O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Chapter 10. The role of contracts in the economy of Uzbekistan



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

Chapter 10. The role of contracts in the economy of Uzbekistan   
141 
10.1. The role of contracts in the economy of Uzbekistan                                                                                 
141 
10.2. Importance of contracts in terms of liberalization of economy                                                               
142 
10.3. Registration of import and export contracts process                                                                               
144 
GLOSSARY       
147 
LITERATURE                                                                                                                                                
156 



 
KIRISH 
Bitim  va  kelishuvlar  insonlararo  muloqotning  zaruriy  instituti  hisoblanadi. 
Ularsiz  o‘zaro  muloqot  mavjud  bo‘lmaydi.  Ular  yordamida  o‘zaro  hamkorlikdagi 
faoliyatlar  kelishib  olinadi,  munozaralar  hal  qilinadi.  Ularsiz  qadimgi  qabilalar  ham 
davlatlar ham ish yurita  olmaganlar. Shuning uchun ham davlatlararo munosabatlar 
huquqiy  boshqarilishi  kerak  degan  fikr  shakllanmasidan  ancha  oldin  davlatlararo  
shartnomalar tuzish boshlanganligi tasodif emas. Shartnoma orqali qanchalik  muhim  
masalalar hal  etilsa,  uning  muvaffaqiyati  ham,  ahamiyati ham shunchalik muhim 
hisoblanadi.  
Shartnomalar  globalizatsiya  sharoitida  mutlaqo   o‘zgacha  ma’no  kasb  etdi. 
Davlatlar borgan  sari bir-birlari bilan chambarchas bog‘lanib bormoqdalar. Hech  bir  
davlat  boshqa  davlatlar  bilan  rivojlantirilgan  munosabatlar tizimisiz  faoliyat  olib  
bormaydi.    Xalqaro    munosabatlarning    bu    murakkab  tizimi  shartnomalar  va  ular 
asosida tuzilgan xalqaro tashkilotlar yordamida tartibga solinadi.  
Xalqaro  shartnomalar  kompaniyalar  uchun  global  yoki  xalqaro  bozorda 
ishlashda  o‘z  xatarlarini  cheklash  uchun  qo‘llaniladigan  asosiy  huquqiy  vositadir. 
Agar  kompaniya  o‘z  mahsulotini  yoki  xizmatlarini  jahon  bozoriga  chiqarishni 
rejalashtirayotgan  bo‘lsa,  transport  ekspeditorlari  va  savdo  soliq  agentlari  kabi  bir 
nechta tomonlardan bitta yoki bir nechta shartnoma talab qilinadi. 
Xalqaro  aloqalarni  mo‘tadil  ravishda  qo‘llab  quvvatlashda  shartnomalarning  
ahamiyatidan  kelib  chiqib,  ularga  rioya  qilish  yuqori darajadaligi  bilan  ajralib  
turadi.  Shartnomalarsiz  xalqaro  aloqalarning zamonaviy tizimi mavjud bo‘la olmas 
edi. Shartnomalarga rioya qilmaslik, ularni  bajarmaslik  kabi  alohida  holatlar  shuni  
izohlaydiki,    ularning    tarkibi  mavjud    holatni    alohida    inobatga    olmagan    holda  
tuzilgan.    MDH  mamlakatlari    miqyosida    shartnomaviy    munosabatlar    tajribasi  
bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 
Hozirgi    kunda    shartnomalar    davlatlarning    o‘zaro    hamkorligidagi 
harakatlarining deyarli barcha ko‘rinishlarini o‘z  ichiga olgan  murakkab, ko‘pqirrali  
global    tizimni    o‘zida    mujassamlashtirgan.    Bu    jihati    bilan  shartnomlar  
davlatlarning    huquqiy    tizimidan    yuqorilab    o‘zib    ketadi    va  yangidan    yangi  
muammolarni  keltirib  chiqaradi.  Shartnomalarning  tuzilish jarayoni  bir  maromda  
o‘sib    borishda    davom    etadi.    Bularning    barchasi  xalqaro    shartnomalarni  
o‘rganishga  dunyoning  yangicha  ko‘rinishi  va  ilm-fan taraqqiyotini hisobga olgan 
holda alohida o‘zgacha ma’no beradi.  
Taklif  qilinayotgan  yondashuv  shartnomalarning  o‘ziga    hos  xarakterli  
belgilariga    ishora  qiladi.  Xalqaro  huquq  subyektlari  o‘rtasidagi  kelishuvlar    ham 
xalqaro  shartnoma  bo‘la  oladi.  Shartnomaning    tub  mohiyati  -  kelishib  olayotgan 
tomonlarning roziligi, kelishuv – nafaqat  shartnomani,  balki  oddiy  xalqaro  huquq  
normalarining  vujudga  kelish usulidir.  Bu  normalarning  orasidagi  farq  ularning  
tuzish  jarayoni  va  amal qilinishidir.  
Kelishuvlar    tomonlarning    erkin    xohish    –    istagi,    roziligini    o‘zida    aks 
ettiradi.  Bu    xohish-istaklar    o‘zaro    bog‘liq    bo‘lib,    ular    bir    tomonlama  (bir 
tomonning xohishi bilan) o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Shartnomalarda  yuzaga    chiquvchi    xohish-istak,    maqsadlar    qotib  qolmaydi  


10 
 
(doim    yangidan-yangilari    paydo   bo‘ladi).   Shartnomalarning  tarkibi –  ma’lum  bir 
darajada  shartnoma    matnini    o‘zgarishsiz,    ehtiyojdan  kelib    chiqib    o‘zgartirilishi  
mumkin.  Biroq  bu  o‘zgartirishlar  o‘zaro  aniq yozilgan yoki og‘zaki holda kelishib 
olingan bo‘lishi lozim.  
Mazkur    o‘quv    qo‘llanmada    xalqaro  shartnomalar  va  ularning  iqtisodiyotdagi 
o‘rni,  shartnomalar  va  ularning  mohiyati,  xalqaro    shartnomalarni    tasniflash,  
ularning  shakli, tuzilishi  va  nomi,  kuchga  kirishi,  bekor  qilinishi,  to‘xtalishi  va 
shartnomaning    ijrosini    ta’minlash    usullari,  xalqaro  shartnomalar  tuzishda 
muzokaralar,  xalqaro  tovarlar  oldi-sotdi  shartnomasi,  tashqi  iqtisodiy  shartnomalar 
bo‘yicha    hisob-kitoblar,  xalqaro  moliyaviy  lizing    shartnomasi,  xalqaro  savdoda 
sug‘urta,  tashqi  iqtisodiy  bitimlarni  xalqaro  nazorati,  O‘zbekiston  iqtisodiyotida 
shartnomalarning roli va  shu  kabi  masalalar  o‘z  aksini topgan.  
Bundan    tashqari,    amaliyotchi    mutaxassislar    yordamida  O‘zbekiston  
Respublikasining    xalqaro    shartnomalar    borasidagi    tajribasi    va  ularning    xalqaro 
munosabatlarda o‘ziga  xos  o‘rniga  egaligi  masalalari yoritib berilgan
1

O‘zbekiston  Respublikasida  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  xo‘jalik 
subyektlarining  milliy  va  xalqaro  darajada  o‘z  faoliyatini  amalga  oshirishning  eng 
oddiy  mexanizmlarini  yaratishga  qaratilgan.  Korxonalar  faoliyatini  turli  bitimlar 
imzolashdagi  xatolarni  kamaytirgan  holda  zamonaviy  talablar  asosida  yuritish 
zaruriyati  ushbu  jarayonning  natijasi  va  savdo  sohasidagi  eng  muhim  va  murakkab 
masala  hisoblanib,  “Xalqaro  bitim  va  kelishuvlar”  fanini  o‘qitish  zaruriyatini 
belgilaydi.  
Fanni  o‘qitishning  asosiy  maqsadi  –  xalqaro  oldi-sotdi  shartnomalari  sohasida 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar amaliyoti va mazmunidan kelib chiquvchi shartnomalarni 
imzolash  qoidalarini  o‘rganishdir.  Fanni  o‘qitishning  asosiy  vazifalari    xalqaro 
shartnomalar  va  ularning  iqtisodiyotdagi  roli,  shartnomalar  va  ularning  mohiyati, 
tashqi iqtisodiy bitimlarni xalqaro tartibga solish, tovarlarni  yetkazib berish shartlari 
va  tartibi,  tashqi  iqtisodiy  shartnomalar  bo‘yicha  hisob-kitoblar,  yuklarni  xalqaro 
tashish shartnomalari kabi masalalarni o‘rganishdan iborat. 
“Xalqaro  bitim  va  kelishuvlar”  fani  o‘quv  rejasidagi  bir  qator  fanlar  bilan 
bog‘langan.  Ular  jumlasiga  “Xalqaro  savdoni  rivojlanish  tendensiyalari”  hamda 
“Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kabi fanlarni kiritish mumkin. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish