Бошланғич таълим кафедраси


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Umumiy o‘rta ta‘lim tizimi uchun DTS. Toshkent – 2017. 
2. Ernazarov G‘. ―Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi‖. 
Toshkent-―Ilm Ziyo‖ – 2013. 
3. Safarova R.G. va boshqalar. Boshlang‘ich ta‘lim konsepsiyasi. 
Toshkent-2014. 
4. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X.va boshqalar. ―Ona tili o‘qitish 
metodikasi‖. Toshkent – 2009. 
5. G‘afforova T., Shodmonov E., G‘ulomova X. ―1-sinf o‘quvchilari uchun ona 
tili darsligi‖. Toshkent – 2019 ―Sharq‖ nashriyoti. 


520 
BOSHLANG‟ICH SINF OQ‟ISH DARSLARINI INTERFAOL TA‟LIM 
TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TASHKIL ETISH 
Temirova Zilola Hikmatovna - TerDU talaba 
Ilmiy rahbar: k.o‟qit.Mutorova L.A. 
Ta‘lim islohoti, kadrlar tayyorlashning ko‘p bosqichli tizimiga o‘tish ta‘lim 
tashkilotlaridan eskirgan, bir qolipdagi texnologiyalardan voz kechishni, hamda 
mahsuldor zamonaviy texnologiyalarga o‘tishni talab etadi. SHu boisdan ―Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi‖ning ikkinchi bosqichi sifat bosqichi bo‘lib, bunda ham 
maqsad uzluksiz ta‘lim jarayonida zamonaviy usullardan foydalanish, talabalarning 
amaliy ko‘nikmalarini tubdan yaxshilash va kengaytirishga qaratilgan. Bu borada 
pedagogik texnologiya fanining o‘rni nihoyatda katta bo‘lib, u komil insonni 
tarbiyalashda va talabalarda o‘qitishning yangi usullariga jiddiy yondashishga qiziqish 
va ma‘suliyatni yuklaydi. 
Yoshlarni komil insonlar qilib voyaga yetkazish jamiyatimiz ijtimoiy hayotidagi 
muhim vazifalardan biridir. Shu o‘rinda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ―Biz 
uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotmaydigan yana bir masala, bu – 
farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, 
mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida 
tarbiyalash vazifasidir‖
86
degan fikrlarini keltirmoqchiman. Darhaqiqat, bilim
qanchalik mustahkam bo‘lsa, o‘quvchi dunyoqarashi, intellektual salohiyati 
shunchalik rivojlanadi va kamol topadi. Hozirgi kunda o‘quvchilar uchun 
informatsion savodxonlik ta‘lim samaradorligini oshirishning muhim sharti 
hisoblanadi.  
Hozirgi kunda ilg‘or pedagogik texnologiya metodlaridan biri bo‘lgan interfaol 
usullardan keng foydalanilmoqda. Interfaol deani – bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
o‘zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirish, o‘quvchi mustaqil fikrlash 
ko‘nikmasi, fikr-mulohaza, bahs orqali shakllantiradi, o‘quvchi qo‘yilgan maqsadga 
mustaqil, o‘zi faol ishtirok etgan holda yakka, juftlikda, guruhlarda javob topishga 
harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so‘zga chiqadi, dalil va asoslar orqali 
yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa qatnashchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanadi. 
Yangi axborotni o‘zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondasha oladi. O‘qituvchi faqat 
fasilitator (yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi tashkil qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini bajaradi.
Dars o‘quvchilarda har tomonlama bilimdon bo‘lishni talab etadi. Bilim 
poydevori, asosan, boshlang‘ich sinfdan qo‘yilar ekan, o‘qituvchining oldida ulkan 
majburiyatlar turadi. SHulardan eng asosiysi o‘quvchining fikrlash qobiliyatini 
rivojlantirishdir. Biz bolalarni, avvalo, tanqidiy fikrlashga, o‘z muammosini o‘zi hal 
qilishga, mustaqil qaror qabul qilishga, o‘z savolini javobsiz qoldirmaslikka 
o‘rgatishimiz zarur. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash qobiliyatini o‘stirish, erkin va teran 
fikrlashga, o‘z fikrlarini ravon ifodalashga o‘rgatishda interfaol usullardan 
foydalanishning ahamiyati beqiyos. Bugungi milliy tarbiyashunoslikka ―interfaol 
usullar‖ nomi kirib kelayotgan usullar o‘qituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch 
86
SH.M.Mirziyoev ―Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz‖ T., 2017 yil, 106 bet 


521 
sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. 
Qisqa vaqt mobaynida ma‘lim nazariy bilimlarni o‘quvchiga yetkazish, unda ayrim 
faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hosil qilish, ma‘naviy sifatlarni shakllantirish, 
shu bilan birga, ularni nazorat qilish hamda baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik 
mahorat va chaqqonlikni talab etadi. 
O‘qituvchi bunday natijalarga erishish uchun o‘z darslarini yangi pedagogik 
texnologiya asosida olib borishi juda muhim. Pedagogik texnologiya asosida o‘tilgan 
dars andozali darslardan asosan o‘qituvchi bosh qahramon bo‘lishi bilan farqlanadi. 
Andozali darslarda yangi mavzuni o‘qituvchining o‘zi yoritadi, o‘quvchilarning 
savollariga o‘zi javob beradi. 
Mamlakatimizda yuz berayotgan innovatsion jarayonlarning har bir sohaga 
dahldorligi, shu jumladan, ta‘lim tizmining isloh qilinib borayotganligidan kelib 
chiqib, ushbu tizimning oldidagi barcha muammolarni rivojlangan mamlakatlar 
tajribasidan andoza olgan holda yangi axborotlar, ilmiy-amaliy jarayonlar bilan 
bevosita tanishib, o‘zlashtirib o‘z ilmiy salohiyatlarini baholashga qodir bo‘lgan, 
erkin fikr egasi, muhokama va mushohadaga qobil kadrlar bugungi yosh avlod: ta‘lim 
sohasining negizi bo‘lgan boshlang‘ich ta‘lim rivojida o‘rni beqiyos.
Bolalar tug‘ilishidan boshlab o‘qishni o‘rganishlari kerak bo‘lgan ko‘nikmalarni 
egallay boshlaydilar. Aslida, olti oyligida go‘dak ona va xorijiy tillarning tovushini 
ajrata oladi va o‘qishni ikki yoshida so‘zlarni muntazam ravishda ishlab chiqarish 
uchun yetarlicha ona tiliga oid fonemalarni o‘zlashtiradi. 4-5 yoshlarida esa ko‘plab 
bolalar bir nechta harflarni taniy boshlaydilar.
Bolalar o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan barcha hodisalarni o‘zlashtirib olishga 
intiladilar. Bog‘cha yoshidagi yoki birinchi sinf o‘quvchilari o‘qishni harflarni birin-
ketin yozuvdagi ifodasi hamda talaffuzi bilan tanishish orqali o‘zlashtirib boradilar. 
Bolalarga alfavit tarkibidagi harflarni o‘rganish ko‘nikmasini ingliz alfavitiga 
asoslangan qo‘shiq tarzida o‘zbek alifbosiga moslashtirgan holda o‘rgatish maqsadga 
muvofiqdir. 
Hozirgi kunda mamalakatimizda ta‘lim tizimiga berilayotgan e'tibor xususan, 
maktabgacha ta‘lim muassasalarining ko‘plab tashkil etilishi ma‘lum miqdorda 
maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni o‘qish va yozishga o‘rgatish uchun zamin 
yaratadi va birinchi sinfga qabul qilingan bola bir qadar o‘qish ko‘nikmasini egallash 
uchun tayyor bo‘ladi. O‘qishni o‘rganish o‘n yoshga qadar bolaning qiladigan eng 
muhim ishlaridan biridir, chunki so‘z boyligini oshirishdan maktabdagi barcha asosiy 
fanlarni o‘qishgacha bo‘lgan hamma narsa o‘qish qobilyati bilan bog‘liq.
Shunday qilib o‘quvchining o‘qish ko‘nikmasi sekin-astalik bilan shakllanib 
boradigan jarayon hisoblanadi. Bunda o‘quvchilarning so‘zlarni so‘zlarga bog‘lashi 
uchun yordam berish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishida va o‘qishga harakat qilishi 
uchun motivatsiya berish o‘qituvchining asosiy vazifasidir. O‘quvchilar nima uchun 
va qanday qilib tovushlarni hosil qilishning qoidalari va naqshlarini o‘rganadilar. 
O‘qish mahorati juda tizimli bo‘lib bu so‘z va tovushlarni o‘rgatish bilan boshlanadi 
va tegishli harflar va so‘zlarning ko‘rinishiga alohida e‘tibor qaratiladi. Keyin 
o‘quvchilar kichik matnlarni o‘qishni o‘rganadilar va ular o‘qiyotgan narsalari haqida 
tushunchalarini oshirib, so‘z birikmalarini yaratadilar. O‘quvchini o‘qish bilan birga 


522 
fikrlashga ham qanday o‘rgatishi mumkin? Bu savolga javobni quyidagi fikrlarni 
keltirish bilan topishga harakat qilamiz.
Sinfda o'qish - hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o'qish esa hayotning 
o'zidir.
87
Ya‘ni pedagog faqat dars soati uchun ajratilgan vaqt bilan kifoyalanib 
qolmay, sinfdagi o‘zlashtirishi unchalik yaxshi bo‘lmagan bolalar bilan uzluksiz 
shug‘ullanib borishi bilan kutilgan natijaga erishishi mumkin bo‘ladi. O‘qituvchi
o‘quvchi o‘qigan matnini qay darajada tushunganligini qadrlashi, u bildirgan har bir 
fikrni qiziqish bilan tinglashi ya‘ni biror bir voqea-hodisa, hudud yoki shaxslarni 
tavsiflovchi kichik bir matn berish orqali uning dunyoqarashi va fikrlay olish 
qobilyatini aniqlashi lozim. O‘quvchi berilgan matn ustida mulohaza yuritib, xulosa 
chiqarishi shuningdek matndagi tushinishni anglatadigan atamani –matn mazmunidan 
umuman ajratilgan holda bosh ma‘nosini izohlab berishi kerak bo‘ladi. 
O‘quvchilarga asosiy g‘oyani qanday topish, xulosalar topishni o‘rgatish uchun 
dastlab odiiy matnlardan foydalanish va oxirida matn mazmunini yoritib bergan 
holda lug‘at ustida ishlash, savol-javob o‘tkazish yaxshi samara beradi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘qish strategiyasini shuningdek, o‘qish yoki yozish 
bilan amalga oshiriluvchi mashqlarni mustaqil bajarishni o‘rganishlari uchun aqliy 
hujum namunalaridan foydalanib, ovoz chiqarib, ovoz ohangini pasaytirish yoki 
kuchaytirish, obrazlilik, o‘zlaridan emotsiya qo‘shish orqali o‘qishlari mumkin.
Tadqiqotchilar ta‘kidlashlaricha o‘qish strategiyasi asta sekin javobgarlik doirasidan 
ozod qilinish orqali yaxshi o‘rgatiladi. Ushbu doirada o‘qituvchilar modellar 
strategiyasini o‘quvchilarga strategiyani qo‘llanma va mustaqil ravishda ishlatishdan 
oldin qo‘llanishini taklif etadi.
Interfaol ta‘lim shaklida o‘qiyotganda o‘qituvchilar keng strategiyalardan 
foydalanishni modellashtirishlari mumkin. Bular tarkibida tushunish strategiyalari 
(masalan, kuzatuv, vizualizatsiya yoki savol berish) yoki dekodlash strategiyalari 
(masalan, so‘zlarni, tovushlarni aytish yoki boshqa harflarni qo‘shish) kiritish 
mumkin. O‘quvchilarga o‘qish strategiyalaridan qanday foydalanish kerakligini 
ko‘rsatish bilan bir qatorda, nterfaol o‘qishlar o‘qituvchilar va o‘quvchilarga 
muayyan o‘qish strategiyasi nima uchun va qachon eng samarali bo‘lishi 
mumkinligini muhokama qilish uchun vaqt ajratishga imkon beradi. 
Interfaol metodlar matnlarning mazmuni to‘g‘risida chuqur o‘ylash va 
muhokama qilish uchun muhim imkoniyat beradi. Xususan, o‘qituvchilar matnga
munozaradan foydalanib, o‘quvchilarga matnni so‘zma-so‘z tushunish doirasidan 
tashqariga chiqishda yordam berishlari mumkin. O‘quvchilar matnda nima yuz 
berayotganini tushunishlariga ishonch hosil qilish bahs-munozara tashkil qilish 
alohida o‘rin tutadi. Yosh bolalarga g‘oyalarni qo‘llash uchun imkoniyat kerak, 
matnning turli qismlarini yoki bir nechta matnlarni taqqoslash va muallifning 
maqsadini aniqlash va matn bu maqsadga erishadimi yoki yo‘qligini o‘ylab ko‘rish, 
shuningdek matnda keltirilgan bahsga qarshi turish.
Xulosa qilib aytganda o‘quvchilar interfaol o‘qishni tinglashni va ishtirok 
etishni yaxshi ko‘rishlarini unutmaslik kerak. Har bir kishi boshlang‘ich sinf 
87
Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G‘ulomova,Sharofat Yo‘ldosheva,Sharofjon Sariyev. Ona tili o‘qitish 
metodikasi.168 bet. Toshkent ― NOSIR‖ nashriyoti 2009



523 
darslarini kuzatar ekan o‘qituvchining ovoz chiqarib o‘qish uchun ajratgan vaqtida 
o‘quvchilarning yuzidagi quvonchni ko‘ra oladi. Ayni shu vaqt o‘quvchilarning 
mustaqil o‘qishini rag‘batlantirish uchun eng qulay fursatdir. Mana shu vaqtda 
o‘qishni ravon o‘qiydigan bolalarning o‘zi mustaqil ravishda o‘qiy olmaydigan 
o‘quvchilarga ta‘sirini kuzatishimiz mumkin. 

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish