakunlanadi: 

Tilar el mansabi oliy va lekin, Atoiy sarvi ozoding’a banda. 

Oshiq  uchun  oliy  mansablar,  yuqori  lavozimlar  emas,  balki  o’z  ma'shuqasining 

go’zalligiga  qul  bo’lish  oliy  baxt-dir.  Atoiyning  ko’pgina  g’azallari  singari 

«Jamoling  vasfini»  g’azali  ham  7  baytdan  iborat.  Boshqa  g’azallari  orasida  5,  9 

baytlilari  ham  uchraydi.  Atoiy  qofiya  uchun  chamanda,  anjumanda,  qanda, 




Download 101,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish