127
Oilada tashkil etiladigan estetik tarbiya bolalarda go'zallikni his qilish, undan
zavqlanish, tabiat go'zalliklaridan bahra olish asosida his-tuyg'u, idrok, tasavvur
hamda qarashlarniyuzaga keltirish, ularni hayotni sevishga o'rgatishdek vazifalarning
ijobiy hal etilishini nazarda tutadi. Axloqiy va estetik qarashlar mazmuni o'zgargan
bir sharoitda oilada axloqiy va estetik tarbiyani to'g'ri va samarali tashkil etilishi
ayniqsa muhimdir.
Bolalar juda yoshligidanoq soxta go'zalliklar go'zallikning timsoli emasligini
anglab etishlari lozim. Bola tasavvurida tabiiy go'zallik (yam-yashil tabiat, nafis qor
uchquni, nozik gullar, beg'ubor osmon) his qilish uchun shart-sharoit yaratib berish
maqsadga muvofiqdir. Bolalarda tabiiy go'zallikni his etish tuyg'usi tabiat bag'rida,
muzey, ko'rgazma, kino va teatrlarda bo'lish tufayli shakllanadi.
Shaxsning mustahkam xarakter va qat'iy iroda egasi bo'lib voyaga etishida
mehnatning roli kattadir. Bolalarni oilada to'g'ri tarbiyalashda oila xo'jaligining
odilona tashkil etilishi, bolalarni oila xo'jaligini yuritish ishiga jalb qilish katta
ahamiyatga ega. Bolalar tomonidan bajariladigan oilaviy yumushlar ularning
jismoniy va aqliy kamoloti darajasidan ortiq bo'lmasligi, ularning tezda toliqishlari
yoki mayib bo'lishlariga sabab bo'lmasligi lozim.
Oilada, shuningdek, atrof-muhit muhofazasi (ekologiyasi)ga oid tarbiyaviy
ishlar ham tashkil etiladiki, bu jarayonda bolalarda «inson-tabiat-jamiyat»
tushunchalari o'rtasida yuzaga keluvchi o'zaro muvofiqlik borasidagi g'oyalarning
qaror topishiga zamin hozirlaydi[2. 2-bet].
Oila muhitida tashkil etilayotgan hovli sahnini supirib-sidirish, gulzorlarni
tashkil etish, ko'chatlarni o'tkazish va ularni parvarish qilish, maishiy chiqindilarni
bartaraf etishga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo'lish kabi harakatlar bolalarda
tabiatni asrashga nisbatan mas'ullik tuyg'usini shakllantiradi.
Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir.
Ommaviy axborot vositalari orqali aholi e'tiboriga xavola etilayotgan huquqiy
mavzulardagi maqolalar, ko'rsatuv, eshittirish, shuningdek, ommaviy-huquqiy
adabiyotlar hamda ularda ilgari surilgan g'oyalar yuzasidan o'tkaziladigan suhbatlar
bolalarda huquqiy tasavvur, idrok, savodxonlik, tafakkur, faollik, mas'ullik, e'tiqod va
salohiyatni qaror topishiga olib keladi.
Oila muhitida bolalarga ularning burchlari to'g'risidagi ma'lumotlarni berib
borish, o'z navbatida huquqlaridan foydalanish yo'llarini ko'rsatib berish bu borada
yaxshi samara beraoladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta‘kidlash joizki, yuqorida qayd etilgan tarzda oila
tarbiyasini tashkil etish komil insonni tarbiyalab voyaga etkazish muvaffaqiyati
uchun poydevor bo'ladi. Ota-ona, oilaning boshqa a'zolarining dunyoqarashlari,
hayotiy yondoshuvlari va ma'naviy dunyosi, farzandlarimizning oilada tarbiyasini
to‘gri tashkil etganligi – kelajakda ta‘lim samaradorliginig garovi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: