1
Xalqaro shartnomalar huquqi: O’quv qo’llanma // Azimov M.M., Muminov A.R., Nugmanov N.A. va
Umarxanova D.Sh. – T.: TDYU nashriyoti, 2016, 210-bet.
11
I bob. XALQARO SHARTNOMALAR VA ULARNING
IQTISODIYOTDAGI O‘RNI
1.1.Fanni o‘qitish zaruriyati va maqsadi
1.2.Tashqi iqtisodiy bitimlar tushunchasi, mazmuni va belgilari
1.3.Tashqi iqtisodiy bitimlarni tuzish shakli va tartibi
1.4.Xalqaro shartnomalarning asosiy turlari
1.5.Tashqi savdo shartnomalarining asosiy turlari
1.1. Fanni o‘qitish zaruriyati va maqsadi
Har qanday mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati umumiqtisodiy siyosatining
tashkiliy qismi bo‘lib hisoblanadi. Davlat hamda ho‘jalik subyektlari
daromadlarining o‘sishiga, savdo va raqobatbardoshlikni ko‘tarishga, qat’iy iqtisodiy
barqarorlikka va kapitalni takror ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltirilgan, turli
iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlar kompleksini o‘z ichiga oladi.
Hozirgi kunda xalqaro munosabatlarning ma’lum bir darajada shartnomalarsiz
boshqariluvchi biror bir sohasini topish qiyin. Shartnomalar siyosiy va harbiy
hamkorlikni, iqtisodiy va moliyaviy aloqalarni, ilm-fan, texnika, madaniyat,
atrof-muhitni himoya qilish va boshqa doiralardagi hamkorlikni amalga oshiradi.
Shartnomalar asosida xalqaro tashkilotlar tuziladi va faoliyat olib boradi.
Shartnomalar davlatning milliy tizimini tartibga solinishida ham muhim
ahamiyatiga ega.
Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
sharoitida
O‘zbekiston
Respublikasi
iqtisodiyotida katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bundagi ijobiy holatlarga
tadbirkorlarimizning faol ishtiroki va mamlakatimiz savdo aylanmasining o‘sishini,
shuningdek eksport-import operatsiyalarining jadal borayotganligini misol qilib
olishimiz mumkin. Iqtisodiyotning barqarorlashib borishi bilan hozirgi kunda
ko‘pgina yuridik shaxslarga xalqaro savdo shartnomalarini tuzishlariga sharoit
yaratilmoqda.
Xalqaro shartnomalarning asosiy qismini oldi-sotdi shartnomalari tashkil
etmoqda. Shuni aytish joizki, sobiq Sovet tuzimining yemirilishi, tashkilot va
korxonalararo shartnomalarning ichki xo‘jalik shartnomalari toifasidan tashqi
iqtisodiy shartnomalar toifasiga ko‘tarishga olib keldi. Ta’kidlash lozimki, bunday
shartnomalarning soni tobora ortib borishi bilan ularning sifati yanada mustaxkam
bo‘lishi talab etilmoqda.
Xalqaro bitim va kelishuvlar
fanining asosiy maqsadi, mamlakatlararo savdo-
iqtisodiy munosabatlarning yanada rivojlanib borishi sharoitlarida xalqaro oldi-sotdi
shartnomalarining tuzilishi tartib-qoidalari, shart-sharoitlari, takomillashtirish
yo‘llarini o‘rganishdir. Bunda eksportchining o‘z majburiyatlarini to‘sqinliklarsiz, o‘z
vaqtida bajarishi hamda yetkazib bergan tovari uchun pul to‘lovining
kafolatlanganligini bilishi, importchining tovarni o‘z vaqtida kelishilgan joyga
beshikast yetkazilishining kafolatlanganligini hisobga olish muhimdir. Shuningdek,
12
fanining maqsadi tashqi savdosi kengayib borayotgan O‘zbekistonning tadbirkorlari
shartnomalarni tuzishlarida, e’tiborlarini qaratishlari kerak bo‘lgan eng muhim
masalalarni o‘ganishdan iboratdir.
Xalqaro bitim va kelishuvlar fanining asosi tashqi iqtisodiy shartnomalarni
tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha zamonaviy munosabatlar hisoblanadi. Xalqaro
tijorat amaliyotida tovarlarni oldi-sotdi kelishuvining moddiy shakli shartnoma
deyiladi. Oldi-sotdi shartnomasi o‘zi bilan tijorat hujjatini ifoda etib, tashqi savdo
bitimini rasmiylashtiradi. Unda tomonlarning tovarni yetkazib berishi to‘g‘risidagi
yozma kelishuvi aks etadi: ya’ni sotuvchining tovarni yetkazib berish majburiyati,
tovar yetkazilgandan keyin sotib oluvchining zimmasiga o‘tishi va pulni to‘lab berish
majburiyati aks etadi. Boshqacha qilib aytganda, tomonlarning bitim shartlarini
bajarishi majburiyatlarini ifoda etiladi.
Tashqi savdo shartnomasidagi tomonlarning majburiyatlarini bajarilishi
BMTning tovarlarni xalqaro oldi-sotdi shartnomalari haqidagi Konvensiyasida
unifikatsiyalashtirilgandir.
Shartnomalar boshqa bir qator global muammolarning yyechimiga bog‘liq
bo‘lgan, zamonning muhim muammosi – xalqaro tizim boshqaruvining jadal
rivojlanib borishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yyechimida zaruriy vosita
hisoblanadi.
Xalqaro shartnoma xalqaro huquq subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni
aniqlashning oddiy, keng tarqalgan va turli xil munosabatlarni tartibga soladigan
yuridik shakli hisoblanadi.
Xalqaro shartnoma – xalqaro huquqning bir, ikki yoki bir qancha
subyektlari o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarini yaratish yo‘li bilan aniq
ifodalangan, nomlanishidan qat’i nazar, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan
bitimlardir.
Mazkur ta’rif deyarli barcha milliy va xorijiy Xalqaro ommaviy huquq
darsliklarida o‘z aksini topgan.
1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi
hamda 1986 yildagi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar
o‘rtasidagi shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasida “Shartnoma”
atamasiga ta’rif berilgan bo‘lib, birinchisida faqatgina davlatlararo yozma tarzda
tuzilgan kelishuvlar tushunilishini e’tirof etgan bo‘lsa (2- modda), ikkinchi
konvensiyada bu atama asnosida xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi kelishuvlarni
ham tushunilishini (2-modda) ta’kidlaydi.
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi”
Qonunining 3 – moddasiga mufovuq quyidagicha tar’if berilgan:
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi - respublikaning bir yoki
bir necha davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro huquqning boshqa subyektlari
bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi huquq va majburiyatlariga doir teng
huquqli va ixtiyoriy kelishuvidir”.
Shartnomaning mohiyati – tomonlarning kelishuvidadir. Ma’lumki, kelishuv-
xalqaro huquq normalarini tuzishning yagona usuli hisoblanib, u nafaqat
shartnomaviy normalarini balki odat normalarini ham yaratadi. Ushbu normalar
13
o‘rtasidagi farqni yaratilish jarayoni, shuningdek, mavjud bo‘lish shaklida
ko‘rishimiz mumkin.
Mazkur ta’rifda shartnomalarning og‘zaki shaklida so‘z ketmasa ham,
davlatlar yoki xalqaro huquqning boshqa subyektlari 1969 va 1986 yilgi Vena
konvensiyalarda belgilangan qoidalarni o‘zaro kelishuvga ko‘ra og‘zaki shaklda
amalga oshirishlari ham mumkin
2
.
Harakati xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan shartnomalargina xalqaro
shartnomalar hisoblanishi mumkin. Davlatlar o‘rtasida tuzilgan har qanday
shartnoma ham xalqaro shartnoma hisoblanmasligi fakti shartnomalar bo‘yicha
Xalqaro huquq Komissiyasining birinchi ma’ruzachisi J. Braerli tomonidan
ta’kidlangan: “Xalqaro shartnoma tuzish layoqatiga ega bo‘lgan tuzilmalar
tomonidan tuzilgan har qanday shartnoma ham xalqaro shartnoma bo‘lavermaydi”
3
.
Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga mos bo‘lishi
lozim, xususan, tenglik va aralashmaslik prinsipiga. Xalqaro shartnoma, uni
tuzgan tomonlarning ixtiyoriy roziligi natijasidir. Bir tomonning kuch ishlatishi
yoki tahdidi bilan tuzilgan shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
So‘nggi yillarda “xalqaro shartnomalarga taalluqli bo‘lmagan xalqaro hujjatlar”
deb atalmish nohuquqiy bitimlar keng tarqaldi. Masalan, Yevropada xavfsizlik
va hamkorlik tashkilotining hujjatlari yoki ikki tomonlama memorandumlar
bunday turdagi bitimlarning ahamiyatidandarak beradi. O‘zbekiston Respublikasi
va Evropa Ittifoqi o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha o‘zaro
anglavush memorandumida (Brussel, 2011- yil 24- yanvar, imzolangan sanadan
kuchga kirgan) aytilganki, “ushbu hujjatning qoidalari faqat siyosiy maqsadlarni
ko‘zlaydi va tomonlarning o‘z zimmalariga qandaydir majburiyatlar olishga
majburlamaydi”. Boshqa so‘z bilan aytganda, memorandum xalqaro bitim
hisoblanmaydi. Shu bilan birga bunday turdagi halqaro hujjatlarning kuchga
kirishi uchun zarur huquqiy tartibotlardan o‘tgan misollar ham bor. Masalan,
O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisining 1997- yil 30- avgustdagi 507-I va 508-I-
son qarorlari bilan quyidagi xalqaro hujjatlar ma’qullangan (ratifikatsiyaga
tenglashtirilgan):
-Sud hokimiyati mustaqilligining asosiy prinsiplari (Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomalada bo‘lish
ettinchi kongressi tomonidan qabul qilingan. Milan, 1985- yil 26- avgust – 6-
sentyabr. BMT Bosh Assambleyasining 1985- yil 29- noyabrdagi 40/32 va
1985- yil 13- dekabrdagi 40/146-son rezalyutsiyalari bilan maqullangan);
-Mansabdor shaxslarning huquq-tartibotni saqlash yuzasidan axloq kodeksi
(BMT Bosh Assambleyasining 1979- yil 17- dekabrdagi 34/169 -son rezalyutsiyasi
bilan qabul qilingan);
Shunday qilib, ko‘rsatilgan halqaro hujjatlar Oliy Majlis tomonidan
ma’qullangan keyin O‘zbekiston xalqaro shartnomaning ajralmas qismiga aylandi
4
.
2
Robert Kolb. The Law of Treaties (An Introduction). - Cheltenham, UK; Northampton, MA, USA: Edwarb
Elgar Publishing, 2016. – P.22.; Anthony Aust. Modern treaty law and practice. - Cambridge, United Kingdom:
Cambridge University Press, 2000. – P.14.
3
Yearbook of the ILC. 1950. Vol. II. P. 227.
4
Рашидов К.К. Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномаларининг тузилиши, бажарилиши ва бекор
14
Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy manbalaridan birihisoblanadi.
Bu esa, BMT Ustavi va Xalqaro Sud Statutida o‘z tasdig‘ini topgan. Xalqaro
shartnomalar BMT Ustavida belgilangan maqsadlariga mos kelishi va unga javob
bera olishi lozim. Jumladan,
-xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash va shu maqsadda tinchlikka
tahdidning oldini olish va uni bartaraf etish va tajovuz harakatlari yoki
tinchlikka raxna soluvchi boshqa harakatlarni bostirish uchun birgalikda samarali
choralar ko‘rish xamda adolat va xalqaro huquq prinsiplariga asoslangan holda
tinchlik vositalaridan foydalanib, tinchlikning buzilishiga olib keluvchi xalqaro nizo
yoki vaziyatlarni tinchitish yoki hal etish;
-xalqlarning teng huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi prinsipini
hurmat qilish asosida millatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish
hamda yalpi tinchlikni mustahkamlash uchun boshqa tegishli choralarni ko‘rish;
-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar xarakterdagi xalqaro
muammolarni hal etishda hamda inson huquqlariga va barchaning irqi, jinsi, tili
va dinidan qat’i nazar asosiy erkinliklariga hurmatni rag‘batlantirish va
rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |