Янги Ўзбекистонни қуриш ва ривожланишида ёшларнинг фаоллиги
126
Ta’lim‖medialari‖va‖darsliklarni‖oʻrganish xalqaro assotsiyatsiyasi (IARTEM)ning
bergan ma’lumotlariga koʻra, bugungi kunda dunyo mamlakatlarining qariyb 60
foizida maktablar uchun darslik tanlab olish huquqi oʻsha darslik asosida ta’lim
beruvchi oʻqituvchining oʻzigagina berilgan boʻlib, bunday davlatlar qatoriga AQSH,
Angliya, Fransiya va shu kabi qator rivojlangan davlatlar kiradi. Bunga sabab bu
davlatlarda xususiy maktablarning koʻpligi va ularning oʻqitish tizimini nazorat qilish
davlat ixtiyorida emasligidir. Har bir xususiy maktab oʻzining xususiy oʻquv rejasi va
darsligiga ega. Bu maktablarda muayyan bir fan yuzasidan darslik tanlab olish shu fan
oʻqituvchisi tavsiyasiga koʻra maktab qarori asosida amalga oshiriladi[4,65]. 2014-yil
Braziliya maktablarida oʻtkazilgan taqdqiqot natijalariga koʻra oʻqituvchilarning darslik
tanlash borasidagi eng asosiy e’tibor beradigan jihatlari quyidagilar:
– darslikda berilgan matn va lugʻat boyligining hajmi;
– maktab oʻquv rejasi bilan taqqoslanishi;
– rasm sifati, matn oʻlchami va faoliyat turlari.
Sikorova (2002) esa darsliklarni tanlab olishda quyidagi jihatlarni hisobga olish
kerak degan fikrga keldi:
– darslikda berilgan mashq va savollarning yetarliligi;
– darslikda berilgan matn va mashqlarning xilma-xilligi[3,84-92].
Bu fikrlar, albatta, xususiy deyishingiz mumkin. Lekin jahondagi deyarli har bir
darslik‖ tanlashga‖ mas’ul‖ shaxslarning‖ umumiy‖ fikri‖ ham‖ mavjud:‖ ‚Darsliklar,‖ avvalo,‖
oʻquvchiga bilim olish uchun motivatsiya bera oladigan boʻlishi shart‛.
Ushbu‖ ma’lumotlarni‖ oʻrganar ekanmiz, qiziq statistik ma’lumotga ham duch
keldik. Unga koʻra, erkak oʻqituvchilar asosan, darsliklarning ilmiyligiga, tajribalarga
boyligiga e’tibor berar va darsliklarning induktiv modelini afzal koʻrar ekan. Ayol
oʻqituvchilar esa, koʻproq darsliklarda berilgan illustratsiyalarning koʻpligi va xilma-
xilligi, shuningdek undagi matnlarning bahs-munozaraga chorlovchi harakterda
boʻlishini ma’qul koʻrishar ekan.
Darsliklarning oʻquvchilarga taqsimlanish shart-sharoitlari:
1. Oʻquvchilar‖ darsliklar‖ bilan‖ bepul‖ ta’minlanadimi?‖ Agar‖ bepul‖ boʻlsa, ular
barcha oʻquvchilar uchunmi yoki ma’lum bir toifa vakillari uchunmi? Bepul darsliklar
ta’minoti‖bilan‖kim‖shugʻullanadi?
2. Bepul tarqatilgan darsliklar oʻquvchilar ixtiyorida qoladimi yoki ijara asosida
foydalaniladimi?
3. Har bir oʻquvchi uchun alohida kitob beriladimi? Agar bunda biror mezon
yoʻq boʻlsa, unda bepul tarqatiladigan darsliklar soni va sinfdagi oʻquvchilar miqdori
orasida qanday proporsiya mavjud boʻlishi kerak?
4. Darsliklar ijarasi narxini belgilovchi huquqiy mezon bormi? Ular qanday
mezonlar?
Dunyo mamlakatlarida oʻquvchilarning darsliklar bilan ta’minlanish shart-
sharoitlari ham har xil. Ba’zi davlatlarda oʻquvchilar darslik bilan bepul ta’minlansa,
ba’zilarida oʻquvchilar darsliklarni oʻz hisobidan sotib oladi. Oʻrganish uchun olingan
davlatlarning taxminan, 50 foizida boshlangʻich sinf oʻquvchilari darsliklar bilan bepul
ta’minlanadi. Uchdan ikki qismida ijara tizimi asosida va bir qismida esa oʻquvchilar
darsliklarni oʻz hisobidan sotib oladi. Narxlar markaziy hukumat tomonidan
Do'stlaringiz bilan baham: |